UEFA Yevropa Ligasining 2-tur yakunlari bo‘yicha haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomini ma’lum qildi.

Foto: Twitter

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, “Volfsberg” yarim himoyachisi Mixael Lindl haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga loyiq ko‘rilgan. 35 yoshli futbolchi “Feyenoord”ga qarshi o‘yinda (4:1) uchta gol muallifiga aylangandi.

Ushbu nom uchun shuningdek, quyidagi futbolchilar ham kurash olib borgandi.

  • Elvis Manu (“Ludogorets”) — LASKka qarshi o‘yinda het-trik qayd etdi;
  • Doniyell Malen (PSV) — “Omoniya”ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi;
  • Al-Fardu bin Nabuan (“Srvena Zvezda”) — “Slovan L”ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!