• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Luvr muzeyida o‘z xonasi va pochta qutisi bor san’at asari. 3-noyabr – “Mona Liza” afsonasining boshlanishi

    1507-yil 3-noyabr kuni Liza Cheraldini Leonardo da Vinchiga portret buyurtma qilgan edi. Shu tariqa bugun butun dunyo san’at ixlosmandlari uchun sevimli bo‘lgan mashhur san’at asari “Mona Liza” yaratildi. “Daryo” sana munosabati bilan “Mona Liza”ning yaratilish tarixi va u haqdagi qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtiradi.  

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Har bir sayyoh Parij shahriga tashrif buyurar ekan, Luvr muzeyiga borishni va italiyalik rassom Leonardo da Vinchining “Mona Liza” kartinasini ko‘rishni niyat qiladi. Dunyoning eng mashhur surati “Mona Liza” – italyan musavviri Leonardo da Vinchi tomonidan, taxminan, 1503-yilda chizilgan. Surat Uyg‘onish davridan bugungi kungacha san’at namunalari ichida eng mashhurlaridan biri hisoblanadi.

    Butun dunyoga mashhur “Mona Liza” kartinasi besh asrdan ko‘proq vaqtdan beri o‘z yaratilish tarixini sir saqlab kelmoqda. Rassom uni polotno ustida, hatto safar-sayohatlari paytida ham undan ajralmagan holda 15 yil ishlagan deyiladi manbalarda. Qizig‘i shundaki, hozirgacha butun dunyo olimlari “Jokonda” (kartinaning ikkinchi nomi) tabassumi ortida nima yashiringanini bilish ustida bosh qotiradi. Ko‘plab farazlar ilgari surilgan bo‘lsa ham ulardan hech biri nima uchun “Mona Liza” kartinasi 500 yildan so‘ng ham o‘z sirlarini ochishni istamayotganini tushuntirib berolmaydi.

    Mashhur Leonardo da Vinchi haqida

    Leonardo da Vinchi (1452–1519) sirli musavvir, olim. “Mona Liza” jumbog‘i ortidan musavvir shaxsiga bo‘lgan qiziqish yildan yilga oshib boraveradi. Asarda, aslida, kim tasvirlangani haqidagi taxminlar ko‘p, ammo bular kartinaning yaratilish tarixiga oid sirni oshkor qilolmaydi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Rassom atrofidagi reallikni, haqiqiy holatni kuzatishni xush ko‘rardi. U diqqatga sazovor nima ko‘rsa, belgilab boradigan yon daftaridan sira ayrilmasdi. Yaxshi taraqqiy etgan ichki kuzatuvchanlik, ilmning turli-tuman sohalaridagi chuqur bilimi tufayli Leonardo shunday xulosaga keladi: bir butun bo‘lib ko‘rinayotgan har bir narsa-buyum, aslida, qismlardan, parchalardan iboratdir, bu parchalar esa mutanosiblik, deb ataladigan ma’lum qonun asosida bir butunga aylanadi.

    Leonardo da Vinchi o‘z izlanishlarida Qadimgi Misr, Yunonistonda ma’lum bo‘lgan va san’atning turfa asarlarida keng qo‘llangan “Oltin kesim yoki ilohiy nisbat”ga juda yaqinlashib qolgandi.

    “Jokonda”ning siri nimada?

    Leonardo da Vinchi nafaqat musavvir, balki matematik ham edi. Butun umri davomida u san’atni raqamlar bilan bog‘lashga urindi. O‘z asarlarida Fibonachchining raqamlar tadrijiyligi deb nomlangan belgilardan foydalandi. “Mona Liza” – Leonardoning musavvir sifatidagi eng yuksak yutug‘i, uning karyerasida o‘ziga xos cho‘qqi. “Mona” nomi – “Madonna” so‘zining qisqartmasi, “my lady”, ya’ni “xonim afandim” ma’nosini anglatadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Kartinaning yana bir nomi – “Jokonda” esa polotno qahramonining eri — Fransesco Giosondo degan boy ipak savdogari familiyasidan olingan, bu rasmiy ma’lumot bo‘lsa-da, biroq hech qanday isbotga ega emas. Ayrim tadqiqotchilar kartinada begunoh ayol qiyofasida tasvirlangan Leonardoning o‘zini ko‘radi. Bu sirli tabassumli ayol kim bo‘lmasin, ayni vaqtda uning shaxsiyati emas, balki kartinaning yaratilish texnikasi muhim.

    Yashirin belgilar

    Ayrim tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, kartinadagi bo‘yoq qatlami tagida yana bir nechta tasvir yashiringan. Ehtimol, rassom shunchaki mashq qilgandir, ammo olimlarning aksariyatining ishonchi komilki, bu harakat ma’lum bir maqsad bilan amalga oshirilgan: Leonardo bo‘yoq tagiga rasmiy fanga hali ma’lum bo‘lmagan timsol va belgilarni yashirgan deb qaraladi.

    Ammo bular “Mona Liza” portreti o‘zida yashirgan sirning hammasi emas. Tadqiqotchilar uning jumbog‘ini yechishga qanchalik ko‘p urinsa, ko‘z o‘ngilarida shuncha ko‘p sir namoyon bo‘la boshlaydi. Tarixchilar ta’kidlashadiki, Leonardo da Vinchi ayol ibtidosining maftuni, Ona Ma’buda kultining targ‘ibotchisi edi. Balki, shuning uchun ham uning “Jokonda”si shu qadar jozibali va sirli jilmayganicha, o‘z yaratilishining tarixini besh asrdan beri yashirib kelmoqda deb hisoblanadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Qiziqarli faktlar:

    • Da Vinchi asarini Italiyada boshlagan bo‘lsa ham, Fransiyada nihoyasiga yetkazgan;
    • Da Vinchining shoh asari, ko‘pchilik o‘ylaganidek, matoga emas, terak taxtasiga chizilgan;        
    • Luvr muzeyida 2003-yilda to‘rt yillik kapital ta’mirlash ishlari boshlangan. Ta’mirlash jarayonida “Jokonda”ga maxsus xona ajratilgan;
    • 2010-yilda Italiya madaniy meros milliy qo‘mitasi xodimlari mikroskopik tekshiruv natijasida “Jokonda”ning o‘ng ko‘zida L.V. harflari yozilganini aniqlagan;
    • Rasm Luvr muzeyiga kelgan kunidan boshlab unga sevgi maktublari va gullar kela boshlagan. Hatto uning maxsus pochta qutisi ham bo‘lgan;
    • Fransiya mulkchilik qonuniga muvofiq, bu san’at durdonasi sotuvga qo‘yilishi mumkin emas. Luvr muzeyi kolleksiyasi sifatida “Mona Liza” jamoatchilik mulki hisoblanadi.

    04.11.2020, 08:05   Izoh (0)   19530
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Taniqli aktrisa Gavhar Sharipovaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga qanday jazo tayinlangani ma’lum bo‘ldi

    03.11.2020, 16:10

    “Zakovat” ko‘rsatuvida yangi boshlovchi ish boshladi. Abdurasul Abdullayevga nima bo‘ldi?

    29.10.2020, 22:59

    Yodgor Sa’diyev O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori etib tayinlandi

    29.10.2020, 12:11

    “Bojalar” Mo‘min Oripovning o‘limidan keyin bachkanalashib ketdimi? Javlon Shodmonov bu borada fikrini bildirdi (video)

    25.10.2020, 15:49

    Javlon Shodmonov ilk marta Mo‘min Oripovning o‘limiga sabab bo‘lgan avtohalokat tafsilotlarini ochiqladi (video)

    24.10.2020, 20:36

    Benksining kartinasi o‘n daqiqadan kamroq vaqt ichida qariyb 10 mln dollarga sotildi

    22.10.2020, 11:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.