• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Xitoyda 100 ming kishini olib ketgan ofat. Dunyoda rasman qayd etilgan birinchi zilzila tarixi

    Hozirgi zamonaviy dunyoda hamma narsaning o‘z statistikasi va hisob-kitobi bor. Shuningdek, yer silkinishlari, tabiiy ofatlar bilan shug‘ullanuvchi alohida odamlar ham mavjud. Birinchi marta rasman qayd etilgan tabiiy ofat qaysi va u qanday bo‘lgan deb o‘ylaysiz? “Daryo” bugun shu haqida ma’lumot beradi.

    Tabiat injiqliklari juda ham ko‘p. Tabiiy ofatlarning kutilmaganda kelishi esa ko‘plab narsalarga ziyon yetkazadi. Qayd etilgan birinchi tabiiy ofat – yer qimirlashi miloddan avvalgi 1731-yilda (ba’zi manbalarda 1831-yil)  Xitoyda sodir bo‘lgan edi. Ushbu zilzila haqida ko‘p ma’lumot bo‘lmasa-da, u zilzila va tabiiy ofat to‘g‘risidagi birinchi yozma hisobot sifatida ajralib turadi. Zilzila Tay tog‘ida sodir bo‘lgani uchun “Tay tog‘i zilzilasi” deb aytiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Internetda keltirilgan ma’lumotlarga ishonadigan bo‘lsak, tabiiy ofat natijasida 100 minglab insonlarning yostig‘i qurigan. Ammo Xitoyning o‘sha paytdagi iqtidordagi sulolasining xronologik kitobida qurbonlar soni keltirilmagan.

    Ushbu tog‘ Xitoy madaniyatidagi beshta Buyuk tog‘lardan biri bo‘lib, quyosh chiqishi, tug‘ilishi va yangilanishi bilan bog‘liq. Xitoyda Tay tog‘i muqaddas sanalishining yana bir sababi shuki, u yerda odamlar xudo bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa qilishlariga ishonardi.  Seysmik jihatdan esa Tay tog‘i balandligi shimoldan janubga o‘sib, burilishga to‘sqinlik qiluvchi tog‘ hisoblanadi.

    Amerikalik yozuvchi Gordon Meltonning Faiths Across Time: 5 000 years of religious history kitobida ushbu zilzila ham eslab o‘tiladi. Unga ko‘ra, 100 mingdan ortiq insonlarni qurbonga aylantirgan zilzila Sya sulolasining 16-qiroli Fa hukmronligining yettinchi yilida sodir bo‘lgan edi.

    Miloddan avvalgi zilzila Xitoy tarixidagi eng yirigi emas, undan oldin ham xitoyliklar zilziladan katta talafot ko‘rgan. Buyuk Xitoy zilzilasi 1556-yilda sodir bo‘lgan. Ushbu yer silkinishi nafaqat Xitoy, balki butun insoniyat tarixidagi eng ko‘p qurbonli zilzila bo‘lgan – 830 mingga yaqin inson.

    Bunday ko‘p sonli o‘limning bir nechta sabablari bor:
    • Birinchidan, Xitoy aholisi azaldan zich joylashgan. Masalan, 1851-yilda butun dunyo aholisining 40 foizi, 2000-yilga kelib esa, taxminan, 30 foizi aynan Xitoyda yashagan;
    • Ikkinchidan, aholining aksariyati yerosti shoklariga chidamli bo‘lmagan uylarda va tog‘ yonbag‘rida qazilgan g‘orlarda istiqomat qilgan;
    • Uchinchidan, yer silkinishi tonggi 5 da sodir bo‘lgan. Bu vaqtda aksar odamlar o‘z uylarida bo‘lishgan va yashirinishga, qochishga sharoiti bo‘lmagan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Xitoyning yaqin oxirgi yuz yillikdagi zilzilalar tafsilotlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bundan roppa-rosa bir asr oldin 240 ming kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan 8,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. 1970-yilda sodir bo‘lgan silkinishda 15 mingdan ortiq inson hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, yana 32 mingdan ko‘proq kishi jarohatlandi.

    1976-yilning 28-iyulida magnitudasi 7,9 ballga teng bo‘lgan zilzilada epimarkazning (Tanshan) aksariyat joylari xarobalarga aylandi. Hodisadan uch yil o‘tib qurbon bo‘lganlar soni rasman ochiqlandi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 250 ming kishi hayotdan zilzila sabab ko‘z yumdi.  Ammo Gonkong gazetasi 655 mingdan ortiq inson qurbon bo‘lgan, deb yozgan edi.

    Yevropada zilzila miloddan avvalgi 580-yilga kelib tilga olina boshlandi. Yevropa tarixidagi eng vayronkor zilzila Italiyaning janubiy qismida joylashgan Messina bo‘g‘ozini urib, Sitsiliyadagi Messina va Italiya materikidagi Regjio di Kalabriya shaharlarini tekisladi. Sodir bo‘lgan zilzila va sunami oqibatida 100 mingdan ziyod odam vafot etdi. Italiyaning aynan mana shu hududlari eng seysmoaktiv hisoblanadi, uni “raqsga tushuvchi yer” deb ham atashadi.

    Italiyadagi qurbonlarning teng yarmini talab qilgan 1755-yildagi Portugaliya zilzilasi Lissabonni vayronaga aylantirgan edi. 10 daqiqa davomida uchta silkinish to‘satdan Lissabonga yetib keldi. Zilzilalarning eng yomoni 8.0 ballni tashkil etgan deb taxmin qilinsa-da, ammo bu taxminiy ko‘rsatkich, chunki o‘sha paytda yozuv uskunalari bo‘lmasdi. Silkinish Marokashda ham sezilgani aytiladi. Mamlakat madaniy tarixining ko‘p qismi kitoblarda, san’at va me’morchilikda saqlanib turar edi, ammo tabiiy ofat tufayli ushbu Lissabon tarixi ham yo‘q bo‘ldi.

    Oxirgi 10 yillikdagi kuchli zilzilalarga nazar solamiz. 2010-yil 27-fevralda Chili qirg‘oqlarida 8,8 balli zilzila sodir bo‘lgani sababli kamida 700 kishi halok bo‘ldi. Mamlakatning 1,5 millionga yaqin aholisi jabr ko‘rdi va 500 ming uy jiddiy zararlandi. Aynan o‘sha yili Chilidan oldinroq Gaiti ham zilzila o‘chog‘i bo‘lgan edi, unda taxminan 316 ming kishi vafot etgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ushbu ro‘yxatdagi mamlakatlar qatorida Xitoy ham bor. 2014-yilning 3-avgustida ro‘y bergan 6,2 balli zilzila Xitoyning Venping shahri yaqinida 700 dan ziyod odamni o‘ldirdi. Kuchli zilzila Xitoyning janubi-g‘arbiy qismining uzoq va tog‘li qismida sodir bo‘ldi. 12 mingdan ortiq uy ag‘darilib, qariyb ikki ming kishi jarohat oldi. Bu 14 yil ichida viloyatda sodir bo‘lgan eng kuchli zilzila bo‘ldi.

    Bundan besh yil oldin Nepal aholisining sakkiz ming nafaridan ziyodrog‘i 7,8 balli zilzila qurboniga aylangan edi. BMTning hisob-kitoblariga ko‘ra, sakkiz million kishi zarar ko‘rgan.

    Mirjalol Qosimov tayyorladi.

    30.11.2020, 17:09   Izoh (0)   94964
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    BAAda bir yo‘la to‘rtta osmono‘par bino portlatish yo‘li bilan buzildi (video)

    30.11.2020, 16:10

    Pashinyan tinchlikparvarlarni joylashtirish bo‘yicha Putin bilan muzokaralar tafsilotlarini ma’lum qildi

    30.11.2020, 11:47

    Bayden it bilan o‘ynash vaqtida oyog‘ini shikastlab oldi. Tramp unga sog‘lik tiladi

    30.11.2020, 11:22

    Gurbanguli Berdimuhamedov Jo Baydenni AQSh prezidenti saylovidagi g‘alaba bilan tabrikladi

    30.11.2020, 10:00

    “Daryo” fotosayohati: Kemalar, dengiz vokzali, baliq tutayotgan odamlardan iborat Bosfor bo‘g‘ozi

    30.11.2020, 09:10

    Eron prezidenti yadro fizigi o‘ldirib ketilganidan keyin xavfsizlik choralarini kuchaytirish haqida topshiriq berdi

    29.11.2020, 23:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.