• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Moldovadagi siyosiy g‘alabaning Rossiyaga ta‘siri. Rustam Imomali Tojikistonning merosxo‘rimi? Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” o‘tib borayotgan haftada dunyo matbuotida e’lon qilingan va muhokama markazida bo‘lgan maqolalar sharhi bilan tanishtiradi.

    Maya Sanduning Moldovadagi g‘alabasi Putin uchun nimani anglatadi?

    Mayya Sandu 1972-yilda Moldovaning Falesht rayoni Risipen qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi veterinar shifokor, onasi qishloq maktabi o‘qituvchisi. Sandu 1989–1994-yillar mobaynida Moldovadagi Iqtisodiy akademiyasida tahsil oldi. 1994-yildan Moldova Iqtisodiyot vazirligida o‘z mehnat faoliyatini boshladi. 2010-yilda Garvardning Jon Kennedi nomidagi davlat boshqaruvi institutini tamomladi va 2010–2012-yillar mobaynida Jahon banki ijrochi direktorining maslahatchisi sifatida faoliyat yuritadi.

    Mayya Sandu

    Mayya Sandu
    Foto: AFP

    G‘arbga yaqin qarashlarga ega Sanduning g‘alabasi Putin uchun o‘zining yaqin qo‘shnilari bilan munosabatlariga salbiy ta’sir qiladi. Moldovaliklar ham qirg‘izlar va belarusliklar kabi rus siyosatchilarining siyosiy etikaga mos kelmaydigan xatti-harakatlaridan charchadi. Qirg‘iziston, Belarus va Moldovadagi saylov natijalari Putin siyosatining bu mamlakatlardagi mag‘lubiyati sifatida baholanmoqda.

    Sobiq sovet davlatlarida demokratiya niqobi ostida hokimiyat tepasiga kelayotgan siyosatchilar o‘z mamlakatlarida sezilarli siyosiy islohotlar qilishga shoshilmayapti  natijada, ular o‘zlarini rasmiy Kreml qo‘llayotgan nodemokratik rejim tarafdorlari ekanini namoyish qilib qo‘ymoqda. Hattoki, bu rahbarlar demokratik an’analarga hujum qilyapti. Bu esa soxta saylovlar, ommaviy axborot vositalarini tegib qo‘yishga bo‘lgan intilishlarda ko‘zga tashlanmoqda.

    Putin esa o‘z chegaralariga yaqin jo‘g‘rofiy hududdagi siyosiy vaziyatlarda beparvolik yoki ehtiyotkorlik bilan ish ko‘rmoqda. Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi mojaroda ham Putin o‘z ittifoqchisi bo‘lgan Armanistonni o‘z holiga tashlab qo‘ydi. Bu esa rasmiy Kremlning Turkiya bilan munosabatlarni yanada keskinlashtirmasligi tarafdori ekanini isboti hamdir. Putinda hozir 2014-yilda Qrimni bosib olishda ko‘rsatgan shijoatdan asar qolmagandek.

    Noyabr oyining boshlarida Moldovada o‘tkazilgan saylovlarda g‘arbcha dunyoqarashga ega bo‘lgan Mayya Sanduning hokimiyat tepasiga kelishi ham Putinning tashqi siyosatdagi mag‘lubiyatlaridan biri hisoblanadi. Kremlga yaqin xoslar Moldovada Kremlning o‘z odami bo‘lgan Igor Dodon saylovlarda g‘alaba qiladi, degan ishonchga esa putur yetdi.

    Sandu esa Kremldan ko‘ra G‘arb bilan integratsiyalushuvni chuqurroq va keng ko‘lamli bo‘lishini istayotgan siyosiy rahbardir. Putin Sanduni g‘alabasi bilan tabriklagan bo‘lsa-da, bu Putinda Moldova va Rossiyaning kelajakdagi munosabatlari haqida bir talay savollarni uyg‘otgan bo‘lsa ajab emas. Qolaversa, moldovanlar ham rus oligarxlari etagidan tutayotgan siyosatchilarning korrupsiyaga berilgani, adolatsiz saylovlardan bezor bo‘ldi. Ular g‘arbda bo‘lgani kabi yaxshi ta’lim olishga, saylovlarning adolatli o‘tishiga ko‘proq xayrixoh.

    Foto: Google Photos

    Sanduning g‘alabasi esa Rossiyaning mamlakatda ta’siri susayishidan darak. Sandu 20-noyabr sanasida rus tinchlikparvar kuchlarining Dnestr bo‘yi Moldova respublikasidan olib chiqib ketilishini talab qildi. Biroq sobiq rusparast prezident Igor Dodon va Rossiya Federatsiyasi kengashi a’zosi Aleksey Pushkov Dnestr bo‘yi Moldovasidan rus kuchlarining olib chiqib ketilishi mintaqada nizoga olib kelishini ta’kidladi. Dnestr bo‘yi Moldova respublikasi 1990–1991-yillarda tashkil topgan, ammo hozirga qadar ta’n olinmagan mamlakatlardan biri hisoblanadi.

    Sandu, shuningdek, Mayya Sandu Ukraina va Moldova munosabatlari haqida gapirar ekan, Qrim Ukrainaning hududi ekanini bildirdi. Rus siyosiy doiralari esa Sanduning bu bayonotini qo‘pol siyosiy xato deya, Qrim Rossiyaga referendum vositasida qo‘shib olinganini, hech qanday anneksiya bo‘lmaganini ta’kidladi.

    Mayya Sandu oldida hozirda rasmiy Kreml bilan hal qilinishi lozim bo‘lgan bir qator masalalar mavjud. Avvalo, Sandu moldovalik migrantlarning Rossiyada ishlash, pensiya olish kabi masalalarni hal qilishi, rus-moldova iqtisodiy hamkorligida barcha teng huquqli ravishda ruslar bilan savdo qilish borasida muzokaralar olib borishi kerak. Sandu uchun esa rus-moldova munosabatlarini bir o‘zanga solish ancha qiyin kechishini kutish mumkin.

    Rustam Imomalining Moskvaga safari uning siyosiy vazni ortib borayotganidan darakmi?

    Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning o‘g‘li Rustam Imomali Tojikiston parlamentining spikeri sifatida o‘zining dastlabki rasmiy safarini Moskvaga uyushtirishdan boshladi.

    24-noyabrdagi safardan ko‘zlangan maqsad tojik migrantlarning Rossiyaga kirishlari borasidagi cheklovlarni yumshatishdan iborat deb hisoblashmoqda. Tojikiston Rossiyadan yuborilayotgan pul jo‘natmalariga nihoyatda bog‘liq va bu tojikistonliklar orasida muhim mavzulardan biri hisoblanadi. Rustam Imomalining mazkur masalada Moskvaga tashrifi so‘nggi paytlarda Rustam Imomalining Tojikistonning bo‘lg‘usi rahbari bo‘lishi haqidagi taxmin va farazlarni ham yuzaga chiqarmoqda.

    Foto: Google Photos

    32 yoshli Rustam Imomali Moskva shahrida Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenko, Moskva shahar meri Sergey Sobyanin kabi yuqori martabali shaxslar bilan muloqot o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvlarning bosh mavzusi Rossiyadagi tojik magrantlarining ish sharoitlarini yaxshilash va qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish haqida bo‘ldi.

    Vitse-premyer Aleksey Overchuk bilan muloqot chog‘ida Rustam Imomali pandemiya paytida Rossiya va Tojikiston o‘rtasidagi avia qatnovlarni yo‘lga qo‘yish borasida ham fikr almashdi. Ayni paytda ikki mamlakat o‘rtasida charter reyslar amalga oshirilmoqda. Koronavirus pandemiyasi sabab ikki mamlakat ham xalqaro parvozlarga keskin cheklovlar o‘rnatdi.

    Tojikiston mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, COVID-19 paytida tojik migrantlarining Rossiyaga kirishi 57 foizga kamaydi. Rossiya markaziy banki esa tojik migrantlarining Tojikistonga pul o‘tkazmalari 40 foizga yoki 681 million dollarga qisqardi. 2019-yilgi ma’lumotlarga solishtirganda mazkur raqamlar pandemiyadan oldingi davrda 1 milliard 111 millionni tashkil qilganini ko‘rish mumkin.

    Rustam Imomali rus mulozimlari bilan muloqot chog‘ida 15-dekabrga qadar hujjatlarini to‘g‘rilay olmagan tojikistonliklarga umumiy afv e’lon qilinishini so‘radi. Shuningdek, Tojikiston parlamenti spikeri rus hukumatidan Tojikistonda rus tilini o‘rganish uchun kengroq imkoniyatlar tashkil qilish zarurligi haqida gapirar ekan, tojikistonlik migrantlarga Rossiyada ishlash maqomini ko‘tarish borasida qo‘shimcha qildi.

    Rustam Imomalining Moskvaga safaridan ayni davrda Tojikiston iqtisodiyoti ko‘p jihatdan Rossiyaga bog‘liq ekanini ko‘rish mumkin. Uning mazkur tashrifi kelajakdagi siyosiy nufuzi uchun ham katta ahamiyatga ega. Ayni shu safargacha Rustam Imomali asosan otasi hamrohligida Navro‘z bayramini nishonlash tadbirlarida ko‘rinish berib kelar edi.

    Moskvadagi muzokaralarning samarali kechishi esa Rustam Imomalining samarali kelishuvlarga erisha oladigan siyosiy rahbar sifatida ommaga ma’lum qilishi uchun o‘ta muhim. U o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erisha olsa, keyinchalik 68 yoshga to‘lgan otasi Imomali Rahmonning davomchisi sifatida mamlakatni boshqarish imkoniyatini qo‘lga kiritishi mumkin.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    28.11.2020, 10:37   Izoh (0)   99401
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Markaziy Osiyo mamlakatlari sug‘orish uchun suvdan eng ko‘p foydalanadigan davlatlar qatoridan joy oldi

    28.11.2020, 10:15

    Donald Tramp “bolalar stoli”da matbuot anjumani o‘tkazdi. U deyarli mag‘lubiyatini tan oldi, biroq hech kim uni eshitmadi — hamma stolga qaradi

    28.11.2020, 09:36

    Turkmanistonda qog‘ozni tejash uchun bosma nashrlar birlashtiriladi

    28.11.2020, 08:56

    Germaniyalik shifokor pandemiyaning kutilmagan sababini ma’lum qildi

    28.11.2020, 07:51

    Aleksandr Lukashenko Belarusning yangi konstitutsiyasi qabul qilingach, mamlakat prezidenti bo‘lmasligini ma’lum qildi

    28.11.2020, 07:38

    Eronda mamlakatning yetakchi yadro fizigi Muhsin Faxrizoda o‘ldirildi. U “Eron bombasi otasi” nomi bilan shuhrat qozongandi

    28.11.2020, 06:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.