• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Avto

    Foto: Mercedes-Benz kompaniyasi 120 yoshda

    1900-yilning 22-noyabrida ilk Mercedes taqdim etilgan. Dunyoga mashhur avtomobil markasi paydo bo‘lganiga 120 yil to‘lishi munosabati bilan “Kommersant” ushbu avtomobil kompaniyasi tarixiga oid ma’lumotlarni to‘plab taqdim etdi.

    35HP modeli Mercedes’ning ilk avtomobiliga aylangan. U muhandis-konstruktor Vilgelm Maybax tomonidan avstriyalik tadbirkor Emil Yellinek buyurtmasiga asosan yaratilgan va aynan uning qizi sharafiga nomlangan. Avtomobil ustidagi ishlar 1900-yilning noyabrida yakunlangan. U 35 ot kuchiga ega dvigatel, uzun g‘ildiraklar bazasi, po‘lat kuzovga ega bo‘lgan. Barqarorlik yaxshi ta’minlanishi uchun og‘irlik markazi pastga yo‘naltirilgan.

    Foto: Mercedes-Benz AG

    Foto: Mercedes-Benz AG

    1902-yilda Daimler Motoren Gesellschaft kompaniyasi yangi modelni — Mercedes Simplex’ni taqdim etgan. Afsonalarga ko‘ra, 1903-yilda Vilgelm Maybaxning (rulda o‘tirgan) shaxsan o‘zi avtomobilni Germaniya imperatori Vilgelm II ga namoyish etgan. U esa o‘z hayratini yashirmagan holda “Ha, avtomobilingiz ajoyib… Shunga qaramay men otga ishonaman. Avtomobil — bu shunchaki vaqtinchalik hodisa”, degan.

    Foto: Mercedes-Benz AG

    Foto: Mercedes-Benz AG

    Mercedes-Benz firmasiga katta mashhurlik 1927-yildan boshlab S (Sport) seriyasiga kiruvchi avtomobillar ishlab chiqarila boshlanganidan keyin kelgan. Ular ko‘plab musobaqalarda rekord o‘rnatgan. Kompressor dvigateller oddiy rejimda 120 ot kuchi, yoqilganida esa 180 ot kuchini taqdim etgan. S seriyasi Ferdinand Porshe o‘zining shaxsiy firmasini yaratishdan oldin Mercedes’da yaratgan so‘nggi ishi hisoblanadi.

    Foto: Mercedes-Benz AG

    Foto: Mercedes-Benz AG

    Mercedes-Benz 770 — 1930-yildan 1943-yilga qadar ishlab chiqarilgan premium-sinfga oid avtomobil. Uni yuqori martabali natsist amaldorlarining Ikkinchi jahon urushidan oldin va keyingi arxiv suratlarida uchratish mumkin. O‘z vaqtida ushbu avtomobildan yapon imperatori Xiroxito, Rim papasi, reyxsprezident Paul fon Gindenburg, Adolf Gitler, German Gering, Vilgelm II foydalangan.

    Foto: Mercedes-Benz AG

    Foto: Mercedes-Benz AG

    Mercedes-Benz W136 1936-yildan 1953-yilga kompaniyaning eng ko‘p sotilgan avtomobiliga aylangan. Ushbu mashina o‘zidan oldingi ajdodidan arzonroq va zamonaviyroq bo‘lgan. Urush boshlanguniga qadar 75 ming nusxaga yaqin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 1947-yili ishlab chiqarish qayta boshlangach esa 83 mingdan ortiq.

    Foto: Mercedes-Benz AG

    Foto: Mercedes-Benz AG

    Mercedes-Benz W198 (300SL) — kompaniyaning urushdan keyin ishlab chiqargan birinchi sport avtomobili hisoblanadi. Uni yaratish g‘oyasi amerikalik diler Maks Xoffmanga tegishli bo‘lib, u AQShning boy qatlami tezyurar avtomobillarga qiziqish bildirayotganini payqab qolgan. Avvaliga mashina ikki o‘rindiqli kupe kuzovida ishlab chiqarilgan, 1957-yilda esa ochiq versiyasi — rodster paydo bo‘lgan.

    Foto: Mercedes-Benz AG

    Foto: Mercedes-Benz AG

    Mercedes-Benz W114 / W115 — 1968-yildan 1976-yilga qadar haqiqatda ommaviy seriyada ishlab chiqarilgan biznes-klassga kiruvchi avtomobil. Uning dizaynini fransiyalik dizayner Pol Brak yaratgan. Kompaniya jami shu turdagi avtomobildan 1,9 million nusxa ishlab chiqargan.

    Foto: Mercedes-Benz AG

    Foto: Mercedes-Benz AG

    G-klass esa Mercedes-Benz kompaniyasi aksioneri hisoblangan Eron podshohi Muhammad Rizo Pahlaviyning taklifiga binoan harbiy transport vositasi sifatida yaratilgan. Avtomobilning fuqarolarga mo‘ljallangan versiyasi 1979-yilda taqdim etilgan. G-klass o‘nlab yillardan beri qolgan sinfdagi avtomobillardan farqli o‘laroq tashqi ko‘rinishini o‘zgartirmay kelmoqda.

    Foto: Mercedes-Benz AG

    Foto: Mercedes-Benz AG

    Mercedes-Benz W116 — 1972-yilning sentabridan 1980-yilga qadar ishlab chiqarilgan seriya. Ushbu avtomobil kompaniya tomonidan S-Class deb nom qo‘yilgan birinchi model hisoblanadi. Bunga qadar sedan kuzoviga ega modellar norasmiy ravishda “S” tijoriy indeksiga ega bo‘lgan.

    Foto: Mercedes-Benz AG

    Foto: Mercedes-Benz AG

    A-Class’ga kiruvchi ilk avlod 1997-yili Frankfurt avtosalonida taqdim etilgan. W168 kompaniya mahsulotlari orasidagi noodatiy modelga aylangan: kalta kuzovidan tashqari avtomobil old yetakchi g‘ildiraklar bilan jihozlangan. A-Class’ga kiruvchi modellar asosan Yevropa, Yaponiya va Rossiyada sotilgan.

    Foto: Mercedes-Benz AG

    Foto: Mercedes-Benz AG

    1990-yillar afsonasi — Mercedes-Benz 600 SEL. W140 modelining taqdimoti 1991-yili Jeneva avtosalonida bo‘lib o‘tgan. U ko‘plab yangiliklarni o‘zida jamlagan: aerodinamik korpusdan tashqari avtomobil ikkitalik oynaga, avtomatik ravishda yopiladigan eshiklar va yukxona, iqlimni nazorat qilish tizimiga ega bo‘lgan.

    Foto: Mercedes-Benz AG

    Foto: Mercedes-Benz AG

    Mercedes-Benz yengil avtomobillardan tashqari furgonlar, yuk mashinalari va avtobuslar ishlab chiqaradi.

    Foto: Mercedes-Benz AG

    Foto: Mercedes-Benz AG

    Mercedes jamoasi “Formula-1” poygalarida ham ishtirok etib keladi. Daimler-Benz konserni 1954-yilgi seriyada muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Biroq 1955-yilda kompaniya seriyani tark etgan va 1990- hamda 2000-yillarda motor yetkazib berganiga qaramay, 2009-yilning noyabrigacha zavod jamoasi sifatida ishtirok etmagan. Mercedes — yetti karra Instruktorlar kubogi sohibi (2014, 2015, 2016, 2017, 2018, 2019 va 2020).

    Foto: Mercedes-Benz AG

    Foto: Mercedes-Benz AG

    2020-yil 19-noyabr kuni Mercedes-Benz o‘zining so‘nggi modeli — Maybach S-Class’ni taqdim etdi. Avtomobilning texnik tavsifi hozircha oshkor etilmagan. Sedan faqat to‘liq uzatmali va 9 pog‘onali uzatmalar qutisiga ega versiyada taqdim etiladi.

    Foto: Mercedes-Benz AG

    Foto: Mercedes-Benz AG
    24.11.2020, 07:52   Izoh (0)   24273
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Katta tezlikda daraxtga urilgan Tesla’ning batareyasi sochilib ketdi (foto)

    23.11.2020, 15:22

    Xitoyda taksichilar uchun ideal avtomobil taqdim etiladi

    23.11.2020, 10:59

    Navoiyda IIO xodimlaridan qochgan mast haydovchi Malibu’sini daraxtga borib urdi. U mashinasini qulflab, uzoq vaqt davomida undan tushmagan

    23.11.2020, 08:22

    Oqdaryoda MAN va Isuzu yuk mashinalari to‘qnashdi. Isuzu ichidagi 2 nafar yo‘lovchi shifoxonada vafot etdi

    22.11.2020, 23:34

    Samarqandda mast haydovchi o‘z boshqaruvidagi Matiz bilan kanalga tushib ketishi oqibatida mashina ichida bo‘lgan amakisining umriga zomin bo‘ldi

    22.11.2020, 22:36

    O‘zbekistonda Qozog‘istondan avtomobillar import qilish 19 barobarga oshdi

    22.11.2020, 11:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda chivinlar tashiydigan yuqumli kasallikka chalinish ortdi

    Dunyo | 4 avgust, 02:25

    Hindistonda kamida 14 kishi avtomobilda kanalga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 23:35

    Afg‘oniston va O‘zbekiston tadbirkorlari 20 mln dollarlik memorandum imzoladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 23:27

    Sirdaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:52

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.