Nur-Sultondagi kafelarning birida gaz ballon portladi, deb xabar beradi Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib “Tengrinews.kz”.
Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 21-noyabr kuni soat 12:25 da Nur-Sulton Favqulodda vaziyatlar vazirligi dispetcherlik xizmatining nazorat xonasiga kafega aylantirilgan kottejda gaz ballonining portlashi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. O‘t o‘chiruvchilar bino ichida bir qiz va 15 ta gaz balloni borligini aniqlagan.
Portlash natijasida oshxonadagi tom qulab tushgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qiz vayronalar ostida qolgan va kasalxonada vafot etgan.
https://youtu.be/z13di-gcvkA
Hodisa joyiga Nur-Sulton Favqulodda vaziyatlar xizmati, Tabiiy ofatlar tibbiyoti markazi, 21 nafar qutqaruvchi va 5 ta texnika kuchlari va vositalari jalb qilingan.
Avvalroq Buxoroda Matiz’ning gaz balloni portlashi oqibatida ikkita mashinaga zarar yetgani, Pokistondagi madrasada portlash yuz bergani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)