Toshkentda qabrtosh tayyorlab berishni va’da qilib 54 yoshli ayolning 7,5 million so‘mini o‘zlashtirgan erkak ushlandi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha Toshkentning Yunusobod tumani huquqni muhofaza qilish organlariga 54 yoshli ayol M.I. murojaat qilib, 25-iyul kuni “Minor” qabristoni yaqinida marmardan qabr toshi yasab berishni va’da qilgan 31 yoshli farg‘onalik B.U.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.
O‘z xizmati uchun B.U. ayoldan 7,5 million so‘m olgan. Ammo ishni bajarmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, B.U. qo‘lga olingan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)