• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Texnologiyalar

    Rossiyadagi bankni buzgan surxondaryolik dasturchi O‘zbekistonda muammoga aylangan sochi, internet tezligi tufayli vatanga qayta olmagani haqida (video)

    “Daryo” internet-nashri 2018-yilda “Muhojirlar hayoti” loyihasi doirasida Moskvadagi yirik kompaniyada ishlab kelayotgan o‘zbekistonlik diplomsiz dasturchi Akmal Kadirov bilan suhbatlashgandi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ayni kunlarda Toshkentda faoliyat yuritayotgan Akmal Kadirov “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga katta intervyu berdi.

    U suhbat davomida Rossiyadagi bankni qanday qilib buzgani, soch va soqoli o‘sgani uchun O‘zbekistonda pasport olishda ko‘plab muammolarga duch kelgani, Rossiyada va O‘zbekistondagi internet tezligi bilan bog‘liq vaziyatlar haqida gapirib berdi.

    Rossiyadagi bankni o‘zimni sinab ko‘rish uchun buzganman

    Bu voqea endi maktabni bitirgan vaqtlarimda bo‘lgan. Taxminan 2006-yillar edi. Dasturchilar endi ishni boshlagan vaqtlarda negadir buzg‘unchilikni yaxshi ko‘rishadi. O‘quvchilarimning ham birinchi beradigan savoli “Akmal aka, menga buzishni o‘rgating”, bo‘lardi. Misol uchun, ora-yarim qaysidir tashkilotning saytini xakerlar buzishibdi degan ma’lumotlar chiqadi-ku.

    O‘sha vaqtlarda xavfsizlik degan narsa deyarli yo‘q edi. Do‘stim juda mashhur qo‘shiqchining saytini tayyorlab bergan edi, boshqa bir dasturchi o‘sha saytni buzib, ayol xonandaning rasmi o‘rniga maymunning rasmini joylab qo‘yganini ham ko‘rganmiz. Shunaqa davr edi. Dasturchilar juda ko‘p qitmirlik qilishar edi.

    Do‘stlarimiz bilan Gollivud filmlarini eslab o‘tirganimizda ular “sen ham xakersan-ku, zo‘rsan-ku, birorta bankni buzib ko‘rsat” deb qolishdi. Qarasam, Rossiyaning Omsk shahrida joylashgan bir bankning qo‘riqlash tizimi biroz kuchsizroq ekan. Birdan o‘sha bank tizimiga kirib ketdim. Ochig‘i pul o‘g‘irlash niyatim bo‘lmagan, shunchaki “shu ishni qila olamanmi, yo‘qmi”, deya o‘zimni sinab ko‘rmoqchi bo‘lganman, xolos.

    Pul olganim bilinmasin deb 300 dollar olganman. O‘rtoqlarim ketganidan keyin menda katta qo‘rquv boshlangan. “Bugun kelib olib ketishadi, ertaga kelishadi”, deya uch kun qo‘rqib yurganman. WebMoney degan dasturga pulni o‘tkazib olgan edim. Bu dasturni Omsk, Moskva va Toshkentdan kuzatishayotganini ko‘rganman. Buni ko‘rib “xalqaro ish qildim, jinoyat qildim”, deb juda qo‘rqib qolganman.

    Birozdan so‘ng o‘sha bankning boshqaruvchisi yozib qoldi. “Bankdan pul yechib olibsan, yoshing nechada”, dedi. Uning rahmini keltirish uchun “12 yoshdaman”, dedim. “Shu ishga aqling yetib, 12 yoshda bankni buzgan bo‘lsang, men unda to‘qqiz yoshdaman”, deb yozdi.

    U meni jazolamasligi uchun bankni qanday buzganim, bank xavfsizlik tizimida qanday kamchiliklar borligi haqida hamma narsani unga tushuntirdim. Shundan so‘ng u olgan 300 dollarimni qaytarishim evaziga menga jinoiy ish ochmasligini aytdi. Olgan pulimni joyiga qaytarib qo‘yganman.

    Shundan keyin halol yashashga hech nima yetmasligini tushunganman.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekistonda soch va soqolim o‘sgani sabab pasport ololmaganman…

    Boshqalarga o‘xshamaganingizdan keyin muammolar ham bo‘lib turar ekan. Sochim hech kimga xalaqit bermasa kerak, ammo aynan shuni bahona qilib menga pasport berishmagan. Bu voqea Rossiyaga ketishimdan oldin bo‘lgan.

    “Soch-soqolingni olib kelmasang, pasport bermaymiz”, deyishgan. Tasavvur qiling, men doim soch va soqolimni o‘stirib yuraman, soch va soqolimni olib rasmga tushsam, keyin Rossiyada muammolarga duch kelardim. Pasport kerak emas, deb Rossiyaga ketdim. Bir yildan so‘ng esa yana qaytishga majbur bo‘ldim. O‘sha vaqtlarda chegaralar juda muammoli edi. Yangi pasportni tanish-bilish qilmasdan olish ham juda qiyin edi. Nima sababdan pasport olish uchun tashqi ko‘rinishimni o‘zgartirib kelishim kerak-da, keyin ko‘chada pasportim bilan solishtirgan vaqtida hech kim meni tanimasligi kerak? Xullas sochimni olib, tanish-bilish qilib, bir amallab bir oy deganda pasportimni olganman. Rossiyaga qaytib borganimdan keyin rosa muammo qilishgan. Bojxonada ham aynan shu tufayli juda ko‘plab muammolarga duch kelaman.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Internet tezligi Rossiyaga qo‘l siltamasligimning yagona sababi edi

    Muhojirlikda siqilgan, qiynalgan vaqtlaringiz bo‘ladi-ku, “ey bo‘ldi, qaytdim vatanimga”, degan vaqtlarimda meni Rossiyada faqatgina internet tezligi ushlab qolgan.

    2013-yilda O‘zbekistonda qaysidir kompaniyadan 600 dollarga 512 kilobit, 1 megabit ham emas, internet sotib olardik. Endi tasavvur qiling, o‘sha vaqtda Rossiyada ishxonamizda 1 gigabitga yaqin tezlikdagi internetda ishlardik. Birinchi marta borganimda u tezlikni ko‘rib, jinni bo‘lib qolishimga oz qolgan.

    O‘zbekistonga kelib, internet ulatish uchun kompaniyalarga borganman. Qo‘limda pul, kompaniyadagilar bemalol kompyuterining changini artib o‘tiribdi. “Bugun ishlay olmaymiz, hisobchimiz qayergadir ketgan”, deydi. Ertasi kun borganingizda “Hisobchimiz majlisda”, deydi. Undan keyingi kun esa “Kompyuterimni ustaga olib borishim kerak, ishlamayapti”, deb bahona qilishadi. Yonida esa bir qancha boshqa kompyuterlar turgan bo‘ladi. Bu Surxondaryoda bo‘layotgan voqea, xullas, ikki haftalar o‘tgandan keyin so‘kinib, tanishlarni ishga solib, pulini ham to‘laganimizdan keyin internet o‘tkazib berishdi. SSSRdan qolgan odat bor, ya’ni tepadan bosim qilmaguningizcha hech kim ishini qilmaydi. Bo‘lmasa, pul beryapsiz, siz ularga mijoz bo‘lyapsiz, ammo buning ularga umuman qizig‘i yo‘q.

    Faqat Surxondaryoda shunaqami deb o‘yladim, ammo Toshkentda ham xuddi shu ahvol ekan. Ikki haftalarda asabbuzarliklar va yugur-yugurlardan so‘ng internet ulab berishdi. Yaqinda TPS’ning internet ulab berishini roppa-rosa bir oy-u ikki kun kutdim.

    Xuddi shu holat bo‘yicha Rossiyada vaziyat quyidagicha: Rossiyadan 50 ming dollarga uy sotib oldim. Uy olishim ham qiziq bo‘lgan. O‘sha vaqtda Toshkentdan propiskangiz bo‘lmasa, uy ololmas edingiz. Rossiyada esa bir tiyin to‘lamasdan, hattoki fuqaroligim bo‘lmay turib, ipoteka krediti asosida uy sotib olganman.

    O‘sha hali oxirigacha ta’mirlanmagan uyimda kichikroq kompaniyaga telefon qilsam, “Hozir yarim soatda internet qo‘yib beramiz”, deyishdi. “Axir uyimda hech nima yo‘q, kabel yo‘q, Wi-Fi router yo‘q” desam, “Shart emas, routerni o‘zimiz sovg‘a qilamiz” deyishdi. Bugun yakshanba, biroz kech bo‘lib qoldi deyishimga qaramasdan uyimga kelib, yarim soat ichida internet ulab ketishdi. Xullas, ishimni a’lo darajada hal qilib berishdi va pulimni olishdi.

    18.11.2020, 18:25   Izoh (0)   60355
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Huawei o‘zining Honor brendi sotilganini rasman e’lon qildi

    18.11.2020, 09:06

    “Bozorni egallashi mumkin”. Ekspert “VKontakte”ning O‘zbekistondagi istiqbollari haqida

    18.11.2020, 07:45

    Janubiy Koreyada 2024-yilga borib yangi super tezlikka ega transport vositasi paydo bo‘ladi

    17.11.2020, 13:47

    Samsung “aqlli” monitorlarni taqdim etdi. Ularga kompyuter ulash shart emas

    17.11.2020, 09:40

    Instagram’da “o‘z-o‘zidan yo‘qolib qoladigan” xabarlar funksiyasi paydo bo‘ladi

    16.11.2020, 19:46

    Starlink’ning ilk foydalanuvchilari uni sovuq havo harorati va qorli sharoitda sinovdan o‘tkazdi. SpaceX’ning sun’iy yo‘ldosh interneti bo‘ron vaqtida ham yo‘qolma...

    16.11.2020, 09:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.