• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Shifokor 1000 dollar olmasa, u qanday qilib bolalari, nabiralarini boqadi?” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni Toshkentda tibbiyot xodimlari va pedagoglar bilan uchrashgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Uchrashuvda mamlakat rahbari fuqarolar ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimidan norozi ekanligini alohida ta’kidlab o‘tgan. Shuningdek, Prezident maktab direktorlari va poliklinika rahbalarining ishlash usullaridan norozi ekanligini bildirgan, deb yozadi “Gazeta.uz”.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Toshkentda tibbiyot sohasida akademiya, ilm maskani bormi? Bor. Ikkinchidan, Toshkentda 60ga yaqin respublika tibbiy muassasalari bormi? Bor. Yaxshimi-yomonmi, 150ta poliklinika, turli yo‘nalishlar bo‘yicha shifoxonalar bormi? Bor. Oxirgi 3,5 yil sizlar bilan birga ishlayapmiz, shu yillarda odamlar tibbiyot sohasida nimadandir rozi bo‘la oldimi, yo‘qmi? Ikkinchidan, akademiyaning, respublika muassasalarining kuch-qudratidan, imkoniyatidan amalda foydalanilyaptimi? Sirdaryoga, Namanganga yoki Toshkent viloyatiga nisbatan odamlarni rozi qilyapmizmi, yo‘qmi? Mening o‘ylashimcha, savolga ijobiy javob yo‘q. O‘zgaramizmi, yo‘qmi? O‘zgarsak, qanday o‘zgaramiz? Tik turib, belimizni mahkam bog‘lab poytaxtdagi 3 million xalqni rozi qila olamizmi, yo‘qmi, degan savol meni qiynaydi”, — deydi Prezident.

    Shavkat Mirziyoyev pedagog va tibbiyot xodimlaridan poytaxtdagi 3,5 million aholining ehtiyojlarini qanday qilib qondirishni rejalashtirayotgani haqida so‘ragan.

    “Qaror chiqdi, vazirni almashtirdik, boshqarmaga o‘zim ishongan insonni boshliq qilib tayinladik, tizimni o‘zgartiryapmiz. Toshkentda qachon natija bo‘ladi? Endi sizlar — ijrosizlar. Qasamyod qilgansizlar (Gippokrat). Boshqa sohalarda qasamyod yo‘q. Ushbu qasamyodingizga loyiq bo‘la olasizmi? Uddalay olishlaringga ishonaman. Mendan nima talab qilinadi? Qanday qilib ishlash uslublaringizni o‘zgartira olasizlar?”, — deydi Prezident.

    Shavkat Mirziyoyev rejalar katta ekanini aytib, tibbiyot xodimlari, xuddi o‘qituvchilar singari, 1000 dollar miqdorida ish haqi olishi kerakligini bildirdi.

    “Oddiy muallim 1000 dollar ish haqi olmasa, u ishga kelishi kerak emas. Shifokor ham xuddi shunday, 1000 dollar olmasa, ertaga uyga borib bolasini, nabirasini qanday boqadi? Qilishimiz mumkinmi? Mumkin. Tinchlik, osoyishtalik kerak, bir-birimizni to‘g‘ri tushunishimiz kerak”, – deydi davlat rahbari.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida 23 ming nafar o‘qituvchi bor, 500 ta vakant mavjud. Tibbiyot sohasida 498 ta vakant joy bor.

    “Ish kerak deymiz, lekin mana ikkita sohada ham 1000 ta vakant turibdi. Nega? Byurokratiya. Sizlarda erkinlik yo‘q. Toshkent shahrida qanday qilsak bo‘ladiki, shu ikki tizimga mukammal ozodlik, mas'uliyat, javobgarlik berib, bolalarimizni yaxshi o‘qitsak?” – dedi Prezident.

    Shuningdek, Prezident xususiy va davlat poliklinikalaridagi bosh shifokorlarning ishini taqqoslagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, xususiy kasalxonalarning rahbarlari xuddi menejerdek ishlaydi va deyarli bo‘sh vaqti yo‘q.

    “Agar 5 daqiqa bo‘sh vaqti bo‘lib qolsa, ular yangilik o‘qiydi… bilim olishga intiladi. Davlat kasalxonalarida bosh shifokor soat 09:00 da keladi, 17:00 da ketadi. Maktab direktori 09:00 dan 18:00 gacha nima ish qiladi, foydali ish koeffitsenti (FIK) qanaqa? Tibbiyot xodimining FIKi qanaqa? Hamma bir xil emasku. Yaxshi va yomonlar bor. Yaxshilarni olib, yomonni o‘rgata olamizmi? Olamiz”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

    Avvalroq Shavkat Mirziyoyev ko‘pchilik mamlakatdagi tibbiy xizmatlar sifatidan norozi ekanligini tanqid qilgandi.

    26.11.2020, 13:48   Izoh (0)   48848
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sergelidagi metro 2020-yilning oxirigacha ishga tushishi ma’lum qilindi

    26.11.2020, 13:11

    Chinozda 5 ming tonnalik yonilg‘i sisternasida yong‘in chiqdi

    26.11.2020, 13:06

    Polsha O‘zbekistonga 300 ming dollarlik insonparvarlik yordami yubordi

    26.11.2020, 12:46

    O‘zbekistonda talabalar uchun 400 mln so‘mlik ta’lim granti e’lon qilindi

    26.11.2020, 12:33

    O‘zbekistonda hafta o‘rtasidan havo yana keskin sovib, qor yog‘ishi kutilmoqda

    26.11.2020, 12:20

    Qo‘qonda 300 dollarini so‘mga alishtirib berishini aytib, o‘smirni aldab ketgan shaxslardan biri qo‘lga olindi

    26.11.2020, 12:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.