“Daryo” o‘tib borayotgan haftada dunyo matbuotida e’lon qilingan va muhokama markazida bo‘lgan maqolalar sharhi bilan tanishtiradi.
Lotin Amerikasi tashqi siyosati mustaqil bo‘ladimi?
Lotin Amerikasining tashqi siyosati butun tarixi mobaynida aksar holatlarda AQShga qaram bo‘lib kelgan, deb yozadi Tal Cual nashri. 1823-yilda AQSh prezidenti Jeyms Monro “Amerika amerikaliklar uchun” shiorini e’lon qildi va har qanday yevropaliklarning qit’aga yurishi istilo uchun sabab deb topilishini aytdi. Shu davrdan beri AQSh va Lotin Amerikasi mamlakatlarining ikki tomonlama munosabatlari murakkab va barqarorlikdan yiroq. Shuning uchun ham Baydenning tashqi siyosati Lotin Amerikasi bilan aloqalarga qanday ta’sir qiladi, degan savol lotin amerikaliklarni o‘ylashga majbur qilmoqda.AQSh iqtisodiy, savdo va mafkuraviy jihatdan Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun fikri hisobga olinishi kerak bo‘lgan shimoliy qo‘shni bo‘lib qoldi. Bu esa bir necha o‘n yillar davom etib keldi. Ayni paytda AQSh gegemoniyasining susayib qolgani, muallif nazarida, Lotin Amerikasi uchun tashqi siyosatda yangi maqsadlarni belgilab olishga qulay vaqt.
Hozirda AQSh oqsab turgan odamni eslatadi, Xitoy esa ancha iqtisodiy jihatdan gurkiramoqda, Rossiya esa Xitoyning Osiyodagi sherigiga aylanib bormoqda. Lotin Amerikasi mamlakatlarida AQSh bazalari mavjud bo‘lsa-da, Janubiy Amerika mamlakatlarining aksari hozirda Xitoyga iqtisodiy va moliyaviy jihatdan qaramga aylandi. Rossiya iqtisodiy jihatdan na Xitoyga, na AQShga tenglasha olmasa-da, harbiy strategik nuqtayi nazardan Lotin Amerikasi hisoblashishga majbur bo‘lgan hamkordir. Shu sababdan ham Lotin Amerikasidagi aksar mamlakatlar Rossiyaning geosiyosiy qarashlari bilan hamohang.
Bugun Lotin Amerikasi mamlakatlari o‘z tashqi siyosatlarini qaytadan ko‘rib chiqishi kerak. Faqat AQShga yo‘naltirilgan siyosat bugungi zamonda talabga javob bermaydi. Boshqa mamlakatlar bilan sog‘liqni saqlash, tabiatni muhofaza qilish masalalarida keng tomonlama munosabatlar o‘rnatishga yordam beradi. Xitoy va Rossiya esa albatta bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermaydi. Pandemiya AQSh iqtisodiga katta zarba berdi, AQSh moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Saylovlar ortidan boshlanib ketgan tartibsizliklar esa AQShdagi siyosiy institutlar ham inqirozda ekanidan namoyon.
Shu sababdan ham ayni paytda AQSh va Lotin Amerikasi mamlakatlarining aloqalari qanday kechadi, degan savolni berish kerak. Baydenning siyosati Trampnikidan farq qilsa-da, Bayden uchun asosiy ustuvor yo‘nalish Lotin Amerikasi bo‘lmasligi ham mumkin. Qolaversa, Lotin Amerikasi mamlakatlarini birlashtirgan tashkilotlar qit’a taraqqiyoti uchun amaliy yordam bera olmayapti, ustiga ustak ayrim mamlakatlarda ichki ixtilof va nizolar muammolarni yanada chuqurlashtirib yubormoqda.
Xitoy va Rossiya hukumati Maduro rejimini qo‘llab quvvatlayotgan bo‘lsa, Fransiya Amazoniya o‘rmonlarida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlaridan keyin Amazoniyani xalqaro boshqaruvga berilishini ta’kidlamoqda va Kolumbiyadagi nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilishda faollik ko‘rsatmoqda. Bu kabi holatlardan tushunish mumkin bo‘lgani shuki, Janubiy Amerika mamlakatlari samarali mintaqa mamlakatlarini birlashtira olgan tashkilot yarata olmadi va siyosatda boshqa mamlakatlarning ta’siriga tushib qolayotganini ko‘rsatib qo‘ydi.
Janubiy Amerikada siyosiy va iqtisodiy o‘zgarish esa hozirda har doimgidan muhim. Masalani esa AQSh gegemonligini Xitoy-Rossiya bilan o‘zgartirish bilan ham hal qilib bo‘lmaydi. Mintaqa mamlakatlariga haqiqiy ma’nodagi siyosiy va iqtisodiy ozodlik kerak.
Yil kashfiyotlari
The Time jurnali har yili inson hayotini yengillashtirishga imkon bergan noyob kashfiyotlarning ro‘yxatini e’lon qilib boradi. Bu yilgi dunyo kashfiyotlari orasida VR fitness uskunasi, havodan tayyorlangan aroq, ko‘chma suv tozalagich kabi bir qator uskunalar mavjud.Xvision jarrohlik uskunasi
Augmedics kompaniyasi rahbari Nissan Elimelex super qahramonlardan ilhom olgan bo‘lsa ajab emas. Bir necha yillik tadqiqot va izlanishlardan so‘ng Xvision qurilmasi yaratildi. Mazkur qurilma jarroh shifokorlarga bemorni uch o‘lchamli model yordamida tomografiya qilishga imkon beradi. Qurilma yordamida shifokorlar bemorning jarrohlikka muhtoj qismini aniqroq ko‘ra oladi va umurtqa pog‘onasidagi jarrohlik amaliyotlarini ham ortiqcha joyni kesmagan holda amalga oshiradi. 2019-yilning dekabr oyida AQSh Mahsulotlar va dori vositalarini nazorat qilish tashkiloti Xvision qurilmasini ma’qulladi va hozirda mazkur qurilma Jons Hopkins va Rashadagi tibbiyot markazida foydalanilmoqda.
Neurosurgeon @CamiloMolinaMD completed testing, validation and consulting on the development of an augmented reality spinal navigation tool just named a #TimeBestInventions! Congrats to Dr. Molina & @augmedics ! https://t.co/JOZOgJR5Ta @TIME @WUSTLmed
— WashU Medicine Neurosurgery (@WashUNeurosurg) November 19, 2020
Noutbukka aylanadigan telefon
Microsoft Surface Duo deb nomlangan mazkur qurilma ham telefon, ham noutbuk vazifasini bajarishi bilan qiziqarli. Ikkita ekranli mazkur android 1 399 AQSh dollariga baholanmoqda. Mazkur qurilmani yon daftar sifatida ishlatish mumkin. Qolaversa, mazkur noyob qurilmadan bir vaqtning o‘zida ham yozib, ham ijtimoiy tarmoqlardagi do‘stlaringiz bilan gaplashish imkoni bor. Buning uchun telefonni ikki tarafga qayirib ochish kifoya.
https://twitter.com/DinoAmbrosio/status/1329620997574590464
Kompyuter bilan sizni bog‘lovchi qurilma
MIT Media Lab kompaniyasi tarafidan ishlab chiqarilgan Alter ego qurilmasi fikrlaringizni o‘qiy olmasa-da, sizning fikrlaringizni kompyuter tushunadigan qilib beradi. Google’da nima izlamoqchisiz, avval fikringiz aniq hosil qilasiz, Alter ego esa sizning fikrlaringizni kompyuterga yetkazadi. MIT Media Lab tadqiqotlaridan ma’lum bo‘ldiki, Alter Ego sizning fikrlaringizni kompyuterga yetkazishda 92 foizlik aniqlik hosil qilishga ulgurgan.
MIT media lab's alterego headset can hear and transcribe the voice in your head https://t.co/hmae9hBpBJ pic.twitter.com/mGntIAtyfW
— designboom (@designboom) April 6, 2018
Within kompaniyasining Supernatural qurilmasi
VR qurilmasi endi sizni istalgan makonda sport bilan shug‘ullanishingizni ta’minlab beruvchi noyob qurilmalardan biridir. Oculus Quest yoki Quest 2VR ilovasi yordamida endi siz o‘zingiz sevgan virtual trenajyorda Galapagos orolida yoki Mars sayyorasining yuzasida yurgandek his qilgan holda, virtual jismoniy mashg‘ulot bilan shug‘ullanishingiz mumkin. Hozir mazkur qurilmadan foydalanish oyiga 19 dollarni tashkil qilmoqda.
Supernatural was included in @TIME's Best Inventions of 2020 list!
— Supernatural (@getsupernatural) November 19, 2020
Special shout out to our incredible community of members who give us so much amazing fuel. It's our mission to bring you the time of your life working out, and this is just the beginning. #TIMEBestInventions pic.twitter.com/lwiIU7uDDW
Havodan olingan aroq
Qadimdan aroq ichimligini tayyorlashda makkajo‘xori yoki bug‘doy o‘simligidan foydalanib kelingan. Bruklindagi AIRCo kompaniyasi havodan aroq olishni antiqa usulini ixtiro qildi. Havodan olingan aroqning har bir shishasi, shuningdek, havo tarkibidagi zaharli gazlarni ham yo‘qotar ekan. Hozircha bunday hashamatning narxi 750 ml 65 dollardan sotilmoqda. Mazkur ixtiro hattoki NASA’ning e’tiboriga tushib, sovrinli ham bo‘ldi.
Ixtirolar orasida yana bir qator o‘ta antiqa moslama va qurilmalar ham borki, ular sirasiga kichik hajmli pivo qaynatish moslamasi, robot kostyumi, elektr velosiped kabi ixtirolar kiradi.
VODKA MADE OUT OF AIR HOW https://t.co/xWIkbjOdDQ
— Amani (@amanialexandor) November 19, 2020
Jahongir Ergashev tayyorladi.
Izoh (0)