Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Federal prokuratura AQSh prezidentlik saylovlarida mavjud qoidabuzarliklarga oid hech qanday dalil topmaganligini aytdi va Bosh prokuror Uilyam Barrning hisobotlarni tekshirish bo‘yicha buyrug‘i bekor qilinishini talab qildi. Bu haqda The New York Times nashri prokurorlarning xatiga asoslanib ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RBK”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Federal prokuratura saylov natijalari rasmiy e’lon qilinishidan oldin prezidentlik saylovlaridagi “mavjud qoidabuzarliklar” holatlarini tekshirishga imkon beradi. Barr, agar qoida buzilishlar aniqlangan taqdirda va bu ma’lum bir shtatdagi ovoz berish natijalariga ta’sir qilishi mumkin bo‘lsa, tergov o‘tkazishga ruxsat berdi, aks holda u tergovni ovozlarni sanash tugaguniga qadar qoldirishga chaqirdi.

Barr tomonidan e’lon qilingan hujjatga javoban, 16 federal prokuror ovoz berish va ovozlarni sanashdagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida dalillarni topa olmaganini va Barrdan bu ishga tegishli buyruqni bekor qilishini so‘rashdi.

“Bu (buyruq) ushbu sohada va bo‘limda partiyasiz mutaxassislar bilan maslahatlashmasdan ishlab chiqilgan va e’lon qilingan”, – dedi federal prokurorlar.

Shu bilan birga, Adliya vazirligining ayrim xodimlari Barrning buyrug‘i puxta tuzilganligini va unda asossiz tergov muassasasiga qarshi bir qator ogohlantirishlar mavjudligini ta’kidladi. Xususan, hujjatda har qanday “spekulyativ yoki uydirma” ayblovlar tekshirish uchun asos bo‘la olmasligi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, AQShda prezidentlik saylovi 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. G‘olib hali rasmiy e’lon qilinmagan, ovozlarni hisoblash davom etmoqda. Biroq 7-noyabr kuni Amerikaning asosiy ommaviy axborot vositalari Demokratik partiyadan nomzod Jo Bayden saylovda g‘olib chiqqanligi haqida xabar berdi.

Baydenning o‘zi ham g‘alabasini e’lon qildi. AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp bunga javoban “saylovlar hali tugamagani”ni ma’lum qildi. U mag‘lubiyatni tan olishdan bosh tortdi va ovozlarni sanash jarayonida qator shtatlarda qonunbuzarliklar haqida bir necha bor gapirdi. Jo Bayden amaldagi prezident Donald Tramp saylovdagi mag‘lubiyatini tan olishdan bosh tortishini sharmandalik deb atadi.

Trampning shtab-kvartirasi Demokratlar byulletenlarni qayta ishlash tartibini respublika kuzatuvchilaridan yashirayotganini ta’kidlab, bir nechta muhim shtatlarda qayta hisoblashni talab qildi. Ulardan biri – Jorjiyada ovozlar qo‘lda hisoblanadigan bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda