O‘zbekiston hududiga 27—29-noyabrda Kaspiy dengizi orqali Volga bo‘yi hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
27-noyabrda Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, kechqurun esa Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylariga yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
28-noyabrda Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlaridan tashqari respublikamiz hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida kuchli qor yog‘adi.
27—28-noyabrda Respublikada shamolning tezligi 17-22 metr/sekundgacha, ba’zi joylarda 25-27 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.
28—29-noyabrda harorat kechalari 5-10 darajagacha sovuq, kunduzi 2 daraja sovuqdan 3 darajagacha harorat pasayishi kutilmoqda.
O‘rtacha havo harorati me’yordan 10-12 darajaga kam bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)