• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoning paxta yetishtiradigan to‘qqizta tumanida Shahrisabz shahridagidek to‘qimachilik kombinatlari tashkil etish haqida topshiriq berdi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-noyabr kuni Qashqadaryo viloyatiga keldi. Tashrifdan asosiy maqsad hududda ko‘p yillar davomida yig‘ilib qolgan muammolar yechimini topish, ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojiga turtki berish, shu boradagi yangi vazifalarni belgilash hisoblanadi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari viloyatga safarini Shahrisabz shahridagi Oqsaroy Vortex mas’uliyati cheklangan jamiyatda sintetik aralashmali ip va mato ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishdan boshladi.

    Bu yerda Oqsaroy Group kompaniyasi tarkibiga kiruvchi Shahrisabz Textile va Oqsaroy Textile korxonalari tashkil etilgan bo‘lib, ularda umumiy qiymati 54 million dollar bo‘lgan 3 ta loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish, 1 ming 610 ta ish o‘rni yaratish, yiliga 22 million dollarlik mahsulot eksport qilish belgilangan edi.

    Birinchi bosqichda 2014-yili Oqsaroy Textile korxonasida o‘tkazilgan modernizatsiya natijasida bu yerda yiliga 9 ming tonna ip kalava, 4 ming tonna trikotaj mato ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ushbu korxonada 2019-yilda 6 million dollarlik mahsulot eksport qilingan bo‘lsa, 2020-yilda bu ko‘rsatkich 8 million dollarni tashkil etdi.

    Ikkinchi bosqichda 2020-yilning oktabr oyida Oqsaroy Vortex korxonasi tashkil etilib, sun’iy va tabiiy toladan kalava ip va trikotaj mato ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi. Loyiha qiymati – 15 million dollar, yiliga 3 ming tonna kalava ip, 5,5 ming tonna sun’iy tolali ip, 3,5 ming tonna trikotaj mato ishlab chiqarish quvvatiga ega. Eksport hajmi yiliga 7 million dollarni tashkil etadi.

    Uchinchi bosqichda ushbu korxonalar yonida yana bitta to‘qimachilik fabrikasi barpo etilib, kalava ip va trikotaj mato ishlab chiqarishni kengaytirish rejalashtirilgan. 2021-yil ishga tushadigan loyiha natijasida 700 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

    Shu bilan birga, Prezident korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlarini, kalava ip va tayyor mato namunalarini ko‘zdan kechirdi.

    Uning an’anaviy ip-yigiruv korxonalaridan asosiy farqi – bu yerda Yaponiyaning “Murata” kompaniyasida ishlab chiqarilgan Vortex texnologik uskunalari o‘rnatilgan. Ushbu texnologiyaning afzalligi kalava ip to‘qilayotganda tola markazlashgan aerodinamik havo bosimi orqali o‘tkaziladi. Natijada ipning tukdorligi kamayadi, sifati ortadi.

    Davlat rahbari Qashqadaryo viloyatining paxta yetishtiriladigan to‘qqizta tumanida Oqsaroy Vortex korxonasi namunasidagi to‘qimachilik kombinatlari tashkil etish, ularni barpo etishda arzon konstruksiyali texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha topshiriq berdi. Chunki qurilish qancha qimmat bo‘lsa loyiha o‘zini oqlashi shuncha qiyin bo‘ladi.

    Mutasaddilarga Qashqadaryo viloyatida to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish, bunda xomashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan tizim yaratish, klasterlar faoliyatini tahlil etib borish yuzasidan vazifalar berildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Avvalroq Qashqadaryoda Prezident topshirig‘i bilan 2,5 ming gektar maydonda pistachilik plantatsiyasi yaratilayotgani xabar qilingandi.

    12.11.2020, 14:55   Izoh (0)   26015
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning qaysi bozorlarida eng arzon oziq-ovqat mahsulotlari sotilayotgani ma’lum qilindi

    12.11.2020, 14:36

    “Gulnora Karimova o‘z joniga qasd qilgani haqidagi gaplar asossiz” — IIV

    12.11.2020, 14:18

    Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonning bir necha viloyatlarida sezildi

    12.11.2020, 13:56

    “Afrosiyob” poyezdining reyslari soni bittaga ko‘paydi

    12.11.2020, 13:26

    Pandemiya davrida o‘zbekistonliklarni Rossiyaga ishga yuborish jarayoni soddalashtiriladi

    12.11.2020, 12:46

    Samarqand viloyatining 25 foizi 11-noyabr oqshomida elektr ta’minotidan uzilib qoldi

    12.11.2020, 12:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.