• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Rossiyada yahudiylarga nafratni fosh etgan Beylis ishi. Uning O‘zbekistonga qanday aloqasi bor?

    Bundan salkam 110 yil muqaddam Rossiyada bo‘lib o‘tgan Beylis ishi jamiyatda qizg‘in bahslar keltirib chiqargandi. U ayni paytda Rossiyadagi millatchilik va antisemitizm kayfiyatlarini ochib berib, yahudiylar ko‘chishining boshlanishiga olib kelgandi.

    Eldar Asanov ushbu tarixiy voqea hamda uning O‘zbekiston tarixiga aloqador jihatlari haqida hikoya qiladi.

    Bu post g‘oyasini o‘ylaganda o‘zim ham maza qildim, negaki u:

    - tarixning go‘zalligini – turfa taqdirlar kutilmagan bog‘lar bilan bog‘lanishini, bir kichik voqea uzoq yillardan so‘ng umuman aloqasi yo‘q odamlar taqdirga ta’sir qilishini;

    - imperiyalar yaratadigan dunyo-iqtisodiyotlar uzoq-uzoq o‘lkalarni bir-biriga bog‘lab, o‘ziga xos sivilizatsiya yaratishini namoyon etadi.

    1894-yilda Fransiyada bo‘lib o‘tgan Drefus ishi yirik ijtimoiy konflikt keltirib chiqarib, aksilsemit kayfiyatlarini ko‘rsatib bergan va unga qarshi reaksiya tug‘dirgan, umuman, Fransiya taqdirini o‘zgartirgan edi. Rossiyaning ham o‘z Dreyfus ishi bor – Beylis ishi. Bu ish ham rus jamiyatida aksilsemit va millatchilik kayfiyatlarini avj oldirgan, xalq va ziyolilar orasida qizg‘in bahslarni keltirib chiqargan, shuningdek, Rossiya yahudiylarining kelajagiga ta’sir o‘tkazgan edi. Bu ish hatto O‘zbekiston tarixiga ham aloqador. Keling, boshidan hikoya qilay.

    Beylis va Dreyfus.

    Beylis va Dreyfus.
    Foto: Wikipedia

    1911-yil 12-mart kuni Kiyev chetida Andrey Yushchinskiy ismli 12 yashar bola o‘ldirib ketildi. Qisqa surishtiruvlardan so‘ng uning o‘limida yahudiylar ayblandi: bola go‘yoki Pasxa arafasida diniy amallar doirasida o‘ldirilgan edi. Yahudiylar Pasxa (musulmoncha aytganda, Xamirsiz) bayramida xristian bolalarni o‘ldirib, diniy ovqatiga qo‘shishi haqidagi qo‘rqinchli ertaklar Yevropada va Rossiyada azaldan tarqalgan edi. Rus chernosotenetslari (o‘ng radikallari) – aksilsemit va millatchi kayfiyatdagi partiya va guruhlari bu versiyani xalq orasida gazetalari orqali shu qadar keng targ‘ib qildiki, sud axiyri bu versiyani qabul qildi. Menaxem Mendel Beylis ismli yahudiy bolani o‘ldirishda ayblanib, hibsga olindi. Sud boshlandi. Sud atrofida esa haqiqiy ijtimoiy ixtilof yuzaga keldi. Rasmiy lavozimlarda o‘tirgan ayrim millatchilar va aksilsemitlar, shuningdek, o‘ng radikal harakatlar va ular ta’sirida yahudiylarni qoralab ko‘chalarga chiqqan olomon bosimi ostida sud Beylisni diniy qotillikda ayblab, tezroq qamab yuborishga harakat qilardi. Progressiv ziyolilar, so‘llar, ayrim amaldorlar va advokatlar bu ishning buyurtmaligini va xalq orasida yahudiylarga nafrat uyg‘otayotganini qayd etib, keskin qarshi chiqar edi.

    Ishni fabrikatsiya qilish asnosida qiziq voqea ro‘y berdi: pravoslav cherkovi vakillaridan hech biri ayblovning eksperti bo‘lishga ko‘nmadi – diniy ekspert qotillik yahudiylarning diniy amali ekanini tasdiqlab berishi lozim edi. Ammo pravoslav ruhoniylaridan hech biri yolg‘on shohidlik qilishga rozi bo‘lmadi. Shunda Toshkentdan yahudiylarga nafrati bilan tanilgan katolik ruhoniysi Iustin Pranaytis taklif etildi. Litvada tug‘ilib o‘sgan bu ruhoniy shantaj va boshqa jinoyatlarda ayblanib, 1902 yilda Toshkentga yo‘llangan edi. U payti Toshkent imperiyaning rus tilli aholi yashaydigan eng chekka yirik shahri sifatida surgun makoni bo‘lib xizmat qilardi. Amaldorlarni pastroq amalga tushirish, boylarni va harbiylarni jazolash kerak bo‘lsa, ular Toshkentga xizmatga yo‘llanardi.

    Iustin Pranaytis, ruhoniy bo‘lishiga qaramay, qalloblikka qo‘l urgan, shuningdek, yahudiylarga qarshi asarlari bilan mashhur edi. U Beylisga qarshi guvohlik berishga rozi bo‘ldi. Sudda u yahudiylar bu turda diniy qotilliklar amalga oshirishini tasdiqladi, buni isbotlash uchun Toradan, Talmuddan ko‘p iqtiboslar keltirdi. Lekin Beylisning advokatlari (Beylisni Rossiyaning eng ilg‘or advokatlaridan besh nafari mutlaqo bepul himoya qilishga rozi bo‘lgan edi) undan bu iqtiboslarning betlarini, boblarini aniqlashtirishni so‘raganida xotirasi yomonligini ro‘kach qilib, aniq javoblar bermadi.

    Darvoqe, Pranaytis faqatgina bu sharmandali ishdagi ishtiroki bilan mashhur emas: Toshkentda, Maxtumquli ko‘chasida bugungacha turgan Rim-katolik cherkovi uning tashabbusi bilan qurilgan. Ekoparkka borgan bo‘lsangiz, bu cherkovni uning yaqinida ko‘rgandirsiz. Shuningdek, u Turkiston garnizoni zobitlaridan bir qanchasini katolisizmga o‘tkaza olgani bois Toshkentning pravoslav aholisi noroziligini keltirib chiqargan edi. Ya’ni u xristian bo‘lgani bilan mazhabi tufayli ruslar uchun “begona” edi. Shunga qaramay, yahudiylarga qarshi ish paytida radikal pravoslav va millatchi guruhlar uni ittifoqqa chaqirdi.

    Iustin Pranaytis.

    Iustin Pranaytis.
    Foto: Wikipedia

    Qisqa aytganda, ish yakuniga ko‘ra Beylis oqlandi, ammo ortiq Kiyevda yashay olmay qoldi: xalq orasida aksilsemit kayfiyatlari kuchayib ketgan, uni ishga olishmas, ko‘chada tinch yurishga qo‘yishmas edi; tahdidli xatlar kelar edi. Beylis turk fuqaroligini qabul qildi. Lekin u bugungi Turkiyaga ko‘chib o‘tmadi tabiiyki. Gap shundaki, u payti Turkiya, aniqrog‘i, Usmonli Rossiya kabi kattakon imperiya edi va turli geografik hududlarni, turli xalqlarni o‘zida birlashtirgan dunyo-iqtisodiyot yaratgan edi. Jumladan, bugungi Isroil (u vaqtda Falastin) yerlari ham Usmonli saltanatiga qarashli edi. O‘sha paytlari yahudiylar orasida Falastinga ko‘chib o‘tish, Usmonli fuqaroligini olish odatga aylangan edi. Rossiyada Falastinga ko‘chib o‘tish uchun turk fuqaroligini olgan yahudiylarni “turetskopoddanniy” – “turk tabaasi” deb atashar edi. Mashhur “12 stul” romanini o‘qigan bo‘lsangiz, mualliflar uning bosh qahramoni Ostap Benderni shunday ataydi.

    Beylis ishiga bog‘liq oxirgi qiziq fakt. Mashhur rus adibi, “Lolita” romani muallifi Kichik Vladimir Nabokov 1937–1940-yillarda Fransiyada yashagan. O‘sha yil mayida Nabokovlar oilasi nemis qo‘shinlari Parijga yaqinlashishi tufayli Amerikaga qochib ketadi. Ularni amerikalik yahudiylar fransiyalik yahudiylarni qutqarish uchun ijaraga olgan Champlain layneri olib ketadi. Millati yahudiy bo‘lmagan oila bu kemaga qabul qilinib, shinam kayutada joylashtirilishiga sabab kelajakda mashhur bo‘ladigan adibning otasi, o‘sha yillarda “Rech” gazetasi muxbiri bo‘lgan Katta Vladimir Nabokov Beylis ishi chog‘ida yahudiylarni himoya qilib chiqqani edi. Aks holda balki Nabokovlar AQShga qocha olmas va “Lolita” romani dunyo yuzini ko‘rmas edi.

    Foto: Google Photos

    Suratda – Toshkentdagi o‘sha cherkov.

    Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.

    10.11.2020, 21:12   Izoh (0)   74416
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tojikistonda yuz bergan zilzila O‘zbekistonning bir qator hududlarida sezildi

    10.11.2020, 20:46

    O‘zbekistoning ayrim hududlarida 11-noyabr kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    10.11.2020, 20:34

    Xalqaro savdo markazi O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi uchun yordam beradi

    10.11.2020, 18:35

    Transformator o‘rnatib berish evaziga 3800 dollar so‘ragan “Andijon hududiy elektr tarmoqlari” xodimi qo‘lga olindi

    10.11.2020, 18:22

    O‘zbekistonda 9 oy davomida qancha avtomobil benzini ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi

    10.11.2020, 17:57

    “O‘zbekiston Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochish to‘liq to‘xtatilganini olqishlaydi” — Shavkat Mirziyoyev

    10.11.2020, 17:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jennifer Lopes konsertidan so‘ng Armanistondagi stadion maydoni yaroqsiz holga keldi

    Sport | 8 avgust, 13:49

    Sun’iy intellekt yordamida 1 yil oldin bedarak yo‘qolgan sayyoh jasadi topildi

    Dunyo | 8 avgust, 13:45

    Beeline kunlik abonent to‘lovi bo‘yicha Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasini bajardi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 13:22

    Oltin narxi yangi tarixiy rekord o‘rnatdi

    Dunyo | 8 avgust, 13:10

    Xitoyda kosmik raketa sinov paytida qulab tushdi — OAV

    Dunyo | 8 avgust, 12:59

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    Dunyo | 8 avgust, 12:54

    Dunyodagi yagona bo‘lgan oq Ferrari 250 GTO avtomobili auksionga qo‘yildi (foto)

    Avto | 8 avgust, 12:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.