Nemis olimlari tanadagi koronavirus infeksiyasining 97 foizini o‘ldiradigan tabiiy mahsulotni kashf etdi. Ulm universiteti tibbiyot markazi qoshidagi Molekulyar virusologiya instituti mutaxassislari tomonidan koronavirusni o‘ldiradigan tabiiy mahsulotlar aniqlandi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Tadqiqot davomida olimlar qora chetan sharbati SARS-CoV-2 virusining 97 foizini yo‘qotishi mumkinligini aniqladi. Bu orqali gripp virusi yanada faol bartaraf etiladi. Shuningdek, ko‘k choy va anor sharbati ham samarador deb topildi.
“Qora chetan, anor sharbati va ko‘k choy virusga qarshi ta’sirga ega. Ushbu vositalarda og‘izni chayish orqali virus xavfini kamaytirish mumkin. Bundan tashqari virus yuqishining oldini oladi”, − deydi olimlar.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu va boshqa tabiiy sharbatlar, shuningdek, ko‘k choy ham virus kuchini susaytiradi. “Masalan, marjon daraxti siropi ham grippga chalingan odamlarda kasallik alomatlarini yengillashtiradi”, − deydi mutaxassislar.
Izoh (0)