O‘zbekiston 2020-yilning 10 oyida xorijiy davlatlardan qiymati 471,1 million dollarga teng bo‘lgan yog‘och va yog‘och mahsulotlarini import qildi, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 37,7 million dollarga kam.
Qayd etilishicha, o‘tgan 10 oy mobaynida import qilingan yog‘och va yog‘och mahsulotlarining eng katta ulushi Rossiya (433,7 million), Xitoy (14,6 million), Turkiya (5,2 million), Belarus (3,5 million) va Italiya (2,7 million) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Ma’lumot o‘rnida, bu yil O‘zbekiston 49 ta xorijiy davlatlardan yog‘och va yog‘och mahsulotlari import qilgan.
Izoh (0)