• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Zafar Ro‘ziyevga Qashqadaryoni boshqarishga imkon berganini o‘z xatosi sifatida tan oldi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatining sobiq hokimi Zafar Ro‘ziyevni “aqlsiz, bilimsiz va iqtisodiyotni bilmaydigan rahbar” deb atagan. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar berdi.

    Foto: Prezidenti matbuot xizmati

    Shavkat Mirziyoyev 12—13-noyabr kunlari Qashqadaryoda bo‘lib, iqtisodiyotni tiklash va rivojlantirish, odamlar hayotini yaxshilash bo‘yicha viloyatda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. 13-noyabr kuni esa Qarshi shahrida yig‘ilish o‘tkazdi.

    Prezident yig‘ilishda Qashqadaryoning sobiq hokimi Zafar Ro‘ziyevni keskin tanqid qilgan (avvalroq davlat rahbari viloyat ko‘rsatkichlari pastligiga aynan Zafar Ro‘ziyev aybdorligini ta’kidlab, “u sharmanda qilgan ekan”, degani haqida xabar berilgan edi).
    “Na bilimi, na saviyasi bor, iqtisodiyot, investitsiyani tushunmaydigan rahbar 4—5 yil boshqargani uchun Qashqadaryo hamma viloyatdan orqada qolib ketdi. Bu, albatta, mening ham xatoyim”, — deb tan olgan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev.

    Zafar Ro‘ziyev.

    Zafar Ro‘ziyev.
    Foto: Madina Nurman / “Daryo”

    Prezident tashrifdan maqsad viloyat mas’ullari bilan hudud rivojiga turtki berish ekanligini aytib: “Qashqadaryoga o‘zining rivojlanish yo‘lini topib bermasak, kech bo‘ladi”, — deb aytgan. Ta’kidlanishicha, oxirgi 10 yilda viloyatning YaIMdagi ulushi 9,4 foizdan 7,1 foizga, sanoatdagi ulushi esa 11 foizdan 6 foizga tushib ketgan.

    Zafar Ro‘ziyev 2013-yil sentabridan 2019-oktabriga qadar Qashqadaryo viloyatiga hokimlik qilgan. U 2019-yilning 26-oktabr kuni viloyatning butun rahbariyati bilan birga iste’foga chiqqan (o‘shanda hokimning ishdan olinishi sabablari ochiq ma’lum qilinmagan), shu kunning o‘zida Jizzax viloyatining Zarbdor tumaniga hokim etib tayinlangan.

    2020-yil noyabrida Zarbdor tumaniga hokimlik qilayotgan Zafar Ro‘ziyev Captiva xizmat avtomobili bo‘la turib, uchinchi chorakda daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismidan salkam 370 million so‘mga Trailblazer avtomobilini sotib olgani ma’lum bo‘lgan edi.

    Mavzuga doir:

    • “Hammani ishdan olasan, ishlayman degan odamni qo‘yasan”. Prezident Qashqadaryodagi suvga mas’ul rahbarlarni ishdan olishni buyurdi
    • Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryoga tashrifi davomida viloyat hokimi o‘rinbosari ishdan olindi. Kasbi hokimi va sektor rahbarlari faoliyati qoniqarsiz baholandi
    • “Farg‘ona 450 mln dollar, Qashqadaryo esa 90 mln”. Shavkat Mirziyoyev ikki viloyatning meva-sabzavot eksportidagi daromadini taqqosladi

    15.11.2020, 13:55   Izoh (0)   108946
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jurnalist va adabiyotshunos Saydi Umirov 82 yoshida vafot etdi

    15.11.2020, 13:36

    Namanganda qiz bolaga shilqimlik qilgan yigitlardan birini yog‘och bita bilan urgan erkakka jinoyat ishi ochildi

    15.11.2020, 12:16

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni rasman 70 mingdan oshdi. Kasallanganlar soni aslida bundan kamida ikki-uch barobar ko‘p bo‘lishi mumkin

    15.11.2020, 11:46

    O‘zbekistonda ishsizlik darajasi pasaygani ma’lum qilindi

    15.11.2020, 11:15

    “Hammani ishdan olasan, ishlayman degan odamni qo‘yasan”. Prezident Qashqadaryodagi suvga mas’ul rahbarlarni ishdan olishni buyurdi

    15.11.2020, 10:14

    Andijonda daryo oqizib ketgan ikki shaxs qutqarib olindi

    15.11.2020, 09:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda uch yoshli bola kombayn ichiga tushib ketdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:20

    Yuridik universitet qoshidagi akademik litseylarning bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:10

    Siydik rangi organizmda kechayotgan o‘zgarish va kasalliklardan xabar beradi

    Salomatlik | 19 iyun, 00:00

    Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:50

    Andijon va Xorazmdagi noqonuniy hujralarda tahsil olayotgan bolalarga jarohat yetkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:30

    “Texnologiya olib kelib, jahon bozoriga sarxil va quritilgan mevalarni eksport qilish salohiyatimiz bor” — prezident

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:28

    Tramp AQSHni Yaqin Sharqdagi yangi mojaroga tortishni istamasligini ta’kidladi

    Dunyo | 18 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Manchester Siti” “Vidad”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 iyun, 23:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.