Tokioning markaziy ulgurji bozorida satsuma naviga kiruvchi bir quti mandarin million iyenaga (9,6 ming dollarga) sotildi. Ushbu sitrus mevasi yupqa po‘choqqa ega bo‘lib, shirin va xushbo‘y ta’mli mandarin bo‘laklari og‘izda eriydi, deb yozadi CNN.
Mandarinlar mamlakat janubiydagi Exime prefekturasida yetishtirilgan.
“Ular uch xil quyosh nurida yetishadi — osmondagi quyosh, dengizdan va terrasa dalalaridagi tosh devorlardan akslangan nurlardan”, — deya ta’kidlaydi Hinomaru kompaniyasi vakili Shin Asai.
Odatda bu kabi navga kiruvchi mandarinlar narxi sakkiz ming iyena (77 dollar) atrofida bo‘ladi. Million iyenaga sotilgan rekord narx esa Yaponiyada mandarinlar terimi mavsumining boshlangani bilan izohlangan.
Bir quti mandarinni bu kabi narxga kim sotib olgani oshkor qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yilda Yaponiyada Ruby Roman navli bir bosh uzum 8,2 ming dollarga sotilgan edi.
Mavzuga doir: O‘ta qimmat turadigan 10 ta meva (fotogalereya)
Izoh (0)