Facebook’dagi Tashkent Retrospective guruhida “Temur darvozasi” o‘tgan temiryo‘l bo‘ylab harakatlanayotgan dizel-poyezdning surati va unga oid ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu surat 1945-yilda olingan bo‘lib, unda “Rozariya” dizel-poyezdining “Temur darvozasi”da sinovdan o‘tkazilayotgani tasvirlangan. Surat muallifi noma’lum.
Poyezdning old qismida SSSR tarkibiga kirganidan so‘ng, yopishtirilgan besh qirrali qizil yulduz yo‘q.
Ma’lumotlarga ko‘ra, DP dizel-poyezdlari — Vengriyaga Gans zavodi tomonidan 1940, 1945—1946-yillar davomida qurilgan dizel-poyezdlar sirasiga kirib, u yerda Argentina davlat temiryo‘llari uchun poyezdlar yig‘ilgan.
Ta’kidlanishicha, harbiy harakatlar sabab poyezd buyurtmachiga yetkazilmagan va 1945-yilda uni Sovet Ittifoqiga reparatsion yetkazmalar hisobidan yuborishga qaror qilingan. Dizel-poyezdning konstruksion ma’lumotlari 1938-yildan boshlab qurilgan shu turdagi dizel-poyezdlar oilasining rivojlanishiga xizmat qilgan. 1946-yildan boshlab dizel-poyezdlar Kavkazortiga, Orjonikidze, O‘rta Osiyo va Toshkent temiryo‘llariga ekspluatatsiya qilingan. 1949-yilda dizel-poyezdlar Litva temiryo‘li parkiga topshirilgan bo‘lib, u yerda 1950-yillar oxiriga qadar harakatlangan va shundan so‘ng foydalanishdan olingan. Hozirga qadar DP seriyasiga kiruvchi bu kabi poyezdlarning birortasi saqlanib qolmagan.
Izoh (0)