• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    UzAuto Motors’ning import mashinalar uchun bojxona boji va utilizatsiya yig‘imi yuzasidan deputatlar jo‘natgan so‘rovga Davlat bojxona qo‘mitasi maxfiy javob qaytardi

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Rasul Kusherbayev, Doniyor G‘aniyev hamda Bekmirza Eshmurzayev Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasiga import mashinalar boj to‘loviga oid deputatlik so‘rovi yuborgani haqida xabar berilgandi.

    Foto: Madina Nurman / “Daryo”

    Foto: Madina Nurman / “Daryo”

    Deputatlar 2020-yil 23-oktabr kuni hukumatdan import qilinayotgan mashinalar yuzasidan paydo bo‘layotgan masalalarga izoh berishini so‘ragandi. Rasul Kusherbayev, Doniyor G‘aniyev va Bekmirza Eshmurzayevning fikricha, import qilinayotgan avtomashinalar uchun UzAuto Motors va Jizzax avtomobil zavodi tomonidan import boji va utilizatsiya yig‘imi to‘lanmayotgan bo‘lishi mumkin.

    Rasul Kusherbayevning ma’lum qilishicha, 5-noyabr kuni mazkur so‘rovga Davlat bojxona qo‘mitasidan javob kelgani haqida unga xabar berilgan, ammo javob deputatlarning qo‘liga berilmagan. Chunki javob maxfiy hujjat sifatida yuborilgan.

    “Tasavvur qilyapsizmi: jamiyatni, jamoatchilikni qiziqtirayotgan, davlat va jamiyat xavfsizligiga bog‘liq bo‘lmagan masalada bizning ochiq yuborayotgan so‘rovlarimizga javoblar maxfiy, qo‘mita raisining nuqtayi nazari ham maxfiy va biz undan foydalana olmaymiz. Kulishni ham, yig‘lashni ham bilmaysan.

    Boshqalardan farqli o‘laroq deputat faoliyati ochiq bo‘lib, jamoatchilikni qiziqtirgan masalalar yuzasidan oshkora muloqotlar olib borishni burchimiz deb bilganimiz sababli kelgusida bizni qandaydir ‘qo‘rqinchli sir’larni oshkor etib, yo‘q obro‘sini tushirishda ayblamasliklarini xohladik. Shundoq ham payt poylab turishibdi.

    Shu nuqtayi nazardan qo‘limizga olish mumkin bo‘lmasa-da, faqat tanishib, keyin jim yurilishi kerak bo‘lgan maxfiy javob bilan tanishishdan bosh tortdik. Shu bois bu so‘rovga javob olmadik, deb hisoblasak ham bo‘laveradi”, — deb yozgan deputat.

    “Katta ehtimol bilan Moliya vaziri ham javobda shunday ‘priyom’ qo‘llasa kerak. Kutamiz, lekin qaytish yo‘q”, — deya qo‘shimcha qilgan Kusherbayev.

    Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors kompaniyasining O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi maxsus komissiyasining 2020-yil 19-avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi shikoyat arizasini ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘tkazilayotgan sud jarayonida UzAuto Motors tovarlar narxini shakllantirish maxfiy hujjatlarga asoslanganini bildirgan va sud 16-oktabrdagi majlisda ishni yopiq tartibda ko‘rishni boshlagandi. Yakunda esa sud ishni UzAuto Motors foydasiga hal qilib, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi maxsus komissiyasining qarorini haqiqiy emas deb topgandi.

    Rasul Kusherbayev sudning mazkur qaroriga munosabat bildirib, “Yangi O‘zbekistondagi eski O‘zbekistonga ‘g‘alaba’ muborak”, — deb yozgandi.

    Shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv yakunlari bo‘yicha UzAuto Motors AJda qonunchilik hujjatlarining buzilishi, korrupsion holatlar va iste’molchilarning huquqlariga putur yetkazish kabi alomatlar ko‘rinayotganligi sababli Rasul Kusherbayev bir guruh deputatlar bilan birga Bosh prokuratura mahkamasi tomonidan o‘rganilib, huquqiy baho berilishi va jinoyat alomatlari bor yoki yo‘qligi yuzasidan o‘z nuqtayi nazarini bayon etishni so‘rab, 2020-yilning 21-avgust kuni bosh prokurorga deputatlik so‘rovi yuborgan. Bosh prokurorga yo‘llagan so‘rovga 65 kun kechikib javob qaytarilgan va UzAuto Motors’ga qarshi jinoiy ish ochish rad etilgan.

    07.11.2020, 07:52   Izoh (0)   43757
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shuhrat Abdurahmonov: “Aholiga tibbiy tekshiruvlardan o‘tishni majburiy qilish kerak”

    07.11.2020, 07:09

    O‘zbekistonda koronavirus bemorlari uchun xavfni baholash dasturi ishlab chiqildi

    07.11.2020, 02:23

    “Xalq banki” boshqaruvi raisining o‘rinbosari “O‘zbekchorvanasl” agentligi bosh direktori etib tayinlandi

    07.11.2020, 01:50

    O‘zbekiston Qirg‘izistonga 19,5 mln dollarlik atirgul eksport qilgani aytilgandi. Qirg‘iziston statistikasidagi ma’lumotlar bunga mos kelmadi

    07.11.2020, 00:45

    O‘zbekistonda jamoat joylarida sovuq qurol olib yurganlik uchun jarima joriy etildi

    07.11.2020, 00:25

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston ikki tomonlama tovar aylanmasi hajmini 1 mlrd dollarga yetkazmoqchi

    06.11.2020, 23:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda tuman va shaharlar iqtisodiy o‘sishga turtki beruvchi loyihalarni amalga oshirish tartibi tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 13:02

    Toshkent viloyatida pora olgan MIB xodimi 6 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 12:37

    Iroqda 600 dan ortiq ziyoratchi xlor gazidan zaharlandi (video)

    Dunyo | 11 avgust, 12:28

    Charlz Oliveyra: “Yarador sher — baribir sherligicha qoladi”

    Sport | 11 avgust, 12:23

    Garvard olimlari Alsgeymer kasalligiga davo topdi va xotirani tiklash usulini aniqladi

    Ilm-fan | 11 avgust, 12:14

    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil

    Reklama | 11 avgust, 10:30

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston Qozog‘istonga 600 mln kub metr suv yetkazadi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 11:57

    O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmida havo harorati 34 darajagacha tushadi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 11:27
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.