• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni rasman 70 mingdan oshdi. Kasallanganlar soni aslida bundan kamida ikki-uch barobar ko‘p bo‘lishi mumkin

    O‘zbekistonda COVID-19 kasalligiga chalinganlar soni rasman 70 ming kishidan oshdi. Sog‘liqni saqlash vazirligidan xabar berishlaricha, 14-noyabr holatiga ko‘ra, mamlakatda jami 70 038 holatda koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq dastlabki rasmiy tasdiqlangan holat 15-mart kuni, shu sanadan bir necha kun avval Fransiyadan qaytgan shifokor ayolda qayd etilgan edi (ayni vaqtda hukumat vakillari kasallik bundan ancha avval kirib kelgan bo‘lishi mumkinligini inkor etmaydi).

    Rasman tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 28-mart kuni 100 dan, 7-aprel kuni 500 dan, 14-aprel kuni 1000 dan, 29-aprel kuni 2 mingdan, 14-iyun kuni 5 mingdan, 5-iyul kuni 10 mingdan, 27-iyul kuni 20 mingdan, 10-avgust kuni 30 mingdan, 26-avgust kuni 40 mingdan, 19-sentabr kuni 50 mingdan, 8-oktabr kuni 60 mingdan oshgan edi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni rasman 60 mingdan oshdi. Kasallanganlar soni aslida bundan ikki-uch barobar ko‘p bo‘lishi mumkin

    Sog‘liqni saqlash vazirligi qo‘shimcha qilishicha, 14-oktabr holatiga ko‘ra shu vaqtgacha tasdiqlangan bemorlarning 67 315 nafari (96 foizi) sog‘aygan, kasallik asoratlari oqibatida vafot etganlar soni 597 nafarga yetgan (“Daryo” nashri 22-sentabrga qadar yuritgan alohida statistika bo‘yicha, qurbonlar soni kamida 19 nafarga ko‘p).

    Kasallanganlar soni 70 mingdan bir necha barobar ko‘p bo‘lishi mumkin

    O‘zbekiston hukumati koronavirus statistikasiga doir raqamlarni yashirish yoki ularni buzib ko‘rsatishdan manfaatdor emasligini muntazam ta’kidlab kelsa (shunday bayonotlarning so‘nggisi 7-oktabr kuni berildi), aslida kasallanganlar soni rasmiy statistikadagidan ikki-uch barobarga ko‘p bo‘lishi mumkinligini aynan shu hukumat tuzilmalariga aloqador mas’ullar ham, shu hukumat qoshida tuzilgan Respublika maxsus komissiyasi ham tan olgan, ta’kidlagan.

    Iyul oyida karantin tartibi qayta kuchaytirilishi arafasida, 8-iyul kuni tashkil etilgan matbuot anjumanida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha shtab a’zosi Habibulla Oqilov COVID-19’ni yuqtirib olganlar soni rasmiy statistikadagidan ikki-uch barobarga ko‘p bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tgan edi.

    “Kasallanganlar soni kuniga 350 taga ko‘payyapti degani — bu biz bilgan statistika. Buni orasida hali qancha tahlilga yetib bormagan, lekin aslida kasallangan, simptomsiz yurgan bemorlar soni ikki-uch barobar ko‘proq ham bo‘lishi mumkin…PZR tahlilining javobi chiqishiga ikki-uch kun, hatto bir haftagacha vaqt ketib qolyapti, bu vaqtning ichida esa PZRi bormi, yo‘qmi, deb gumonda turgan bemor xalqning ichida yuribdi, kun sayin beshtaga yuqtiryapti, u besh kishi boshqa 25 kishiga yuqtirib, kasallarning soni shu tariqa ko‘payib ketyapti”, — degandi Oqilov.

    9-iyul kuni esa Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekistonda kuchaytirilgan karantin tartibi qayta tiklanishi sabablarini izohlarkan, “rasmiy statistika faqat aniqlangan kasallanish holatlarini qayd etayotgani, haqiqiy holat, boshqa mamlakatlardagi kabi, bir necha barobar farqli bo‘lishi mumkin”ligini tan olgan edi. “Sababi hamma bemorlar ham tibbiy yordamga murojaat qilmayapti, simptomsiz bemorlarni esa hisobga olishning imkoni yo‘q”, — deyilgandi komissiya murojaatida.

    Toshkent tibbiyot akademiyasi prorektori, SSV huzuridagi koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Shuhrat Boymurodov 20-sentabr kuni “O‘zbekiston 24” telekanalining “Studiya 24” dasturidagi chiqishida rasmiy statistikaga faqat rasman murojaat qilib yoki davolash muassasalarida test topshirgan va testining natijasi musbat chiqqan fuqarolargina kiritilganini aytib o‘tgandi.

    “Test deyapmiz, bu rasmiy murojaat qilgan yoki davolash muassasalarida test olingan bemorlar soni, lekin test topshirmay, virusni yuqtirib olib, kasallikni o‘zida to‘liq o‘tkazgan fuqarolarimiz ham kam emas... Fuqarolar o‘rtasida savollar shunchalik ko‘p bo‘ldiki, to‘rt-besh marta test topshirgan, ammo har safar test natijasi manfiy chiqqan, shunga qaramay unda kasallikning klinik belgisi bor. Ma’lum bir vaqt, bir yarim oy o‘tgach u organizmidagi antitanani aniqlash uchun qonidan test topshirsa, natija musbat chiqqan. Ya’ni bu fuqaro kasallikni o‘zida to‘liq o‘tkazgan, degan xulosa berish mumkin. Shu bois bugungi kunda kasallikni boshidan o‘tkazgan fuqarolarimiz ham ko‘p”, — degandi ToshTA prorektori Shuhrat Boymurodov.

    28-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha rahbarlarni ogohlantirgandi. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlangandi. Shuningdek “Yuksalish” umummilliy harakati koronavirus bo‘yicha haqiqiy statistikani yashirmaslikka chaqirgan.

    Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari bo‘yicha, 15-noyabr 11:40 holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 34 484 203 nafarni tashkil etmoqda. Agar rasmiy statistika bo‘yicha O‘zbekistonda 70 038 kishida koronavirus aniqlanganini hisobga olsak, mamlakat aholisining 0,20 foiziga teng (hatto bir foiz ham emas) qismidagina COVID-19 rasman tasdiqlangan.

    Mavzuga doir: “Yuksalish” umummilliy harakati koronavirus bo‘yicha haqiqiy statistikani yashirmaslikka chaqirdi

    15.11.2020, 11:46   Izoh (0)   64989
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda ishsizlik darajasi pasaygani ma’lum qilindi

    15.11.2020, 11:15

    “Hammani ishdan olasan, ishlayman degan odamni qo‘yasan”. Prezident Qashqadaryodagi suvga mas’ul rahbarlarni ishdan olishni buyurdi

    15.11.2020, 10:14

    Andijonda daryo oqizib ketgan ikki shaxs qutqarib olindi

    15.11.2020, 09:34

    O‘zbekistonda rahbarlik lavozimlariga tayinlanadigan kadrlar uchun davlat tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikat joriy etiladi

    15.11.2020, 08:33

    Farg‘onada noqonuniy xo‘roz o‘yinini tashkil qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    15.11.2020, 08:12

    Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi

    15.11.2020, 07:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.