Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentda Polshadan avtomobil shinalari sotib olmoqchi bo‘lgan fuqaro firibgarlik qurboni bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Shayxontohur tumani IIO FMBga 27 yoshli A.K. murojaat qilib, 2019-yilning noyabr oyida unga Polshadan avtomobil shinalarini olib kelishini va’da qilgan va “xizmati” uchun 40 ming dollar olgan 46 yoshli A.Sh.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.

Pullarni olgan A.Sh. va’dasiga xilof tarzda uni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi (“firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkent viloyatida 2023-yilda 9 ming gektar maydon qisqartirilib, 25 sotixdan aholiga beriladi
Mahalliy
Toshkent viloyatida kelin qaynonasiga 20 marta pichoq urdi (video)
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi