Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

4-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda 5 sutkalik ma’muriy qamoq bilan jazolangan Asalhoney qamoqxonadan boshqa joyda o‘tirib onlayn chiqish qilgani haqida xabarlar tarqaldi, soat 23:00 dan o‘tgach esa uning qamoqdan ozod qilinayotganiga doir video e’lon qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahar Ma’muriy sudi Kassatsiya instansiyasi qarori bilan unga nisbatan tayinlangan jazo o‘zgartirilgan.

Asalhoney taxallusi bilan tanilgan fuqaro Asal Xo‘jayeva 2-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumani ma’muriy sudi qarori bilan javobgarlikka tortilgani haqida xabar berilgan edi. Sud Asal Xo‘jayevani Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (haqorat qilish) hamda 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan aybdor deb topib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari (4 460 000 so‘m) miqdorida jarima, shuningdek, uzil-kesil 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan edi.

Ammo Toshkent shahar Ma’muriy sudi Kassatsiya instansiyasining 4-noyabrdagi qarori bilan Asal Xo‘jayevaga tayinlangan jazo o‘zgartirilgan. Bunga asos sifatida sudlanuvchining 2010-yilda tug‘ilgan farzandi borligi va ayni vaqtda u bolaning yagona boquvchisi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 29-moddasi 2-qismiga ko‘ra, ma’muriy qamoqqa olish chorasi homilador ayollarga, 3 yoshgacha bolasi bo‘lgan ayollarga, 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini yakka o‘zi tarbiyalayotgan shaxslarga, 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas.

Shu munosabat bilan, Kassatsiya instansiyasi Asal Xo‘jayevaga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi bilan tayinlangan qamoq jazosini modda sanksiyasida belgilangan jarima (BHMning uch barobari -- 669 ming so‘m miqdorida) jazosi bilan o‘zgartirishni, shuningdek, kodeksning 41-moddasi bilan tayinlangan jarima (4 460 000 so‘m) jazosini o‘zgarishsiz qoldirishni lozim topgan va u 5 sutkalik ma’muriy qamoq jazosidan darhol ozod qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Asalhoney 2020-yilning 5-may oqshomida o‘zi yashaydigan uyda bir erkakning hujumiga uchragandi. Erkak uni urib, tanasini skotchlab ketgan edi. O‘shanda Asalhoney ichki ishlar xodimlari tomonidan qutqarilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekistonda yashil energetika davri boshlanganiga uch yil boʻldi. Nimalar oʻzgardi?
Mahalliy
Fotoreportaj: Prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Namangan
Sport
Lionel Messi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi