“Liverpul” Premyer Liga 9-turi doirasida kechgan bahsda “Lester”ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Mersisaydliklar chempionat doirasidagi uy o‘yinlarida ketma-ket 64 uchrashuvdan beri yutqazmayapti. Bu klub rekordi hisoblanadi.
Yurgen Klopp qo‘l ostidagi jamoa bu o‘yinlarning 53 tasida g‘alaba qozongan va 11 bor durang o‘ynagan.
“Liverpul” ularda 169 ta gol urgan va 42 bor o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan. Shuningdek, 34 ta quruq o‘yin o‘tkazgan.
Ayni damda “qizillar” 20 ochko to‘plagan holda peshqadam “Tottenhem” bilan bir xil natija qayd etmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)