AQShda 3-noyabr kuni prezidentlik saylovida ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tadi. Saylovdagi kurash amaldagi respublikachi prezident Donald Tramp va demokratlardan bo‘lgan sobiq vitse-prezident Jo Bayden o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. So‘rovlarning so‘nggi ma’lumotlari Baydenning ustunligini ko‘rsatmoqda, biroq 2020-yilda saylov yakunlarini prognoz qilish odatdagidan ko‘ra murakkabroq hisoblanadi. COVID-19 pandemiyasi sababli ko‘plab saylovchilar muddatidan oldin ovoz berdi. Vashingtondagi do‘konlar egalari esa har ehtimolga qarshi ovoz berish kuni yuz berishi mumkin bo‘lgan voqealarning har qanday rivojiga, shu jumladan, tartibsizliklarga tayyorlanishga qaror qildi hamda do‘konlari oldiga to‘siqlar o‘rnatdi. Meduza mazkur holat aks etgan suratlarni taqdim etdi.
AQShda 3-noyabr kuni prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi. Vashingtondagi do‘konlar egalari yuz berishi mumkin bo‘lgan tartibsizliklarga tayyorlandi (foto)
Mavzuga doir
×
Izoh (0)