Toshkentda 1-dekabrdan boshlab transport kartasi narxi 15 ming so‘mni tashkil etadi, deb xabar berdi “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati.
Kompaniya tomonidan yagona transport kartasining 5000 so‘mdan sotish aksiyasi tugatilgani ma’lum qilindi. Kartaning narxi hozirda 10 ming so‘mni tashkil etadi va uning balansiga 5 ming so‘m tushiriladi.
Mamlakatda jamoat transporti tariflari uchun avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi yanvar oyidan joriy etila boshlandi. Shu maqsadda yerusti transportida va metroda maxsus validatorlar o‘rnatildi. Loyihaning qiymati 12 million dollarga baholangan.
Izoh (0)