O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 16-noyabrdagi PF-6111-son farmoni bilan Maqsudov Alisher Erkinovich O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Alisher Maqsudov 1974-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1996-yil Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda 2003-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini bitirgan.
Alisher Maqsudov 2017-yildan shu kunga qadar “O‘zpaxtasanoat” AJ boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Avvalroq “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisiga birinchi o‘rinbosar, Namangandagi yangi tashkil etilgan Davlatobod tumani rahbariyati hamda Qudratilla Rafiqov O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga rais etib tayinlangani haqida xabar qilingandi.
Izoh (0)