Desertning asosini, ya’ni pudingni kechki paytda tayyorlash kerak. Tongda esa boshqa masalliqlarni qo‘shish bilan shirinlikni dasturxonga tortish mumkin.
Kerakli mahsulotlar:
- Chia urug‘lari − 3 osh qoshiq;
- Sut − 230 ml;
- Asal − 1 osh qoshiq;
- Xurmo − 2 dona;
- Makkajo‘xori yormasi − 2 osh qoshiq;
- Mevalar, yalpiz ta’bga ko‘ra.
- Chia urug‘i, sut va asal aralashtiriladi. Kamida 2 soat, agar imkoni bo‘lsa 1 kechaga muzlatgichga qo‘yiladi.
- Xurmo mevasi tozalanib, bir xil massaga aylanguncha blenderda maydalanadi.
- Desert uchun maxsus stakanga makkajo‘xori yormasi solinadi va ustidan muzlatgichda quyuqlashgan aralashma quyiladi.
- Ustidan xurmo va yana puding massasi quyiladi.
- Tayyor bo‘lgan puding meva va yalpizlar bilan bezatiladi.
Izoh (0)