• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Rossiyalik reper Morgenshtern buxorolik yigitga sovg‘a qilgan Mercedes’ni O‘zbekistonga olib kirishi uchun qancha bojxona boji to‘lashi hisoblab chiqildi

    Rossiyalik taniqli reper va bastakor Alisher Valiyev (taxallusi Morgenshtern) 18-oktabr kuni Instagram’da Mercedes-Benz E200 mashinasi uchun tanlov o‘tkazgani va unda Buxoroda yashovchi @aza_1002 akkaunti egasi Azim Abdullayev g‘alaba qozongani haqida xabar berilgandi.

    Foto: “Avtokod”

    Foto: “Avtokod”

    Morgenshtern o‘shanda g‘olib bilan bog‘langan va avtomobilni shaxsan o‘zi O‘zbekistonga olib kelishini ma’lum qilgan. Keyinroq musiqachi O‘zbekistonda xorijda ishlab chiqarilgan mashina uchun belgilangan bojxona to‘lovlari miqdoridan xabar topgach o‘z stories’ida videoxabar qoldirgan.

    “O‘zbekistonda mashina uchun bojxona to‘lovi qancha ekanini bilasizmi? Uning narxi mashina narxiga teng ekan”, — degan Morgenshtern. Reper chegaralar yopiqligi va mashinani mamlakatga olib kirish qimmatligi sababli uni yetkazib berishda hukumatdan yordam so‘ragan.

    Musiqachi bloger Yuriy Dudga bergan intervyusida Mercedes-Benz’ni tanlov g‘olibiga yetkazib berish uchun yana 2 million rubl to‘lashi kerakligini aytgan.

    Mercedes-Benz’ning yana bir xalqona nomi “Merin”, qo‘shiqchi o‘z kompozitsiyalaridan birini ushbu mashinaga bag‘ishlagan (unda haqoratli so‘zlardan ko‘p foydalanilgan), qo‘shiq Youtube’da 85 million martadan ko‘proq ko‘rilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Morgenshtern mashina uchun 4 million rubl (taxminan 51 ming AQSh dollari) sarflagan.

    O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi “Kun.uz” nashriga jismoniy shaxslar O‘zbekistonga avtomobil olib kirganda olinadigan bojxona to‘lovi haqida ma’lumot taqdim etdi.

    “Murojaatingizda ko‘rsatib o‘tilgan avtotransport vositasi TIF TNga muvofiq 8703 23 198 1 kodi bilan tasniflangan taqdirda, amaldagi qonun hujjatlariga asosan bojxona qiymatidan 30 foiz hamda dvigatel hajmining har bir kub santimetri uchun 2,5 AQSh dollari miqdorda import boji, 15 foiz miqdorda QQS, bojxona qiymatidan 0,2 foiz bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im, BHMning 120 baravari miqdorida utilizatsiya yig‘imi stavkalari qo‘llaniladi”, — deyiladi qo‘mita xabarida.

    Davlat bojxona qo‘mitasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, bojxona qiymati 538 713 760 so‘mlik summa asosida bojxona to‘lovlari hisoblanganda undirilishi mumkin bo‘lgan miqdor 353 801 986,83 so‘mni tashkil etdi.

    Qayd etilishicha, agar tovarning kelib chiqishiga doir ma’lumotlarda nomuvofiqlik tasdiqlansa, bojxona bojining stavkasi ikki baravar orttirilgan holda hisoblanadi. Bunda dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bojxona to‘lovlarining miqdori 598 959 482,13 so‘mni tashkil etdi.

    Eslatib o‘tamiz, 24-oktabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Rasul Kusherbayev, Doniyor G‘aniyev hamda Bekmirza Eshmurzayev Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasiga import mashinalar boj to‘loviga oid deputatlik so‘rovi yuborgan. Mazkur so‘rovga Davlat bojxona qo‘mitasi maxfiy javob qaytargan.

    Avvalroq Chevrolet Equinox O‘zbekistonda qariyb 34 ming dollardan sotilayotgani, UzAuto Motors esa uni AQSh kompaniyasidan 22,8 ming dollarga sotib olayotgani haqida xabar berilgandi.

    10.11.2020, 00:29   Izoh (0)   103566
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Marhamat tumani hokimi yordamchisining 29 ming dollar pora olish holati uch qismdan iborat ekanligi ma’lum bo‘ldi

    09.11.2020, 23:57

    “Dori-Darmon”ning moliyaviy ko‘rsatkichlari keskin yaxshilandi

    09.11.2020, 22:59

    “Hatto tergov ham 23:00 dan keyin o‘tkazilmaydi”. Nig‘matilla Yo‘ldoshev Ta’lim inspeksiyasi yarim tungacha testlar o‘tkazganini tanqid qildi

    09.11.2020, 22:12

    O‘zbekistonda qimmat benzin markalari arzonlashmoqda, ammo eng xaridorgir Ai-80 benzini narxi oshmoqda

    09.11.2020, 21:34

    O‘zbekiston OTMlariga kirish test sinovlari mazmuni maktab dasturlariga moslashtiriladi

    09.11.2020, 21:10

    Nig‘matilla Yo‘ldoshev: Tekshiruvchi ham, tekshiriluvchi ham bitta rahbarga bo‘ysunsa, nazorat haqida gapirish mumkinmi?

    09.11.2020, 20:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.