Prezidentga xat yozayotgan qashqadaryoliklarning aksariyati Shavkat Mirziyoyevdan ko‘priklar qurib berishni so‘ragan. Bu haqda davlat rahbari 13-noyabr kuni Qarshida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” manbasi.
Ma’lum bo‘lishicha, viloyatdagi 21 600 kilometr avtomobil yo‘lining 8 700 kilometri bugungi kunda yaroqsiz holga kelgan. Hududdagi 1,5 mingta ko‘prikning 86 tasi esa umuman foydalanib bo‘lmaydigan holatda.
“Qishloqda yashayotgan odamlar rozimi? Menga kelgan xatlarning ko‘pida ‘ko‘prik qurib bering, prezident buva’ deb yozishgan”, — deb ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev mas’ullarga murojaat qilarkan.Qayd etish joiz, ko‘priklar — Qashqadaryo tumanlaridagi dolzarb muammolardan. Deyarli har yili viloyatning chekka va uzoq qishloqlari aholisi ishdan chiqqan, nobop va qo‘lbola ko‘priklardan aziyat chekayotgani haqida maqolalar beriladi.
Qashqadaryo ko‘priklari haqida:
- Qashqadaryoda homiladorlarni tug‘ruqxonaga yetkazish uchun daryodan zambilda olib o‘tiladigan, jin ko‘prikdan yiqilganlar esa nogiron bo‘lib qolayotgan qishloq bor
- Qamashi hokimligi avariya holatidagi ko‘prikni ta’mirlashdan ko‘ra qayta qurish kerakligini aytdi
- Foto: Dehqonobod hokimi — bolalar suv kechib o‘tadigan daryo ustida. U ko‘prik qurib berishga va’da berdi
- “Tug‘ruq payti yaqinlashgan ayolni ot yoki eshakda daryodan olib o‘tamiz”. Yakkabog‘dagi “Daryo” mahallasi ahli yo‘l muammosidan nolimoqda
- Fotoreportaj: Internetda shov-shuv bo‘lgan Dehqonoboddagi jin ko‘priklar
Izoh (0)