Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekiston Moliya vazirligi ayrim qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi 2021-yilga mo‘ljallangan soliq siyosati loyihasini e’lon qildi.

Unda, jumladan, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i obyektlari qatoridan ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar ham o‘rin olmoqda. Ya’ni, yangi qurilayotgan uy-joylarda yerto‘la yoki ikkinchi qavatida (odatda) joylashgan “parkovka”larga ham uy sotib olganlar soliq to‘lashi kerak bo‘ladi.

Agar Soliq kodeksining 419-moddasiga kiritish taklif etilayotgan o‘zgartirish tasdiqlansa, u holda uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari (umumiy maydoni 200 kvadrat metrdan ortiq bo‘lganlari bundan mustasno), ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari, shuningdek, boshqa imoratlar, bino va inshootlar 0,23 foiz miqdorda soliqqa tortiladi (hozirda 0,2 foiz).

Qayd etish joiz, ayni vaqtda qonunchilikda mashina turar joylari degan tushuncha mavjud emas.

Mashina turar joylari (avtoturargohlar) 2017-yil 1-yanvardan rasman ko‘chmas mulk obyekti maqomoni olgan va “chegaralari belgilangan tartibda tavsiflangan, faqat transport vositasini joylashtirish uchun mo‘ljallangan bino yoki inshootning bir qismi” deya keltirilgan. Soliq esa obyektning kadastr qiymatidan kelib chiqib hisoblanadi.

Avvalroq 2021-yilga mo‘ljallangan soliq siyosatida asosiy soliq stavkalarini saqlab qolish, aksiz solig‘i, yer solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalarini Soliq kodeksiga kiritish, 73 xil tovarga aksiz solig‘ini bekor qilish, eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash va boshqa choralar ko‘zda tutilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Hayot bizni sinovga tashladi”. Sobiq “Ummon” guruhining xonandasi Jasur Rafiqovning saratonga chalingani aytilmoqda
Dunyo
Rossiyada safarbarlikdan bosh tortish bo‘yicha birinchi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
“Nomi Сity, yashash tarzimiz esa qishloqdagi uylardan battar”. Qarshi Сity’da yashovchi aholi ko‘p qavatli uydagi muammolar haqida (video)