• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Qorinni onlayn kuzatish, Suriyaga uchinchi reys, A, OKA, bu qanday gap?

    Haftaning eng muhim va muhokamabop mavzulari “Daryo.uz” dayjestida.

    “Davletov.uz” Telegram-kanalida Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hokimining qorin aylanasi, bo‘yi va vaznini o‘lchanayotganligi fotosurati qo‘yildi. Bu bejiz emas, chunki kelasi yildan boshlab vazir va hokimlarning semizlik darajasi monitoring qilib boriladi. Baqaloqlarni onlayn kuzatib borish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

    Foto: Telegram / “Davletov.uz”

    Foto: Telegram / “Davletov.uz”

    Davlat organlari va tashkilotlarining ish kuni davomida ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlari bajarishi uchun ish vaqtiga kiritiladigan maxsus tanaffuslar belgilanadi. Har chorakda har bir tuman (shahar)da “Sog‘lom turmush tarzi rivojlangan mahalla” tanlovi tashkil etiladi. 2021-yilda 50 ta sport zali, 48 ta sport inshooti qurilib, foydalanishga topshiriladi.

    * * *

    Bu haftada O‘zbekiston delegatsiyasi Suriyaga borib, u yerda qiyin ahvolga tushib qolgan ayollar va bolalarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha navbatdagi tadbirning tashkiliy masalalarini o‘rgandi. Shunday qilib, O‘zbekiston uchinchi marta o‘z fuqarolarini janggohdan qaytarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. O‘tgan yili may oyida “Mehr” operatsiyasi mobaynida Damashqdan 156 nafar o‘zbekistonlik, asosan ayollar va bolalar qaytarib kelingan edi. O‘sha yili oktabrda esa ikkinchi marta fuqarolarimiz mamlakatga qaytarilgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Suriyadagi o‘zbekistonliklarning aksariyati Turkiya orqali ketgan bo‘lib, ular hozir adashganini tushunib yetgandir. O‘tgan yili chop etgan xabarda mamlakatga qaytarilganlarning biri buni tasdiqlagan edi.

    * * *

    Koronavirus qo‘rquvi asta-sekin chekinmoqda. Dunyoning yetakchi davlatlari esa vaksina sinovlarining muvaffaqiyati bilan tez-tez bo‘lishib turibdi. Shu asnoda mamlakatimizda ham pandemiya tufayli kiritilgan ba’zi cheklovlar yumshayapti. Xususan, Uchtepa tumanidagi “Atlas” savdo majmuasi binosida COVID-19 va atipik pnevmoniyaga chalingan bemorlar uchun tashkil etilgan taqsimot markazi yopildi. Tez orada Toshkent shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida tashkil etilgan markaz faoliyati ham to‘xtatiladi. “Yoshlik” iyulning, “Atlas” esa sentabrning oxirida bemorlar uchun tashkil qilingan edi.

    2020-yilning 1-dekabridan O‘zbekistonda kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga ruxsat beriladi. Bunda kompyuter o‘yinlari markazlari ijtimoiy masofa saqlash, niqob va qo‘lqop taqish, harorat o‘lchash va boshqa sanitariya-epidemiologik qoidalarga qat’iy rioya qilinishi belgilab qo‘yiladi.

    Mamlakatimizda koronavirus bo‘yicha savollarga javob beradigan Call-markaz faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilib, uning vazifalari 1003 Call-markaziga yuklatiladi. Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat murakkablashgan paytda aholining kasallik bilan bog‘liq savollariga o‘z vaqtida javob berish, tibbiy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan edi. Ammo oxirgi vaqtda 1105 qisqa raqamli Call-markazga murojaatlar keskin kamayib ketgan.

    * * *

    Yana bir agentlik tashkil qilinadigan bo‘ldi. Prezidentning “O‘simliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tahlil tizimlarida davlat boshqaruvini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasida O‘simliklarni himoya qilish agentligi tashkil etish haqida gap boradi.

    O‘simliklarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosati va nazoratini yuritish, organik mahsulotlar yetishtirish bilan bog‘liq tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida zararkunanda, kasalliklar va begona o‘tlarning rivojlanishi va tarqalishini bashorat qilish, o‘simliklarni himoya qilish vositalariga bo‘lgan ilmiy talabni shakllantirish, chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash, agrokimyoviy tahlil xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda ilg‘or texnologiyalar va ish uslublarini o‘simliklarni himoya qilish xizmati faoliyatiga tatbiq etish va boshqa ishlar agentlikning vazifasiga kiradi. Agentlik va markaz o‘z faoliyati bo‘yicha O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligiga hisobot beradi

    * * *

    Haftaning yana bir voqeasi ko‘plab axborot saytlariga aloqadordir. Avvalroq elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan bog‘liq muammolar haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan qiziqarli va tanqidiy postlar jamlanib, “Kun.uz” saytida e’lon qilinishi ortidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Asadjon Xodjayev tahririyatni noxolislikda aybladi va “jiddiy huquqiy oqibatlar”dan ogohlantirdi. Tahririyat buni bosim deb hisobladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shundan so‘ng AOKA yanada faollashib koronavirus statistikasiga shubha bildirgan nashrlar “Gazeta.uz”, “Podrobno.uz” hamda “Daryo”ga ogohlantirish berdi. “Daryo”ga berilgan “ogohlantirish” ham bu ikki saytniki bilan mazmunan bir, faqat “qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan” sayt nomi va tegishli havolalar o‘zgargan, xolos. Ogohlantirish “O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanganlar uchun ajratilgan koykalarda 6 570 bemor yotibdi. Bu SSV statistikasidagi raqamdan uch barobar ko‘p” xabariga qaratilgan. AOKA buni to‘la tekshirilmagan deb yozgan, biroq “Daryo” SSVga yuborgan ko‘plab so‘rovlari javobsiz qolavergani bois xabarni to‘la tekshirish imkoni yo‘q. “Daryo” bosh muharriri “ogohlantirish xati” to‘g‘risida “Biz AOKAning bu xatini bosim deb hisoblamaymiz, chunki shu kecha-kunduzda OAVga bundan battar, rostmana jiddiy (va ba’zan tuturiqsiz) bosimlar yetarlicha, yo‘q joydan yana bir bosim o‘ylab topish ma’qul emas. Bu — bor-yo‘g‘i oldiga qo‘yilgan ko‘plab vazifalardan birini (masalan, matbuot xizmatlari faoliyatini lozim darajada muvofiqlashtirishni) eplay olmayotgan davlat tashkilotining yoqimsiz bir ogohlantirish xati. Faqat haddan ortiq o‘rinsiz va mantiqsiz”, deb yozdi.

    28-noyabr kuni AOKA mahalliy OAVga yuborilayotgan ogohlantirish xatlari bo‘yicha rasmiy bayonot berdi. Bugun Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov ushbu rasmiy bayonotga munosabat bildirdi. Allamjonov bu vaziyatda OAVni qo‘lladi, ular to‘g‘ri yo‘lda ekanligini bildirdi. “Eng asosiysi, bilingki, ushbu jarayonga to‘siq yoki qarshiliklar bo‘lishi mumkin, lekin bu foydasiz. Katta g‘ildirak joyidan qo‘zg‘alib, yurib bo‘ldi. Endi u to‘xtamaydi. Chunki ushbu islohotning konsepsiyasi juda puxta yaratilgan!”, — deb yozdi u.

    Eng muhim va munozarali yangiliklarni “Daryo.uz”da kuzatib boring. Biz bilan qoling.

    29.11.2020, 22:17   Izoh (0)   30262
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganlik maktab o‘quvchisi Buyuk Britaniya qirolichasidan maktub oldi

    29.11.2020, 21:25

    “Shunday uy ololmay, o‘lib ketsam kerak, deb o‘ylardim”. Sardoba fojiasi oqibatida boshpanasidan ajralganlarga yangi uylar topshirilmoqda

    29.11.2020, 20:28

    “Boshingizga bir urib, mana senga xat, jim o‘tir, deydigan davrlar o‘tdi” — Allamjonov AOKA va OAV bahsi haqida

    29.11.2020, 19:21

    O‘zbekistonda 2025-yilgacha barcha shaharlar bosh rejasi tasdiqlanishi kutilmoqda

    29.11.2020, 18:25

    “Daryo” fotosayohati: Turkiyaning Istanbul shahridagi Taqsim maydoni va Istiqlol ko‘chasi manzaralari

    29.11.2020, 09:55

    Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalarida koronavirusga oid ilmiy tadqiqotlar olib boriladi

    28.11.2020, 22:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shomurodov kelajagi borasida qaror qabul qildi — Romapress

    Sport | 3 iyul, 09:55

    “Kalmar o‘yini”ning uchinchi mavsumi Netflix’da rekord o‘rnatdi

    Kino | 3 iyul, 09:51

    Bali qirg‘oqlari yaqinida 65 kishi bo‘lgan parom cho‘kib ketdi

    Dunyo | 3 iyul, 09:48

    O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqam 800 mln so‘mdan ortiqqa sotildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 09:45

    USAID’ning faoliyati butunlay tugatildi

    Dunyo | 3 iyul, 09:06

    Hansi Flik “Barselona” rahbariyatiga ikki futbolchini “sotilmaydigan” deb e’lon qilgan

    Sport | 3 iyul, 09:03

    AQSH Isroilga bunkerga qarshi bombalar yetkazib bermoqchi

    Dunyo | 3 iyul, 08:34

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.