• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ziroat Mirziyoyeva: Bolalar har xil bo‘lgani bilan ularning huquqlari teng bo‘lishi lozim

    “Zamin” xalqaro jamoat fondi vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva bolalar ta’limiga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro veb-forumda nutq so‘zladi.

    Foto: “Zamin” fondi

    Foto: “Zamin” fondi

    “Bolalarning ta’lim olish huquqi: pandemiya davridagi dolzarblik, bardavomlik va innovatsiyalar” mavzusidagi forum “Zamin” fondi va BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida, 20-noyabr – Jahon bolalar kuni arafasida tashkil etildi.

    Ziroat Mirziyoyeva o‘z nutqida nogironligi bo‘lgan bolalar ta’limi achinarli ahvolda qolayotganini qayd etdi.

    “YuNESKO ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya tufayli hanuzgacha dunyodagi maktab o‘quvchilarining uchdan bir qismi an’anaviy ta’lim olish imkoniyatiga qayta olmayapti. Bu juda achinarli albatta. Ushbu muammo onlayn o‘quv kurslari orqali qisman hal qilinishiga erishilyapti. Lekin nogironligi bo‘lgan bolalar ta’limi masalasi hanuzgacha juda achinarli ahvolda qolmoqda.

    Bugun fursatdan foydalanib, ushbu bolalarga ham boshqa bolalar kabi teng imkoniyat va sharoit yaratish, ularning barcha huquqlarini ta’minlash o‘ta muhim masala ekanini ta’kidlamoqchiman. Va nafaqat davlat idorasi mutassadilari, balki butun jamoatchilikni mazkur masalaga jiddiy mas’uliyat bilan qarashga chaqirib qolaman.

    Chunki har bir bolaning o‘zligi bor. Bolalar har xil bo‘lganligi bilan ularning huquqlari teng bo‘lishi lozim. Shu sababli ta’lim jarayonlarida har bir bola uchun individual yondashuvni topish, hech bir o‘g‘il va qizni e’tibordan chetda qoldirmaslik zarur”, — dedi u.

    Fond raisi nogironlik tibbiy masala emas, birinchi navbatda inson huquqlari masalasi ekanini ta’kidladi.

    “O‘tgan davrda bu sohada mustahkam huquqiy poydevor yaratildi, o‘nlab qonunlar qabul qilindi. Respublikamiz BMTning ‘Bola huquqlari to‘g‘risida’gi konvensiyasiga qo‘shildi va uning ratifikatsiya qilinishi ilk xalqaro hujjatlardan biri bo‘ldi.

    Shu yilning 23-sentabr kuni qabul qilingan yangi tahrirdagi ‘Ta’lim to‘g‘risida’gi qonunga ilk bora ‘inklyuziv ta’lim’ tushunchasi kiritildi. Shuningdek, “Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risida”gi qonunda ilk bor “nogironlik belgisiga ko‘ra kamsitilishga yo‘l qo‘ymaslik” tamoyili kiritildi.

    Nogironlik endilikda tibbiy masala emas, balki birinchi navbatda inson huquqlari masalasi deya qonuniy e’tirof etildi.

    Shuni ta’kidlash joizki, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun to‘siqlardan xoli va inklyuziv muhitni yaratish orqali ularning to‘liq va sifatli ta’lim olishini ta’minlash – bola huquqlarini amalga oshirishning samarali yo‘llaridan biridir”, — dedi Ziroat Mirziyoyeva.

    “Zamin” fondi rahbari nogironligi bo‘lgan bolalarning barcha bilan teng bo‘lishi va o‘z o‘rinlarini topishi uchun shart-sharoitlar yaratib berish fondning asosiy maqsad va vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, fond eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun ta’limni rivojlantirish dasturini ishlab chiqqan va uning asosida Zamin Education, “Inklyuziv ta’limni qo‘llash” loyihalari amalga oshirilmoqda.

    Ziroat Mirziyoyeva o‘z so‘zida Jahon bolalar kuni arafasida bu kabi xalqaro forumni har yili o‘tkazishni taklif qildi.

    “Jahon bolalar kuni munosabati bilan, dunyodagi barcha bolalar va ularning huquqlariga hurmat izhor etish maqsadida bugun soat 18:00 dan boshlab O‘zbekistondagi tarixiy va zamonaviy binolar moviy rangda yoritiladi. Bu — bolalarimizga o‘z mehrimizni yana bir bor izhor qilishimizning ifodasidir”, — dedi Ziroat Mirziyoyeva.

    Eslatib o‘tamiz, Butunjahon bolalar kuni munosabati bilan O‘zbekistonda 19—20-noyabr kunlari soat 18:00 dan boshlab 6:00 gacha “Xalqlar do‘stligi” va “Turkiston” saroylari, “Poytaxt” biznes markazi, simpoziumlar saroyi, Navoiy davlat akademik teatri, O‘zbekiston tarixi muzeyi, Milliy stadion, Hamid Olimjon maydonidagi 16 qavatli uylar, aeroport, shuningdek, boshqa madaniy diqqatga sazovor joylar, mehmonxonalar, sport tashkilotlari ko‘k rangda tovlanadi.

    Mavzuga doir: 

    • Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi fondning faoliyati 5 ming ayolga moddiy yordam berishdan boshlandi
    • Ziroat va Saida Mirziyoyevalar Sardobadagi toshqindan aziyat chekkan aholi bilan uchrashdi
    • Ziroat Mirziyoyeva: “Kayfiyatlaringizni ko‘tarish uchun, ozgina bo‘lsa ham o‘z hissamizni qo‘shish uchun keldik”

    19.11.2020, 17:36   Izoh (0)   40194
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi UzAuto Motors ishi bo‘yicha sud qarori ustidan apellyatsiya berdi

    19.11.2020, 16:58

    Butunjahon bolalar kuni munosabati bilan O‘zbekistondagi diqqatga sazovor joylar ko‘k rangda porlaydi

    19.11.2020, 16:35

    Toshkent metropoliteni yo‘lovchi tashish hajmi sezilarli oshgani sabab fuqarolardan niqob va qo‘lqoplarni yechmaslikni so‘radi

    19.11.2020, 16:11

    Samarqandda ichida 20 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus asfaltning sirpanchiqligi oqibatida ag‘darilib ketdi

    19.11.2020, 15:35

    Qor yog‘gan kunda Toshkent jamoat transporti talab darajasida ishlamadi. Mas’ullar avtobuslarni imkon qadar ko‘paytirishga va’da berdi

    19.11.2020, 15:10

    Anvar Asamov investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi

    19.11.2020, 14:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.