Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni mamlakatda amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalidagi ko‘rsatuvda ma’lum qilindi.
Xususan, Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini rekonstruksiya qilish va kengaytirish rejalashtirilgan.
Davlat rahbari Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida bu ishlarni har tomonlama chuqur o‘ylab loyihalashtirish zarurligini ta’kidlagandi. Shu asosida loyiha qayta ko‘rib chiqilib, takomillashtirildi.
Unga ko‘ra, katta masjid, minora va keng ayvonlar qurish, xiyobon, uning atrofida mehmonxonalar hamda boshqa infratuzilma obyektlarini barpo etish ko‘zda tutilgan.
“Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasi loyihasi to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi. Bugungi taqdimot 4-taqdimot bo‘ldi. Loyihalarni boshlash bo‘yicha topshiriq oldik.
Loyihada atrofi ayvonlar bilar o‘ralgan juda hashamatli 10 ming o‘rinli masjid binosi ko‘rsatilgan. Masjid binosi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha binolar borasida ishlar boshlash bo‘yicha topshiriq berildi”, – deydi qurilish vaziri Botir Zokirov.
Izoh (0)