• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qashqadaryo eli shunga munosibmi?” Shavkat Mirziyoyev viloyat o‘z salohiyatiga mos yashamayotganini keskin tanqid qildi

    Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyati faollari, mahalliy kengash deputatlari, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazmoqda. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, tadbir boshida viloyatning iqtisodiy-ijtimoiy holati tanqidiy tahlil qilindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Bu yerga kelishimdan asosiy maqsad — sizlar bilan birga hudud rivojiga kuchli turtki berish bo‘yicha aniq vazifa va chora-tadbirlarni belgilab olish. Qashqadaryo o‘zining salohiyatiga mos yashamayapti, mamlakatimizning ko‘pgina hududlaridan ancha orqada”, — dedi davlat rahbari.

    Prezidentning ta’kidlashicha, viloyat ulkan imkoniyatlarga ega. Lekin uning iqtisodiyoti va ijtimoiy sohalar ahvoli bunga mutlaqo mos emas. Oxirgi 10 yil ichida yalpi ichki mahsulotdagi viloyat ulushi 9,4 foizdan 7,1 foizga, sanoatdagi ulushi esa 11 foizdan 6 foizga tushib ketgan.

    “Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot mamlakatimizdagi eng past ko‘rsatkichlardan biri. Qashqadaryo eli shunga munosibmi?”  deya savol qo‘ygan Prezident.

    Qayd etilishicha, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda ilmiy asos va innovatsion yondashuv yo‘q, viloyat iqlim sharoitiga mos yangi navlar yaratilmagan. O‘tgan yili paxta hosildorligi gektariga 19 sentnerni yoki yurtimizdagi eng quyi ko‘rsatkichni tashkil etgan. Qishloq xo‘jaligi texnikalari yetishmaydi. Mahsulotlarni qayta ishlash darajasi ham past.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shavkat Mirziyoyev hududdagi irrigatsiya va melioratsiya holatini keskin tanqid qildi. Ma’lum bo‘lishicha, noto‘g‘ri sug‘orish oqibatida yerlarning 45 foizi sho‘rlangan. Ayniqsa, bu borada Muborak, G‘uzor, Nishon va Kosonda ahvol juda og‘ir. 38 ming gektar maydon foydalanishdan chiqib ketgan. Tomchilatib sug‘orish jami sug‘oriladigan maydonning bor-yo‘g‘i 2,4 foizida joriy qilingan.

    Aholining ichimlik suvi ta’minoti viloyat bo‘yicha 50 foizni, xususan, Kosonda 26, Dehqonobodda esa atigi 4 foizni tashkil qiladi. Quvurlarning 60 foizi ta’mirtalab bo‘lib qolgan. Qarshi shahrining kanalizatsiya tizimi ham eskirgan. Avtomobil yo‘llarining 8 ming 700 kilometri yaroqsiz holga kelgan.

    Shuningdek, ta’lim va tibbiyot sifati masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan. Viloyatning 88 maktabida “smena” ko‘rsatkichi yuqori ekani, bir nechta maktab filiali binosi paxsadan qurilgani ko‘rsatib o‘tildi. Qashqadaryo yoshlari oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha mamlakatda 13-o‘rinda. Bu yil 191 ta maktabning birorta ham bitiruvchisi oliy o‘quv yurtlariga kira olmagan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Tor sohalar bo‘yicha 257 ta, birlamchi bo‘g‘inda 855 ta shifokor yetishmaydi. Hududda qo‘shimcha 18 ta oilaviy poliklinika va 30 ta oilaviy shifokorlar punktlariga talab mavjud. Har bir oilaviy poliklinikaga o‘rtacha 25-30 ming nafardan fuqaro to‘g‘ri kelishi lozim bo‘lsa-da, viloyatda bu ko‘rsatkich 90 mingtani tashkil etadi.

    Yig‘ilishda shu kabi muammolar, mavjud imkoniyatlar tahlil qilinib, Qashqadaryoni kompleks rivojlantirish va aholining hayot sharoitini yaxshilashga doir ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilinmoqda.

    Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev hududda ko‘p yillar davomida yig‘ilib qolgan muammolar yechimini topish, ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojiga turtki berish, shu boradagi yangi vazifalarni belgilash maqsadida 12-noyabr kuni Qashqadaryoga jo‘nab ketgandi.

    Mavzuga doir: 

    • Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoning paxta yetishtiradigan to‘qqizta tumanida Shahrisabz shahridagidek to‘qimachilik kombinatlari tashkil etish haqida topshiriq berdi
    • Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi Korxonalarni sog‘lomlashtirish va xususiylashtirish klinikasiga tashrif buyurdi

    13.11.2020, 14:10   Izoh (0)   27267
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 56,7 dan ko‘p va 100 balldan kam to‘plaganlarga ham o‘qishini tibbiyot yo‘nalishiga ko‘chirishga ruxsat berildi

    13.11.2020, 13:23

    O‘zbekistonda tuman hokimlariga narxi 267,5 mln so‘mdan yuqori xizmat avtomobili sotib olish taqiqlanishi mumkin

    13.11.2020, 13:11

    Oqdaryodagi buyum bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

    13.11.2020, 12:48

    Namanganda 16 yoshli bola sevgan qiziga SMS yuborgani uchun o‘zidan bir yosh katta bolani pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi

    13.11.2020, 12:36

    O‘zbekiston tijorat banklarida dollar kursi ko‘tarildi

    13.11.2020, 11:35

    Vodiy viloyatlarida yashovchi test imtihonlaridan o‘ta olmagan abituriyentlarga ham talabalikka qabul qilinish uchun kvotalar beriladi

    13.11.2020, 11:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.