So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Shou-biznes

    “Hozir kimgadir nimanidir isbotlaydigan vaqt emas”. Zarina Nizomiddinova mish-mishlarga izoh bermasligi va o‘zidan 12 yosh katta turmush o‘rtog‘i haqida so‘zlab berdi

    29.11.2020, 14:49 140509

    Ayni paytda Rossiyaning Moskva shahrida yashayotgan, yaqinda ikkinchi bor onalik baxtiga sazovor bo‘lgan  Zarina Nizomiddinova Instagram orqali muxlislarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob berdi. Zarinaga berilgan savollarning aksariyati turmush o‘rtog‘i hamda ikkinchi o‘g‘li haqida bo‘ldi. Quyida aktrisa va uning folloverlari o‘rtasidagi savol-javoblarni e’tiboringizga havola etamiz.

    Foto: Instagram / @zarinanizomutdinova

    — Saidumarning ismini kim qo‘ygan?

    — Hammamiz, butun oilamiz bilan.

    — Saidumar injiqmi?

    — U juda mehribon, yaxshi bola. Yaqinda uning yuzini ko‘rsatganimda hamma uning aslida qanchalik shirin, mehribon va iste’dodli bola ekanini tushunadi.

    — Saidumarning dadasining ismi?

    — Uning dadasining ismi odatiy o‘zbekcha ism, lekin aniq odamlar hozir taxmin qilayotgan ismlar emas. Siz meni tushundingiz.

    — To‘yingizdagi rasmingizni qo‘ying, iltimos, agar mumkin bo‘lsa.

    — Qanaqa to‘y? Kulgili bo‘lar endi kap-katta o‘g‘lim bilan to‘y qilsak. Biz oilaviy to‘y qilmaslik qarorini qabul qildik. Eng asosiysi Allohning oldidagi burchimiz.

    Foto: Instagram / @zarinanizomutdinova

    — Homiladorlikda qancha ortiqcha vazn to‘pladingiz?

    — Kuchli toksikoz tufayli ko‘p vazn to‘plamadim. Bor-yo‘g‘i 10 kilo.

    — Farzandingiz necha kilo vazn bilan, qayerda tug‘ildi?

    — Men haqiqiy polvonni 4 kilo vazn bilan dunyoga keltirdim. U Moskva shahrida tug‘ildi, shuning uchun u Rossiya fuqarosi.

    — Sunnat qildirdizmi o‘g‘lingizni?

    — 7 kunlik chaqaloqligida qildirdik.

    Foto: Instagram / @zarinanizomutdinova

    — Moskva yaxshimi yoki Toshkent?

    — Moskvada ham yaxshi, biroq men Vatanimni sevaman. Tez orada albatta qaytaman, inshoolloh.

    — Katta o‘g‘lingizga o‘xshaydimi Saidumar?

    — O‘xshashmaydi, lekin sho‘xligi akasiga o‘xshaydi.

    — Homiladorlik paytingizda gripp bo‘ldingizmi?

    — Men homiladorlik paytimda kasal bo‘lishga juda qo‘rqdim, shuning uchun sog‘lig‘imga e’tiborli bo‘ldim. Men nafaqat o‘z salomatligim, balki ichimdagi kichkina odamning ham salomatligi uchun mas’uliyatni his etdim. Shu sababli homiladorlik paytida biror marta kasal bo‘lmadim, alhamdulillah.

    — Katta o‘g‘lingizni ham kichkinangizdek yaxshi ko‘rasizmi?

    — O‘ylashimcha, har bir ona farzandlarini birdek yaxshi ko‘radi. Shunchaki, kichkinalarni biz ko‘proq erkalatamiz. Chunki ular bizning mehrimizga kattalardan ko‘ra ko‘proq ehtiyoj sezadi. Biroq ularning ikkalasini ham birdek yaxshi ko‘raman.

    Zarinaning o‘g‘illari Temurxon va Saidumar.

    Zarinaning o‘g‘illari Temurxon va Saidumar.
    Foto: Instagram / @zarinanizomutdinova

    — Saidumar sizning nikohli farzandingizmi?

    — Ha, albatta, nikohli. Musulmonmiz axir.

    — Turmush o‘rtog‘ingiz qayerlik?

    — Kelib chiqishi O‘zbekistondan, toshkentlik.

    — Uning yoshi nechada?

    — Turmush o‘rtog‘im 43 yoshda, u musulmon. Men 31 yoshdaman.

    — Agar o‘g‘lingizning otasi haqiqatan ham odamlar aytayotgan inson bo‘lmasa, nima uchun mish-mishlarga barham bermaysiz?

    — Men omma e’tiboridagi shaxsman. Men haqimda turli gap-so‘zlar, mish-mishlar bo‘lishi tabiiy. Bunga ko‘nikib qolganman. Ba’zan izohlarni o‘qib, kulgim keladi. Hozir kimgadir nimanidir isbotlaydigan vaqt emas. Meni yaxshi biladigan va adekvat insonlar shundoq ham menga ishonadi. Umuman olganda, men hamma narsani vaqt hukmiga tashlayman. Vaqt hammasini o‘z joyiga qo‘yadi.

    Foto: Instagram / @zarinanizomutdinova

    — Qachon O‘zbekistonga qaytasiz?

    — Men O‘zbekistonga faqat virus tufayli, yosh bolali bo‘lganim va uning uchun qayg‘urayotganim uchungina qayta olmayapman. Odamlar o‘ylab topayotgan boshqa sabablar tufayli emas.

    — Turmush o‘rtog‘ingiz bilan ham surat qo‘yasizmi?

    — Bunaqa narsalarga qiziqmayman. Balki qo‘yarman, balki yo‘q.

    — Moskvada hovlida turasizmi yoki ko‘p qavatli uydami?

    — Hovlida qaynota va qaynonam turishadi. Biz esa ko‘p qavatli uyda.

    — Turmush o‘rtog‘ingiz qanaqa inson?

    — Juda samimiy, oqko‘ngil, birovga yomonligi yo‘q, eng asosiysi ota-onasiga juda g‘amxo‘r inson.

    — U qayerda tahsil olgan?

    — Turmush o‘rtog‘imning ma’lumoti oliy. Londonda universitetni tamomlagan.

    Foto: Instagram / @zarinanizomutdinova

    — Kinoda tanaffus qilyapsizmi yoki ketdingizmi?

    — Buni kichik tanaffus deb hisoblaymiz.

    — Nima sababdan O‘zbekistondan chiqib ketdingiz yoki kimdir sababchi bo‘ldimi?

    — Endi nima desam ekan, shunchaki Saidumarning otasi Moskvada yashaydi. Shunga farzand otasining oldida bo‘lishi kerak, deb o‘yladim.

    — Nima uchun homiladorlik davringizdagi rasmlar bilan bo‘lishmadingiz?

    — Bilmasam, shunga qaror qildim. Balki, keyinchalik fikrimni o‘zgartirsam, bo‘lisharman. Lekin u rasmlar qiziqmas, deb o‘ylayman. Hamma qatori dumaloq qorinli rasmlar.

    — O‘g‘illaringiz orasida necha yosh farq bor?

    — Farzandlarimning orasi 12 yosh

    — O‘g‘il kutdingizmi yoki qiz?

    — Faqat o‘g‘il xohladim, shunaqa asal o‘g‘il.

    Foto: Instagram / @zarinanizomutdinova

    — O‘g‘lingizning sochlari sariq, otasi sariqmi?

    — Onasining ham sochlari tillarang bo‘lgan chaqaloqligida.

    — Maslahatingiz kerak: Malibu 2 olaymi yoki Hyundai Sonata?

    — Qaysi biri yangi bo‘lsa, o‘shani oling. Ammo Malibu 2 olsangiz, kelajakda sotishga qiynalmaysiz, shunisi bor.

    Mavzuga doir: Zarina Nizomiddinova Moskvada nima ish qilayotgani hamda turmush o‘rtog‘i haqidagi savollarga javob berdi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    La Liga. “Barselona” safarda durang natija qayd etdi

    Bugun, 02:34

    Angliya Liga Kubogi. “Manchester Yunayted” “Kristal Pelas”ni yirik hisobda mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

    Bugun, 02:16

    A Seriya. “Yuventus” o‘z maydonida raqibini minimal hisobda mag‘lub etdi

    Bugun, 02:06

    Toshkentning ikki tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

    Bugun, 00:20

    Toshkentning ikki tumanida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

    Bugun, 00:05

    O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi xotin-qizlarni ogohlantirdi

    Kecha, 23:53

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    Kecha, 23:41

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    Kecha, 23:20

    “Xudo qani? — hayqirdi u. — Bilasizlarmi, sizlarga nima demoqchiman! Biz Uni o‘ldirdik — siz va men! Biz uning qotilimiz!...” — “Zardo‘sht tavallosi” asari haqida ...

    Kecha, 23:00

    Ukraina razvedkasi rahbari Rossiyaga dronlar uchirishdan maqsadni ochiqladi

    Kecha, 22:41

    Tavsiya etamiz

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    23:00 / 26.09.2023

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    23:00 / 26.09.2023

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    21:00 / 26.09.2023

    Gunohlarni yuvish marosimi, suvga oqizilgan farovonlik xudosi, qidiruvdagi diktator — 25-sentabr suratlari

    22:00 / 25.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Jizzaxda yuk mashinasi YPX maskaniga tiqilib qolgani aytilgan video tarqaldi (video)

    19:00 / 26.09.2023

    Hind kinosi afsonalari — Amitabh Bachchan va Raj Kapurning nabirasi Agastya Nanda aktyorlikka qadam qo‘ydi

    09:00 / 26.09.2023

    “Kompromat ishi” yuzasidan ayblanuvchilarga sud hukmi o‘qildi 

    16:00 / 26.09.2023

    O‘zbekistonda endilikda ayrim xodimlarning ish haqi mahalla raisi tomonidan tasdiqlanadi

    19:00 / 26.09.2023

    “Biz tayyormiz” — Medvedev Rossiya NATO bilan jang qilishi haqida gapirdi

    19:00 / 26.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?