Qoraqalpog‘istonda 2 ta yangi hokim lavozimga tayinlandi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Qayd etilishicha, Utambetov Uzaqbergen Qorao‘zak tumaniga hokim etib tayinlandi. Utambetov avval Qoraqalpog‘iston o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Chimboy tumaniga esa Tajetdinov Aybek hokim etib tayinlandi. U bungacha Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Nukus shahri va Qorao‘zak, Chimboy tumanlarining avvalgi hokimlarining qaysi ishga joylashgani haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Avvalroq Nukus shahriga yangi hokim, Buxoro viloyatiga hokimi vazifasini bajaruvchi va Denov tumaniga yangi hokim tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)