• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadigan Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Quyida davlat rahbari tomonidan yo‘llangan tabrik matni to‘laligicha taqdim etiladi.

    Qadrli do‘stlar!

    Avvalo, o‘z hayotini el-yurt salomatligini asrashdek g‘oyat mas’uliyatli va sharafli ishga bag‘ishlagan siz, azizlarni kasb bayramingiz – Tibbiyot xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni bildirishdan mamnunman.

    Xalqimiz sizlarni dunyodagi eng ulug‘ kasb egalari, muqaddas qasamyodiga sodiq, o‘z ishiga fidoyi insonlar deb biladi va mashaqqatli mehnatingizni yuksak qadrlaydi.

    Ayniqsa, hozirgi murakkab pandemiya sharoitida chinakam salomatlik posbonlari bo‘lib maydonga chiqayotganingiz har qanday tahsin va tasannolarga munosibdir.

    Ushbu xavfli kasallikka chalingan ming-minglab yurtdoshlarimizning shifo topib, oilasi bag‘riga qaytayotganida, hech shubhasiz, sizlarning beqiyos xizmatlaringiz bor.

    Fursatdan foydalanib, bu mashaqqatli kurashning oldingi saflarida turib, o‘z hayotini xavf-xatarga qo‘yib, jasorat va matonat namunasini ko‘rsatib kelayotgan barcha tibbiyot xodimlariga o‘z nomimdan, butun xalqimiz nomidan yana bir bor chuqur minnatdorlik bildiraman.

    Hurmatli tibbiyot xodimlari!

    Biz o‘z oldimizga xalqimizni har tomonlama rozi qilishdek ulug‘ vazifani qo‘ygan ekanmiz, bu maqsadga erishish yo‘lida sog‘liqni saqlash tizimini jadal rivojlantirishga birinchi darajali ahamiyat qaratmoqdamiz.

    Keyingi to‘rt yilda bu borada sizlar bilan birga ulkan ishlarni amalga oshirdik. Bu davrda sohaga doir 200 ga yaqin me’yoriy-huquqiy hujjat, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilinganini qayd etish lozim.

    Yurtimizda birlamchi tibbiy-sanitariya, shoshilinch va tez tibbiy yordam, ixtisoslashtirilgan xizmatlar takomillashib bormoqda. Onalar va bolalar o‘limining oldini olish, kasalliklarni barvaqt aniqlash, oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, tibbiy madaniyatni oshirish, aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasini uzaytirish bo‘yicha sezilarli natijalar qo‘lga kiritilmoqda.

    Ma’lumki, 2020-yil O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi uchun mislsiz sinov, ayni vaqtda izchil rivojlanish, yangi tajriba orttirish yili bo‘ldi.

    Soha rivoji uchun davlat budjetidan 14,8 trillion so‘m yoki 2019-yilga nisbatan 1,2 barobar ko‘p mablag‘ ajratilgani, shuningdek, Investitsiya dasturiga muvofiq ushbu tizimga 1,15 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilgani mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, katta ishlarni amalga oshirish imkonini berdi. Jumladan, markazda va joylarda qisqa muddatda davolash-profilaktika muassasalari, karantin zonalari hamda saralash-taqsimlash markazlari barpo etildi, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 4 ming o‘rinli ko‘p tarmoqli maxsus shifoxona ishga tushirildi.

    O‘z vaqtida ko‘rilgan bunday chora-tadbirlarimiz bugun ijobiy natija berayotganini alohida ta’kidlash lozim.

    Ayni vaqtda reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar hamda bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish va ko‘lamini kengaytirish maqsadida zamonaviy tibbiyot markazlari, xususan, Toshkent shahrida Ikkinchi perinatal markaz, ilg‘or tibbiy texnologiyalar bilan jihozlangan, yiliga 1500 dan ziyod murakkab tibbiy amaliyotni bajarish imkonini beradigan Bolalar milliy tibbiyot markazi foydalanishga topshirildi.

    Soha xodimlarining mehnatini munosib rag‘batlantirish, oylik maoshlarini ko‘paytirish, pandemiya sharoitida ishlayotgan shifokorlarga qo‘shimcha haq to‘lash bo‘yicha yangi tizim joriy etildi.

    Bu yil olis qishloq va ovullarda 798 ta oilaviy poliklinika tashkil etilib, ularda ijtimoiy dorixona, kecha-yu kunduz ishlaydigan tez tibbiy yordam shoxobchasi, ayollar maslahatxonalari, qizlar salomatligi xonalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgani ham muhim ishlarimiz qatoriga kiradi. Shuningdek, akusher-ginekolog, xirurg, stomatolog, terapevt, pediatr kabi 5 ta yo‘nalishdagi tor soha mutaxassislari faoliyatini yo‘lga qo‘yish hisobidan qishloq ahliga malakali ambulatoriya yordami ko‘rsatadigan tizim ish boshladi.

    Keyingi yillarda respublikamizda ixtisoslashgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining umumiy soni 18 taga yetkazildi, hududlarimizda ularning 18 ta filiali tashkil etildi. Ushbu markazlarda buyrak va jigar transplantatsiyasi bilan bog‘liq murakkab operatsiyalar o‘tkazilmoqda. Hatto viloyatlarimiz markazlarida ham ochiq yurakda kardiojarrohlik operatsiyalari amalga oshirilmoqda.

    Hozirgi vaqtda yurtimizda 5805 ta xususiy tibbiyot muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular tibbiy xizmat sifatini oshirish va raqobat muhitini kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Ayni paytda 70 dan ortiq xususiy tibbiyot muassasasi koronavirus infeksiyasi bo‘yicha laboratoriya xizmatlarini ko‘rsatish, 25 ta shunday klinika esa diagnostika va davolash bilan shug‘ullanmoqda. Aytish kerakki, xususiy sektorni kuchaytirish borasidagi ishlarimiz bugungi murakkab vaziyatda o‘zini to‘la oqlamoqda.

    Davlat-xususiy sheriklik tizimi asosidagi tibbiy obyektlar soni ham ko‘payib bormoqda. Joriy yilda umumiy qiymati 51,4 milliard so‘mni tashkil etadigan 9 ta davlat-xususiy sheriklik hamda 187 ta autsorsing shaklidagi loyihalar amalga oshirilgani ham shundan dalolat beradi.

    Respublikamizda Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etganimizdan xabaringiz bor. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi 150 ta zamonaviy Ford tibbiy yordam avtomashinasi bilan ta’minlandi. Natijada yurtimiz bo‘yicha tez tibbiy yordam avtomashinalari soni 2514 taga yetdi. Eng muhimi, mazkur tizimda xizmat sifati yaxshilanib bormoqda.

    Mamlakatimizda birinchi marta Gemodializ xizmatlari bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqilib, hozirgi kunda uni amalga oshirishga kirishildi.

    Yana bir muhim masala – soha uchun yuksak malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha ham muhim loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu borada 2020-yilda tibbiyot yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlariga qabul kvotalari bakalavriat bosqichi uchun 27 foiz, magistratura yo‘nalishida 28 foiz va klinik ordinatura tizimida 22 foizga oshirilgani va yangi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgani g‘oyat muhim ahamiyatga egadir.

    Hozirgi vaqtda Germaniya, Italiya, Rossiya, Koreya Respublikasi, Turkiya, Belarus, Ukraina kabi davlatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda talabalar zarur mutaxassisliklar bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘qitilmoqda.

    Muhtaram soha xodimlari!

    Albatta, sog‘liqni saqlash tizimidagi barcha islohotlarimiz natijasi avvalo hurmatli shifokor va hamshiralar, yoshlarga tibbiyot sirlarini o‘rgatayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlarning fidokorona mehnati, mahorat va tajribasiga bog‘liq ekanini hammamiz yaxshi tushunamiz.

    Tibbiyot xodimlari kuni arafasida o‘tkazilgan katta anjumanda sizlar bilan birga mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimini bugungi kun talablari asosida rivojlantirish, sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish, profilaktika ishlarini kuchaytirish, ayniqsa, sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini keng joriy etish, diagnostika va davolash jarayonlariga raqamli texnologiyalar, innovatsion yondashuvlarni tatbiq qilish bilan bog‘liq eng muhim va dolzarb vazifalarni belgilab oldik.

    Butun xalqimiz qatori bugungi og‘ir sinovlardan mardona o‘tayotgan, zamonamizning chinakam qahramonlari bo‘lgan siz, tibbiyot xodimlari ana shunday mas’uliyatli vazifalarni ado etishda faol ishtirok etib, barchaga o‘rnak va namuna bo‘lasizlar, deb ishonaman.

    Sizlarning mashaqqatli va olijanob mehnatingizni munosib qadrlash, tizim uchun malakali kadrlar tayyorlash, mamlakatimiz sog‘liqni saqlash sohasining raqobatbardoshligini oshirish, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va xorijiy tibbiyot markazlari bilan amaliy hamkorlikni kuchaytirish, telemeditsinani rivojlantirish masalalari bundan buyon ham doimiy e’tiborimiz markazida bo‘ladi.

    Sizlarni qutlug‘ kasb bayramingiz bilan yana bir bor samimiy muborakbod etib, barchangizga baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

    Qo‘lingiz dard ko‘rmasin, hamisha sog‘-omon bo‘ling, aziz shifokorlar!

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Avvalroq Prezident ichki ishlar xodimlari hamda o‘qituvchi va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklagan edi.

    07.11.2020, 21:02   Izoh (0)   33910
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati munosabati bilan Toshkentning bir qator markaziy ko‘chalari qisman yopiladi

    07.11.2020, 20:17

    “Elakni ko‘tarishni o‘zim iltimos qilganman”. Ozodbek Nazarbekov Madaniyat vazirligidagi korrupsion holatlar haqida

    07.11.2020, 19:39

    O‘zbekistonda avtomobil yoqilg‘isini ishlatganlik uchun yig‘im joriy etiladi

    07.11.2020, 18:18

    Xadradagi sirk binosi ro‘parasida joylashgan bekat va do‘kon yonib ketdi (video)

    07.11.2020, 17:27

    To‘raqo‘rg‘on bandlikka ko‘maklashish markazi direktori pandemiya davrida 325,5 mln so‘m mablag‘ni talon-toroj qilgan — bosh prokuror

    07.11.2020, 17:12

    Xivada 4 oylik qizini 120 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

    07.11.2020, 16:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Sistit — bu uyat emas!


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tanada tuz miqdori oshib ketganining 5 ta yashirin belgisi

    Salomatlik | 3 iyun, 13:20

    Umri ayanchli yakunlangan mashhur fotografning O‘zbekiston haqidagi fotolari

    O‘zbekiston | 3 iyun, 13:17

    iPhone narxi AQSHda ishlab chiqarilsa, 3500 dollarga oshishi mumkin — CNN

    Dunyo | 3 iyun, 13:15

    Nigeriyada harbiylar xatosi sabab 20 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 3 iyun, 13:11

    Hindiston aeroportiga yo‘lovchi 47 ta zaharli ilon olib keldi (foto)

    Dunyo | 3 iyun, 12:55

    Yaponiyaliklar 45 soatda uy qurishni o‘rganib oldi (video)

    Arxitektura | 3 iyun, 12:45

    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta

    Reklama | 3 iyun, 12:45

    Pep Gvardiola: “Mavsum og‘ir bo‘ldi, lekin biz muhim vazifani bajardik”

    Sport | 3 iyun, 12:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.