• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    “Chikago o‘tin g‘arami”. 2-dekabr – tarixda ilk atom reaktori ishga tushirilgan kun

    Italyan olimi Enriko Fermi 1938-yilda sust neytronlar ta’sirida kechadigan yadroviy reaksiyalarni kashf qilgani uchun 1939-yilgi fizika bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgan edi. 1939-yilda Stokgolmdagi Nobel mukofotini topshirish marosimiga oilasi bilan yo‘l olgan olim Nobel marosimdan chiqa solib, to‘g‘ri bandargohga yo‘l oladi va birinchi kemaga o‘tirib, AQShga muhojirlikka ketadi. Okean ortida u dastlab Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universitetida ishlay boshlaydi. “Daryo” odamzodga atom asri eshiklarini ochgan italiyalik olimning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot beradi. 

    Foto: Google Photos

    Insoniyat tarixidagi so‘nggi qomusiy olim ham deyiladigan buyuk fizik Enriko Fermining bu qadar favqulodda ish tutishiga jiddiy sabab bor edi. Unga Italiyaga qaytish xatarli bo‘lib qolgandi. Sababi, bu payt Germaniyadagi kabi Italiyada ham hokimiyat tepasiga fashistlar kelgan bo‘lib, ular yahudiylarni kuchli ta’qib qila boshlaydi. Fermining esa xotini yahudiy bo‘lib, Rimdagi obro‘li xonadonlaridan birining vakilasi edi. Shu sababli, agar Rimga qaytsa, Fermining oilasi va ikki nafar farzandiga fashistlar tinchlik bermasliklari aniq edi.

    Fermining Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgan ushbu yadro fizikasi borasidagi inqilobiy ilmiy ishlari o‘sha payt endi-endi tamal toshi qo‘yilayotgan atom texnikasi sohasi uchun g‘oyat dolzarb bo‘lib chiqdi va u AQShga kelishi bilan darhol beshta eng nufuzli universitetlarga ishga taklif qilindi. Olimga AQSh hukumati va maxsus xizmatlari yadro sinovlari o‘tkazish borasida barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratib berishni ham va’da qilgan edi.

    U Nyu-York Kolumbiya universitetida bir muddat ishlagach, yadro reaktori sinovlarini o‘tkazish uchun qulayroq sharoit taqdim etayotgan Chikago universitetiga ko‘chib o‘tdi va u yerda shogirdi Leo Silard bilan birgalikda o‘zi chizgan loyiha va hisob-kitoblariga asosan tarixan eng birinchi yadro reaktorini barpo etishga kirishdi. Olim reaktorni Chikago universitetiga qarashli Stegg-Fild stadioni tribunalari ostiga qurdi.

    Fermi boshchiligida barpo etilgan ushbu “ibtidoiy” yadro reaktorini uning o‘zi va shogirdlari hazillashib “o‘tin g‘arami” deyishardi. U bir-birini ustiga xuddi o‘tin tergandek tartib bilan terib chiqilgan, toza ugleroddan tayyorlangan grafit g‘ishtlaridan qurilgan edi. Fermining rejasiga ko‘ra, ushbu grafit g‘ishtlar uyumi yadroviy zanjir reaksiyasining tezligini jilovda ushlab turish, ya’ni neytronlarni sekinlashtirish vazifasini bajarishi kerak edi. Grafit g‘ishtlar orasida esa uran va uran oksidi joylashtirildi.

    1942-yilning 2-dekabr kuni soat ertalabki 9:35 da, bundan roppa-rosa 78 yil muqaddam Fermi Chikagodagi o‘sha “uyum” nomli reaktorda kadmiydan tayyorlangan va neytronlarni yutib qolishi ko‘zda tutilgan boshqaruvchi sterjenlarni asta-sekinlik bilan harakatga keltirdi. Olimlar kutgan jarayon boshlandi va tarixda ilk bora insoniyat o‘z-o‘zini ta’minlab turadigan boshqariluvchi yadroviy zanjir reaksiyasiga ega bo‘ldi. Albatta, eng birinchi reaktorni hali to‘laqonli yadro reaktori deyish mushkul edi va katta atom elektr stansiyalari borasida hali gap ham bo‘lishi mumkin emasdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Biroq Fermining mazkur “o‘tin g‘arami” birinchi tajribadayoq yarim vatt quvvatli energiya taqdim qila oldi. Birinchi kundagi sinov tajribalari avariyaning oldini olish uchun avvaldan o‘rnatilgan avtomatik himoya vositalarining ishga tushishi sababli favqulodda to‘xtatildi. Bu ham bo‘lsa muhandislarning avvaldan puxta ishlagani va ehtimoliy avariya holatlarining oldini olish choralarini ko‘rib qo‘ygani mahsuli bo‘lib, katta halokatlardan saqlab qoldi. Keyingi safar Fermi “g‘aram”ni 12-dekabr kuni ishga tushirdi va endi 200 vatt energiya olishga muvaffaq bo‘ldi.

    To‘g‘ri, hozir bir qarashda, ushbu yadroviy tajribada olingan atigi 200 vatt energiya juda ozdek ko‘rinadi. Lekin mazkur tajriba ungacha faqat nazariyalarda ko‘rib chiqilgan jarayon – boshqariladigan yadroviy zanjir reaksiyasining amalda ham real imkonli narsa ekanini isbotlab bergani eng muhim jihati edi. Buning odamzod uchun ahamiyati mislsiz edi. Chunki ushbu jarayon insoniyatga o‘ta arzon va deyarli bitmas-tuganmas energiya manbayini va’da qilayotgandi.

    Bu esa taraqqiyotning yana bir yangi bosqichga ko‘tarilishiga, sanoatning o‘ta arzon energiya manbayiga ega bo‘lishiga va umuman odamlarning turmush farovonligi bir necha karra ortishiga olib keladigan buyuk hodisa edi. O‘sha tarixiy sanada insoniyat tarixining eng buyuk olim farzandlaridan biri – Enriko Fermi odamzodga atom asri eshiklarini ochib berdi.

    Muzaffar Qosimov tayyorladi.

    02.12.2020, 20:35   Izoh (0)   19248
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Koronavirus faolligini so‘ndiruvchi damlama nomi ma’lum bo‘ldi

    22.11.2020, 11:55

    NASA koronavirus sabab sayyoraning qanchalik tozalanganini namoyish etdi (video)

    19.11.2020, 10:00

    Olimlar koronavirus mutatsiyasining vaksinani qabul qilishga kirishuvchanligi kuchli ekanini bildirdi

    16.11.2020, 07:29

    Amerikalik olimlar: “Koronavirus mutatsiyaga uchradi, biroq uning xavflilik darajasi ortmagan”

    14.11.2020, 18:59

    Olimlar koronavirusning eng aniq 3D modelini yaratdi

    12.11.2020, 10:58

    Yaponiyada ko‘rshapalaklarning 7 yil avval olingan biomaterialida SARS-CoV-2’ga o‘xshash virus topildi

    09.11.2020, 08:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil Falastin tufayli London bilan hamkorlikni to‘xtatishi mumkin — Times

    Dunyo | 8 avgust, 19:00

    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

    Reklama | 8 avgust, 18:00

    Yuzdagi charchoqni kosmetika bilan yashirish bo‘yicha mashhur ayollardan layfxaklar

    Shou-biznes | 8 avgust, 18:50

    Farg‘onada 17 yoshli qizga shilqimlik qilgan mahalla raisiga 4 sutka berildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 18:40

    Muhammad alayhissalom dunyo hukmdorlariga yo‘llagan maktublar nusxasi Toshkentdagi ekspozitsiyadan joy oladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 18:25

    Qo‘qon shahrida aliment to‘lamay yurgan onadan qarzdorlik sud orqali undirildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:55

    Tarvuz va qovun kabi poliz ekinlari kichik yoshdagi bolalar uchun qanchalik xavfli?

    Farzand | 8 avgust, 17:40

    Charlz Oliveyra Topuriya bilan jangdagi mag‘lubiyatini tan oldi: “U mendan yaxshiroq edi”

    Sport | 8 avgust, 17:30

    Xitoyda chivin tarqatayotgan virus Tayvanda ham aniqlandi

    Dunyo | 8 avgust, 17:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.