O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi va sobiq deputat Kabul Dusov o‘rtasidagi sud jarayoni nihoyasiga yetdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar berdi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudi 16-noyabr kuni Xalq ta’limi vazirligining da’vo arizasini qanoatlantirish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqardi.
Qarorga ko‘ra, endi Kabul Dusov ijtimoiy tarmoqlarda XTVga nisbatan aytgan gaplari uchun raddiya berishi va uzr so‘rashi lozim.
Kabul Dusov va uning advokatlari qabul qilingan qarordan norozi ekanligi va apellyatsiya shikoyati kiritishlarini ma’lum qildi.
Kabul Dusov ijtimoiy tarmoqda videochiqish qilib, Xalq ta’limi vazirligi tizimini tanqid qilgan, o‘z so‘zlarida tizim mutasaddilariga nisbatan 10-15 marta “xoin” so‘zini ishlatgan. XTV o‘z navbatida buni tashkilotning ishchanlik obro‘siga putur yetkazish, deb baholab, raddiya berish va uzr so‘rash talabi bilan sudga da’vo arizasi kiritgan.
Avvalroq xalq ta’limi vaziri mazkur holat bo‘yicha o‘z fikrini bildirib, “Uni inson sifatida men ham sudga berishim mumkin edi”, — degandi.
Izoh (0)