• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Tanaffusdagi targ‘ibot, Qashqadaryodagi xatoliklar, kimga Trailblazer, kimga Tahoe, jinsiy ta’lim kerakmi?

    Ushbu haftada Green Card ro‘yxatidan o‘tish muhlati tugashi bilanoq yurtimizda vatanparvarlikni kuchaytirishga oid hujjat tarqaldi. O‘quvchilar darsdan oldin madhiya kuylaydi, tanaffusda vatan mavzusidagi she’r va qo‘shiqlar eshitadi.

    2-noyabr sanasi bilan imzolangan xat tizimning 14 ta hududdagi mas’ul rahbarlariga yo‘llangan. Bunday topshiriq berilishiga Prezident Administratsiyasining 23-oktabrdagi yig‘ilishi bayoni asos bo‘lgan. XTV o‘rinbosarining aytishicha, umumta’lim muassasalarida madhiyani kuylash, qo‘shiq va she’rlarni eshittirish o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Tanaffus vaqtida vatan haqidagi qo‘shiq va she’rlar ta’lim muassasalarining imkoniyatidan kelib chiqib, radio tarmog‘i yoki ovoz kuchaytirgich orqali eshittiriladi.

    “‘Yangicha O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash’ targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida o‘zbek adabiyotining namoyandalari – Cho‘lpon, Fitrat, Oybek, Hamid Olimjon, Mirtemir, Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va boshqa yozuvchi, shoirlarning ijod namunalarini eshittirish tavsiya etilishi qayd etilgan. Ro‘yxatda 50 nafar ijodkorning she’rlari o‘rin olgan. Eshittiriladigan qo‘shiqlar ro‘yxatida esa 41 nafar xonandaning shuncha miqdordagi ijod namunasi keltirilgan”, – deydi vazir o‘rinbosari.

    * * *

    Ammo, lekin, biroq vatanparvarlik targ‘iboti qanchalik kuchaytirilmasin, vatanni yurakdan sevishga o‘rgatish murakkablashmoqda. Xususan, rasmiy TV iborasi bilan aytganda, “vazifasiga panja orasidan qarovchi” mulozimlar vatanni cho‘ntakdan sevishga ruju qo‘ymoqda. Ayniqsa, davlat cho‘ntagi juda ham keng bo‘lib, unga istagancha qo‘l tiqib, Malibu, Equinox, Trailblazer, Tahoe kabi mashinalar sotib olsa bo‘ladi. Gap so‘nggi kunlarda muhokama mavzusiga aylangan davlat xaridlari haqida ketmoqda.

    O‘zi kechagina tashkil qilingan Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi 795 million so‘mga bitta Tahoe, 635,5 million so‘mga ikkita Malibu hamda 115,6 million so‘mga Lacetti xarid qilgan. Buning uchun jami 1,5 milliard so‘m ketgan. Avvalroq Madaniyat vazirligi eng qimmat konfiguratsiyali ikkita Malibu 2 olgandi. Avvalgi mashinalari eskirib qolgan ekan. Keling, endi Zarbdor tumani hokimligiga zarbani yo‘naltiramiz: ular Captiva xizmat mashinasi bo‘la turib, 370 million so‘mga Trailblazer sotib olgan.

    Ammo jamoatchilik fikri to‘xtab qolgani yo‘q. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi jamoatchilik ta’siri ostida Trailblazer sotib olish fikridan qaytdi.

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov qimmat narxlardagi xizmat avtotransportlarini xarid qilinayotganiga munosabat bildirdi. Uning aytishicha, tuman hokimlariga narxi 267,5 million so‘mdan yuqori xizmat avtomobili sotib olish taqiqlanishi mumkin.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Transportga oid yana bir xabar. Mobil telefonga olingan yo‘llardagi qoidabuzarliklar endilikda videoregistratorlar bilan tenglashtiriladi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

    * * *

    Mamlakat prezidenti bu hafta Qashqadaryoda bordi. Prezidentni qarshiliklar manzarali chimlarni yashil rangga bo‘yab kutib oldi. Shavkat Mirziyoyev kombinat, klinika, qurilish mavzelarida bo‘ldi. Biroq Qashqadaryodagi nutqlarida tanqidiy mazmun ko‘proq uchradi. Prezident, xususan, Qashqadaryo mamlakatning ko‘pgina hududlaridan orqadaligini tilga oldi.

    “Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot mamlakatimizdagi eng past ko‘rsatkichlardan biri. Qashqadaryo eli shunga munosibmi?” deb savol qo‘ydi u. Viloyat hokimi o‘rinbosarini ishdan olib tashladi. Shuningdek, Qashqadaryoning meva-sabzavot eksportiga past baho berdi. Qashqadaryoning eski hokimi Zafar Ro‘ziyev nomiga tanqidlarni ayamadi, uni boshqaruvga qo‘yganini xato deb tan oldi. Qashqadaryo yerlari, garchi, ko‘p suv olsa-da, unumdorlik pastligini ta’kidlab, suvga mas’ullarni ishdan olishni buyurdi.

    * * *

    Talabalarga bu hafta quvonchli va... biroz tashvishli xabar keltirdi. Talabalar 16-noyabrdan an’anaviy ta’lim shakliga qaytadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Aslida bu kutilgan edi, biroq bunchalik tez e’lon qilinishi talabalarni shoshirib qo‘ydi, qolaversa, oliy ta’lim muassasasining barcha talabani birdaniga qabul qilish imkoniyati ham yo‘qligi sir emas. Turar joy muammosi bor. Shuning uchun Oliy ta’lim vazirligi 14-noyabrdagi brifingda agar talabalarda imkoniyat bo‘lmasa, o‘qishni masofadan turib davom ettirishi mumkinligini ilova qildi. Turar joy masalasini hal qilgan talabalar esa bemalol kelib o‘qiyveradi.

    * * *

    Bu hafta Senat raisasi Tanzila Norboyevaning turli mavzulardagi fikrlari jamoatchilik muhokamasini keltirib chiqardi. Norboyeva 12-noyabr kuni bo‘lgan matbuot anjumanidagi fikrlari davomida ayollar masalasiga to‘xtalib, mamlakatda uchrab turuvchi “qiz o‘g‘irlash” odatini tanqid qildi. Qizlarni majburlab turmushga berishga hech kim haqli emasligini ta’kidladi.

    Bundan tashqari, jinsiy tarbiya masalasida so‘z ochilganida “maktabgacha ta’limda yoshga mos qilib, o‘zini doirasida, yuqori sinflarda va oliy ta’lim muassasalarida qizlar va o‘g‘il bolalarni oilaga tayyorlash, reproduktiv salomatlik, tug‘ish, saqlanish, qarindosh urug‘lik nikohlari va boshqalar to‘g‘risida ochiqdan-ochiq ma’lumotlarni berishimiz kerak”, dedi.

    Shuningdek, Tanzila Norboyeva Gulnora Karimovaning qamoqda saqlanishiga ayol sifatida munosabati qanday ekani haqidagi savolga javob berdi.

    “Gender tengligi haqida gapiryapmiz — ayolmi, erkakmi, jinoyat qilsa, teng javob berishi kerak”, — dedi u.

    * * *

    Anchadan beri chiqmay qo‘ygan fosh qiluvchi audioyozuvlar bu hafta yana tarqaldi. Ular Andijon viloyatining audioyozuvlari bilan eskitdan taniqli hokimi Shuhratbek Abdurahmonovga tegishlidir. Hokim janoblari audioda unga “sassiq gapirgan” uch nafar marhamatlik ayolni 15 sutkaga qamatib qo‘yganini tahdid bilan gapiradi. “Qichiq” savol beradigan jurnalistlarni “qo‘yvorishidan” ogohlantiradi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bu audio tarqalib, doimgidek jamoatchilikning qizg‘in tanqidiga uchragach, viloyat hokimligi bular ikki yil oldingi gaplar ekanligini ma’lum qildi. Deputat Rasul Kusherboyev “u Lenin sabab boshlangan boshqaruv maktabining sodiq vorisi bo‘lib, vakillik, sud organlari ustidan amalda mutlaq hokimiyat o‘rnatib olgan feodal zamoniga mos insonligi”ni qayd etdi.

    Dayjestimizga to‘plaganlarimiz, hozircha, shulardan iborat. Sog‘ va salomat bo‘ling, “Daryo”da qoling.

    15.11.2020, 23:11   Izoh (0)   48166
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Afg‘oniston bilan aviaqatnovlarni 2021-yildan tiklashni rejalashtirmoqda

    15.11.2020, 22:24

    “Menga kelgan xatlarning ko‘pida ‘ko‘prik qurib bering, prezident buva’ deb yozilgan”. Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryodagi yo‘llar haqida

    15.11.2020, 21:25

    O‘zbekiston brendi 9 pog‘ona yuqorilab 61-o‘ringa chiqdi. Endi u Keniya va Iroq o‘rtasida

    15.11.2020, 20:34

    Namanganda milliarder Alisher Usmonov homiyligida Xalqaro biznes markaz qurilishi 2021-yil bahorida boshlanadi

    15.11.2020, 19:35

    “Qarshida kuniga 4-5 soat suv beriladi. Hatto Qoraqalpog‘istonda ham bunday emas!” Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryodagi ichimlik suvi muammosi haqida

    15.11.2020, 19:15

    Toshkentda avtosaroylardan birida chiptachi avtobus haydovchisiga pichoq tiqib oldi (video)

    15.11.2020, 18:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Iyun oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari sezilarli pasaydi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 16:25

    Britaniya monarxiyasi hukumatdan 118 mln dollar mablag‘ oladi

    Dunyo | 1 iyul, 16:20

    O‘zbekistonda dollar kursi pastladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 16:17

    Ramzan Qodirov o‘g‘lining to‘yiga qaysi davlatlarning elchisi kelganini aytdi

    Dunyo | 1 iyul, 16:05

    Instagram: nikohdan o‘tgan Shahlo Alijonova, ilk marta ota bo‘lgan Umid Iskandarov, yangi uyga ko‘chgan Bobur Mansurov

    Madaniyat | 1 iyul, 15:56

    O‘zbekistonda nogironlar soni bir million nafardan oshdi — Statqo‘m

    O‘zbekiston | 1 iyul, 15:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.