Do‘stlar, siz uchun ajoyib yangiligik! Hyundai rasmiy dilerlik markazi endi Samarqandda ham o‘z faoliyatini boshladi. Bizning markazimiz 3S (sales, service, spare parts) tizimi bo‘yicha ishlaydi: avtomobillar sotilishi, servis xizmat ko‘rsatilishi, ehtiyot qismlarning sotilishi.
Hyundai Motor kompaniyasi 40 yildan ortiq muddat davomida avtomobillarni ishlab chiqaradi va bu yillar mobaynida Hyundai kompaniyasi muntazam ravishda o‘z avtomobillarini takomillashtirish ustida ishlab kelmoqda, shu sababli u butun dunyoda ishonchli avtomobil ishlab chiqaruvchisi sifatida nom qozondi.
Bizning avtosalonda quyidagi Hyundai modellari taqdim etilgan: turli komplektatsiyalardagi Accent, Creta, Elantra, Sonata, Tucson va Santa Fe. Va bugun biz sizga avtomobillarimizning biri haqida gapirib bermoqchimiz
Hyundai Sonata – 2020-yilda kuzov bilan ishlab chiqilgan ushbu model o‘zining go‘zalligi, boshqarish qulayligi, shinamligi va quvvati bilan ajralib turadi. Unda barchasi professionallik bilan ishlangan: audiotizimdan boshlab o‘tkir hissiyotlar tarafdorilar uchun sport-rejimigacha.
Keling, audiotizimdan boshlaymiz, u Hyundai va Bose muhandislarining hamkorligida ishlab chiqilgan.Bu hamkorlikning asosiy maqsadi bo‘lib, avtomobil salonida a’lo darajali sadoni yaratish edi.
Hyundai Sonatadagi Bose tizimi turli diametrdagi o‘n ikkita dinamik va ekvalayzer hamda tovushga raqamli ishlov berish funksiyasiga ega Bose 12-kanallik raqamli kuchaytiruvchidan tashkil topgan. Aynan shular, sizga safar davomida sevimli musiqadan bahramand bo‘lish imkoniyatini beruvchi, balanslashtirilgan va boyitilgan tovush hosil bo‘lishini ta’minlaydi.
Avtomobilning yana bir yoqimli xususiyati – bu ko‘r hududlarni monitoring qilish tizimi
Ko‘r hudud — bu har bir haydovchi manyovr harakatlarini bajarishda to‘qnashadigan yoqimsiz bir holat. Xo‘sh, ko‘r hududlarni aniqlash opsiyasi qanday ishlar ekan? Avtomobilning oldida, yonboshida va orqasida joylashgan ultratovush datchiklari yordamida tizim qo‘shni yo‘l chiziqlaridagi transport vositalarining harakatini kuzatib boradi. Ular ko‘r hududga tushgan mahal, siz o‘z vaqtida e‘tibor berishingiz uchun, sizga xatar mavjudligi haqida tovushli yoki chiroqli ogohlantiruvchi signal beriladi.
Avtomobil yon tarafida 180 darajaga hududni qoplash qobiliyati tufayli, tizim, motosikl yoki velosiped kabi, hattoki o‘rtacha kattalikdagi transport vositalarini aniqlash xususiyatiga ega.
Va nihoyat sport-rejimi haqida so‘zlab bersak
Trassadagi qo‘shnini osonlik bilan haydab o‘tish, shahar tashqarisida yeldak uchib haydash – Sonata egalari bularning hammasini bajara oladilar. Tezlik bilan haydash shinavandalari uchun maxsus tarzda bu avtomobilda “Sport” rejimi o‘rnatilgan. Bu rejim yo‘qilganda, siz nafaqat dvigatel aylanishini oshirasiz, balki avtomobilingizga butunlay sport dasturini belgilaysiz.
Rul yanada tezroq aylana boshlaydi, ilgak yanada qattiqroq bo‘ladi, uzatmalar qutisi uzatmalarni kamroq o‘zgartiradi, va natijada dvigatel sizga maksimal darajada quvvatni va aylanish tezligini ta’minlaydi — sizning Sonata zamonaviy uslubdagi, haqiqiy poyga bolidiga aylanadi.
Biz har bir mehmonni bizning dilerlik markazimizda: Samarqand shahar, Laxuti ko‘cha, 2A (mo‘ljal IKAR va 6-hammomxona) manzili bo‘yicha kutib olishdan xursand bo‘lamiz, avtomobillar, narxlar va komplektatsiyalar haqida batafsil ma‘lumotni bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda va saytimizda olishingiz mumkin
Instagram: https://www.instagram.com/hyundai_samarkand/
Facebook: https://www.facebook.com/hyundai.samarkand/
Telelgram: https://t.me/samarkandhyundai
Sayt: www.hyundai-samarkand.uz
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)