• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.57
    • RUB153.82
    • EUR14545.78
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Sikxlar qasosi. Indira Gandi qanday o‘ldirilgan edi?

    1984-yil 31-oktabrda Dehlidagi o‘z qarorgohida Hindiston bosh vaziri Indira Gandi o‘z qo‘riqchilari tomonidan o‘ldirildi. Ikki qo‘riqchi unga qarata qariyb 30 marta o‘q uzdi. Bu xiyonat Oltin ibodatxonadagi harbiy operatsiya uchun qasos edi – o‘shanda minglab sikxlar o‘ldirilgandi, hujumchilar esa xuddi shu diniy jamoaga tegishli edi. “Daryo” voqea tafsilotlari haqida hikoya qiladi. 

    Indira Gandi.

    Indira Gandi.
    Foto: Google Photos

    Sikxlar kim?

    XV asrda Panjobda asos solingan, Islom va hinduizm elementlarini o‘zida mujassam etgan monoteistik din bo‘lmish sikxizm izdoshlari turli jabhalarda hindlardan ajralib turadi. Aytishlaricha, sikxlar yolg‘onchilik yoki tilanchilik kabi illatlarni inkor etadigan maxsus xulq-atvor bilan hindlardan farq qiladi. Mustamlakachilik davridan beri sikxlar mohir jangchi, sodiq qo‘riqchi va dovyurak askar deb hisoblangan. Shuning uchun Britaniya general-gubernatorlarining shaxsiy qo‘riqchilari aynan ulardan tashkil topardi. Afsuski, Indira Gandi ham ushbu an’anaga amal qilishga qaror qilgandi. Biroq ushbu barcha fazilatlar alohida sikxlarni kurashning terroristik usullariga moyilligini bekor qila olmadi.

    Sikxlar mustaqillik istaydi

    1980-yillarning boshlarida Hindiston hukumati sikx ayirmachiligiga duch keldi: radikal tashkilotlar Panjob shtatining avtonomiyasini va u yerda Xaliston davlatini yaratishni talab qila boshladi. Ushbu masala atrofidagi qizg‘in bahs-munozaralar hozir ham mavjud. Hindiston esa sikxlar talab qilayotgan hududlarni o‘zining ajralmas qismi deb biladi. Surgundagi Xaliston hukumati va mustaqillik istovchi sikxlar harakati odatda Pokiston va Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

    Oltin ibodatxonadagi qirg‘in

    1982-yilda sikxlarning eng qat’iyatlilari diniy rahnamo Jarnoil Singx Bindranval atrofida to‘plandi, u o‘z muridlari bilan birgalikda Panjob viloyatida joylashgan sikxlarning muqaddas shahri bo‘lmish Amritsardagi Oltin ibodatxonaga joylashib oldi.

    Hindiston hukumati esa ushbu Oltin ibodatxonaga sikx terrorchilarining bazasi sifatida qarardi. 1984-yilning iyun oyida Indira Gandining qarori bilan “Moviy yulduz” deb nomlangan keng ko‘lamli harbiy operatsiya o‘tkazildi. Askarlar Oltin ibodatxonani qurshab oldi, unda qurollangan odamlar bilan birga 10 mingga yaqin sikx ziyoratchilari ham bor edi. Tashqariga chiqish buyrug‘iga atigi 129 kishi quloq soldi xolos. Keyin Gandi xonim ibodatxona majmuasi hududini tozalashga buyruq berdi. Tanklarning burmalari ibodatxonaga qaratildi.

    Radikallar yaxshi qurollangani sababli o‘rtada qonli qirg‘inbarot boshlanib ketdi, unda Hindiston hukumatining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 83 nafar hind askari va 500 ga yaqin sikx o‘ldirilgan edi. Qurbon bo‘lgan sikxlar orasida ibodatxonani himoya qilayotgan isyonchilardan tashqari, ziyoratchilar, shu jumladan, ayollar va bolalar ham ko‘p edi. Ushbu otishmada Jarnoil Singx Bindranval va uning harbiy maslahatchisi, sobiq Hindiston armiyasi generali Shohbek Singxlar ham halok bo‘ldi.

    Foto: Google Photos

    Norasmiy manbalar bir necha ming qurbon haqida xabar beradi va surgundagi sikxlar yetakchisi Jagjit Singx Chauxon “Gandi xonimning fashistik rejimi tomonidan 10 mingdan ortiq odam yo‘q qilindi”, — deb ta’kidlaydi. Oltin ibodatxonaga hujum qilish qarori Indira Gandi siyosiy faoliyatidagi eng munozarali qaror hisoblanadi. Ushbu inqirozni qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ymasdan hal qilish mumkin edi, degan fikrlar juda keng tarqalgan edi.

    Sikxlar qasosi

    Ushbu voqeadan so‘ng Indira Gandining atrofidagi eng yaqin insonlar qat’iy ravishda unga qo‘riqchilar korpusidan sikxlarni olib tashlash kerakligini tavsiya qildi. Biroq sikxlarning unga qo‘riqchilik qilishi endi xavfli ekanini yaxshi bilsa-da, bosh vazir qat’iylik bilan sikx qo‘riqchilariga ishonishda davom etdi.

    Qasos 1984-yil 31-oktabrda, ertalab  soat 9 dan 8 daqiqa o‘tganda yuz berdi. Bu aniq vaqtni Gandi xonim bilan televizion intervyu yozish uchun uning qarorgohiga kelgan ingliz aktyori va rejissyori Piter Ustinov belgilagandi. Aynan o‘sha kuni ekranda yaxshi ko‘rinish uchun Indira Gandi chiroyli libos kiyib, o‘q o‘tkazmaydigan jilet kiyishdan bosh tortgan edi.

    Bu vaqtda ikki qo‘riqchi Beant Singx va Satvant Singxlar allaqachon fitna uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rishardi. Qo‘riqlanadigan shaxsni tor yo‘lakda kutib olish maqsadida bo‘lgan Beant Singx hech narsadan shubha qilmagan boshqa bir hamkasbi bilan o‘z navbatchilik vaqtini almashtirib oladi, Satvant Singx esa oshqozoni bezovta qilayotganidan shikoyat qilib hojatxona yoniga joylashib oladi.

    Vaziyat shunday ediki, Ustinov bilan suhbatlashish uchun o‘z kabinetga borish jarayonida bosh vazir bir lahzaga o‘z qotillari orasiga tushib qoladi. Gandi soqchilarga qarab jilmayib qo‘yadi va shu payt Beant Singx unga qarata uch marta o‘q uzadi. Indira yiqilib tushadi, shundan so‘ng Satvant Singx o‘z o‘qdoni bo‘shab qolgunicha qurolidagi barcha o‘qlarni Indira Gandining tanasiga yo‘naltiradi.

    Foto: Google Photos

    “Men nima qilishim kerak bo‘lsa, shuni qildim. Endi sizlar xohlaganingizni qiling”, — deydi Beant Singx shovqinga yugurib kelgan soqchilarga qarata. Ertalab soat 9:30 da yarador Gandi kasalxonaga olib boriladi, ammo uni qutqarish, albatta, haqiqatga mos kelmasdi. Hindiston hukumati rahbari hushiga kelmasdan, soat 14:20 da vafot etadi.

    Qotillar taqdiri

    Ushbu suiqasddan keyin xo‘jayiniga sodiq qolgan sikx qo‘riqchilari va ikki jinoyatchi o‘rtasida otishma yuz berdi. Natijada, Beant Singx o‘sha yerda otib o‘ldirildi, Satvant Singx esa og‘ir yarador bo‘ldi, ammo tirik qoldi. 1986-yilda sud uni va boshqa bir sherigi Kehar Singxlarni osib o‘ldirish orqali o‘lim jazosiga hukm qildi.

    “Ko‘zga ko‘z siyosati barchani ko‘r qilib qo‘yadi”

    Mahatma Gandi

    Xalq orasida mashhur bo‘lgan Indira Gandining o‘ldirilishi hindlarni dahshatga soldi, ular bosh vazirlarini juda sevar edi. Mamlakat bo‘ylab sikxlarga qarshi o‘zboshimcha harakatlar va zo‘ravonliklarning boshqarib bo‘lmaydigan to‘lqini boshlanib ketdi. “Sikxlar Indiraning o‘limini nishonlamoqda”, deya tarqatilgan yolg‘on mish-mishlar tufayli hindlar yanada g‘azabga keldi.

    Olomon sikxlarni poyezdlar va mashinalardan qidirib topardi, ko‘chalarda ushlab olardi va o‘lgunicha kaltaklardi, ustiga benzin sepib tiriklayin yoqib yuborardi. Sikx ayollarini esa guruh bo‘lib zo‘rlashlar avj oldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 3-noyabrgacha uch mingga yaqin odam o‘ldirildi. Hatto Hindiston Prezidenti Giani Zail Singx va uning matbuot kotibi Tarlochan Singxlar ham tahdidlardan qutulib qolmadi. Olomon prezident kortejiga toshlar otdi, yordamchisining mashinasi esa parchalab, yoqib yuborildi.

    Hindistonning barcha shtatlarida sikxlar va hindlar o‘rtasida ko‘plab yangi to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Kamida 10 ming kishi sikxlarga qarshi g‘alayon qurboniga aylandi. Bunga javoban, sikxlar 1987-yil 7-oktabrda mustaqil ravishda Xaliston davlati tashkil etilganini e’lon qildi. Indira Gandi tanasini kuydirish marosimida uning o‘g‘li Rajiv Gandi o‘z vatandoshlarini zo‘ravonliklarga chek qo‘yishga chaqirdi.

    “Onam hindlar bir oila bo‘lib yashashlari uchun jonini fido qildi. Uning xotirasini haqorat qilmang! “, deya onasi o‘ldirilgan kuni kechqurun saylangan yangi bosh vazir xalqqa murojaat qildi.

    Taqdir esa Rajiv Gandini ham zo‘ravonlik qurboni bo‘lishini xohlardi. 1991-yil 21-mayda u xudkushlik hujumi natijasida vafot etdi. Ammo bu endi umuman boshqa hikoya...

    Nurbek Alimov tayyorladi.

    01.11.2020, 12:41   Izoh (0)   72208
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Avstriyada qaytadan qat’iy karantin joriy etiladi

    01.11.2020, 12:19

    Turkiyadagi zilzilada halok bo‘lganlar soni 43 kishiga yetdi

    01.11.2020, 11:23

    Portugaliya hukumati aholining mamlakat bo‘ylab harakatlanishini taqiqlab qo‘ydi

    01.11.2020, 08:33

    Xitoyda koronavirus epidemiyasi ikkinchi to‘lqinining boshlanishi ehtimoli kamligi aytilmoqda

    01.11.2020, 07:31

    Belarusda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida 1-noyabrdan mamlakatga chet elliklarning kirishi taqiqlanadi

    01.11.2020, 06:30

    Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 35 kishiga yetdi

    31.10.2020, 23:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 1-avgust kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    O‘zbekiston | 31 iyul, 11:50

    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

    Reklama | 31 iyul, 10:30

    Namanganda harakatlanayotgan mashina tomiga o‘tirib, video olgan ayolga chora ko‘rildi (video)

    O‘zbekiston | 31 iyul, 11:45

    Kamchatkadagi kuchli zilziladan so‘ng Yevrosiyodagi eng yirik vulqon otildi (video)

    Dunyo | 31 iyul, 11:40

    Shakarsiz gazli ichimliklar qandli diabetga chalinish ehtimolini 38 foizga oshirishi aniqlandi

    Ilm-fan | 31 iyul, 11:38

    “Real” va “Atletiko” bir futbolchiga qiziqish bildirmoqda

    Sport | 31 iyul, 11:37

    Rossiya 2025-yil urushga kamida 902 nafar O‘zbekiston fuqarosini yolladi — “Xochu jit” loyihasi

    O‘zbekiston | 31 iyul, 11:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.