Baxtiyor Islomov O‘zbekiston Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Shu munosabat bilan Baxtiyor Islomov jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining raisi lavozimidan ozod etildi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident maslahatchisining sobiq birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Muhammadiyev 2020-yilning iyul oyida Davlat xizmatlari agentligi direktori etib tayinlangan edi.
Izoh (0)