• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Barchaga bag‘rini ochgan Shvetsiya nega o‘zbekistonliklarni qabul qilmayapti? Shvetsiyada sakkiz yildan beri yashayotgan Aisha Aliyeva hikoyasi

    Har yili dunyo bo‘ylab o‘tkaziladigan reytinglarga ko‘ra, Shvetsiya eng baxtli insonlarlar yashaydigan davlatlar o‘ntaligiga kiradi. Bundan tashqari mamlakat Yevropadagi muhojirlar yashaydigan eng yaxshi davlat sifatida ko‘p bora e’tirof etilgan. Xo‘sh, Shvetsiyada migrantlar uchun qanday imkoniyat va imtiyozlar bor? Mamlakatda  yashash va ishlash uchun nimalar qilish kerak? Bu haqda “Daryo”ga ko‘p  yillardan buyon Shvetsiyaning Stokgolm shahrida istiqomat qilayotgan Bobur Umurzakov va Aisha Aliyeva batafsil hikoya qilib berdi.

    Shvetsiya hayajoni

    Men Aisha Aliyeva, yoshim 23 da. Bu yerga 8 yil oldin oilam bilan ko‘chib kelganmiz. Shvetsiyaga kelganimizning birinchi yilidayoq doimiy yashash guvohnomasi olganmiz.

    Foto: Instagram / @Aishaliieva

    Foto: Instagram / @Aishaliieva

    Boshidan batafsil aytib beradigan bo‘lsam, onam asli o‘zbekistonlik. Qirg‘izistonga kelin bo‘lib tushganlar. Men Bishkekda tug‘ilganman. Ota-onam ko‘p o‘tmay o‘z bizneslarini boshlash uchun Qozog‘istonga ko‘chib ketishdi. Meni esa xolamnikiga – Toshkentga yuborishgan. Poytaxtdagi maktabda 6-sinfgacha tahsil olganman.

    Ota-onam o‘zlarini moddiy jihatdan tiklab olganidan so‘ng meni yoniga chaqirganlar. Shunday qilib, 6-sinfdan boshlab Qozog‘istonda oilam bag‘rida o‘qishimni davom ettirdim. Bir necha yildan keyin uydagilarim ma’lum bir sabablarga ko‘ra boshqa davlatga, ya’ni Shvetsiyaga ko‘chib ketishga qaror qilishdi. O‘shanda 15 yoshda edim.

    Ko‘pchilik yangi davlatga ko‘nikib ketishga qiynalmaganmisiz, deb so‘raydi. Ochig‘ini aytganda, ota-onam yonimdaligi uchun men boshqa davlat hayajonini, qiyinchiliklarini sezmaganman. Umuman olganda, yangi muhitga moslashish qiyin kechmagan. Ikki yil davomida shvet tilini o‘rgandim. Keyinchalik Bobur aka bilan sovchi orqali tanishib, oila qurdik. Hozir ikki farzandimiz bor.

    Foto: Instagram / @Aishaliieva

    Foto: Instagram / @Aishaliieva

    Shvetsiyaga borish yo‘llari haqida

    Shvetsiyaga ko‘chib kelganimizda juda yosh edim. Ota-onam qanday hujjatlar tayyorlagan, qanday muammolarga duch kelishgan, ochig‘i, bilmayman. Lekin turmush o‘rtog‘im 15 yildan beri shu yerda yashaydi. U bu haqda batafsil ma’lumot berishi mumkin.

    Bobur Umurzakov:

    Shvetsiya aslida migrantlarga to‘la davlat. Mamlakatga kuniga turli xil yo‘llar bilan minglab muhojir kirib keladi.

    Masalan, men bu yerga 15 yil oldin kelganman. O‘shanda o‘zbek san’atkorlari bilan birgalikda Germaniyaga gastrolga borganmiz. Keyin Germaniya elchixonasidan Shvetsiyaga borish uchun bizga hujjat tayyorlab berishgan. Shundan keyin bu yerda ishlab, doimiy yashash guvohnomasi olganman.

    Foto: Instagram / @Aishaliieva

    Foto: Instagram / @Aishaliieva

    Ko‘pchilik davlatga sayyohlik vizasi bilan yoki Polsha, Norvegiyaning bir yillik ish vizasi bilan keladi. Lekin hozir migratsiya ancha qiyin bo‘lib qolgan. Polsha ish vizasi bilan hech kim bu yerda ishlolmaydi.

    Mamlakatga kelgan muhojir dastlab migratsiya xizmatiga kelish sababini aytib, murojaat qiladi, kerakli hujjatlarini topshiradi. Masalan, suriyaliklar yurtidagi ziddiyatlar, bosimlar haqida yozib, yordam so‘raydi.

    Migratsiya agentligi hujjatlarni ko‘rib chiqib, lozim topsa, muhojirni uzoq qishloqlarga yuboradi. Ishlashi uchun kartochka beradi. Yashash uchun yetadigan pul va boshpana bilan ta’minlaydi.

    Avvallari O‘zbekistondan keladiganlar uchun vaziyat va holatdan kelib chiqqan holda qo‘shimcha imkoniyatlar bo‘lardi. Lekin 2016-yil Shavkat Mirziyoyev prezident bo‘lgandan buyon qo‘mita O‘zbekistonda odamlarni yashashiga to‘sqinlik qiluvchi muammoni ko‘rishmayapti. O‘zbekiston tinch, yashash uchun kerakli sharoitlar bor deb tezroq hujjatini chiqarib, ortga qaytarib yuborishyapti.

    Foto: Instagram / @Aishaliieva

    Foto: Instagram / @Aishaliieva

    Kundan kunga migratsiya qiyinlashib bormoqda

    Avvallari muhojir bu yerda kimgadir uylansa, mamlakatda qolish imkoniyati bo‘lardi. Shuning uchun ayrimlar yolg‘ondan bo‘lsa ham oila qurardi. Lekin tashkilot ham ahmoq emas. Ular birga yashayaptimi, yo‘qmi bilish uchun tashkilot kelib, kerak bo‘lsa intim savollar berib bo‘lsa ham buni tekshirib turishadi.

    O‘qish uchun ham Shvetsiyaga kelish mumkin. Bu yerda universitetlar asosan tekin. Har bir oliygohning belgilangan ballari bor. Abituriyentlar shunga qarab hujjatlarini topshirishadi. Talablarga javob bersa bo‘ldi, o‘qishga kiradi.

    Lekin bir narsani ochiq aytishim kerak, Shvetsiyada 15 yildan buyon yashayotgan bo‘lsam, haligacha biror marta o‘qishga kelib, qoldim degan gapni eshitmadim.

    Foto: Instagram / @Aishaliieva

    Foto: Instagram / @Aishaliieva

    Mamlakatda ishlash qoidalari

    Shvetsiyada ishchi vizasi ikki yilga beriladi va buni muhojir ishlayotgan tashkilot tayyorlab beradi. Mamlakatning qonunlariga ko‘ra keyingi ikki yilni ham o‘sha tashkilotdan olishi kerak. Boshqa joyga ishga o‘tsa, yana boshidan boshlashiga to‘g‘ri keladi. Ikki bor ishchi vizasini olgan odam keyingisini boshqa tashkilotdan olishi mumkin. Uchinchi ishchi vizasidan olib, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab borsa, keyinroq fuqarolik olish uchun topshirishi mumkin.

    Til bilgan muhojir pul topishga qiynalmaydi

    Shvetsiyada ham Rossiyadagidek qora ish qiladiganlar bor, lekin agar migrant til biladigan bo‘lsa migratsiya bergan hujjat bilan ham yaxshi joyda ishlashi mumkin.

    Aisha Aliyeva:

    Qo‘shimcha qilsam, migrantlar odatiy yumushlar - tozalash bilan shug‘ullanadigan firmalarda, qurilishda ishlashi mumkin. Mamlakat qonunlariga ko‘ra, talabalarning ishlashiga ham ruxsat berilgan. Talabalar ko‘proq ofitsiantlik qilishadi, ofis va mehmonxona qabulxonalarida ishlaydi. Yana bir muhim fakt -  shvet tilini bilish shart emas. Ingliz tili bilan ham pul topsa bo‘ladi.

    Foto: Instagram / @Aishaliieva

    Foto: Instagram / @Aishaliieva

    Shvetsiyada o‘rtacha oylik – 2,5-3 ming dollar

    Shvetsiyada o‘rtacha oylik dollarga hisoblaganda 2,5-3 ming dollar atrofida bo‘ladi. Lekin bu yerda ham boshqa joylarga o‘xshab, kasblarning minimum beriladigan summasi bor. Masalan, qurilishda minimal qonun bo‘yicha belgilagan narxi soatiga 140 kron (14 yevro), mehmonxona tozalovchilarining soati esa 100 krondan (10 yevro) boshlanadi. Albatta, bu soliqni hisoblamaganda.

    Shvetsiyadan o‘rnak oladigan joylarimiz ko‘p

    Ochig‘ini aytganda, nafaqat O‘zbekiston, balki boshqa davlatlarning ham Shvetsiyadan o‘zlashtiradigan jihatlari juda ko‘p. Aynan uch kategoriya bo‘yicha izohlab bermoqchiman:

    Birinchidan, tibbiyot hamma uchun tekin. Masalan, turli xil og‘ir kasalliklar, 3 yoshdan 21 yoshgacha stomatologlar xizmati va umuman barcha xizmatlar tekin. O‘zbekistonda ham tibbiy xizmatlardan foydalanish tekin deyishingiz mumkin, lekin tekin joyiga hech kim bormasligini yaxshi bilamiz. Bu yerda esa tekinligi bilan birga sifati ham a’lo darajada.

    Ikkinchidan, maktablar, universitetlar bepul va 65 yoshgacha o‘qish mumkin. O‘qishdan beriladigan ovqatlar ham tekin. Aniq faktlar misolida aytadigan bo‘lsam, maktablar har bir o‘quvchi uchun oyiga ming yevro sarflaydi. Hozir Fölkhögskola kollejida o‘qiyman. O‘qishim har oy 1 100 dollar stipendiya beradi.

    Uchinchidan, fuqarolarni ijtimoiy himoyasi ham yuqori daraja. Försäkringskassa degan bir tashkilot bor. Agar birorta inson kasal bo‘lib qolsa yoki qo‘li sinib bir oy ishlolmay qolsa, ikki hafta ishxonasi qolgan ikki hafta Försäkringskassa pul bilan ta’minlaydi. Yoki nimadir bo‘lib ishini yo‘qotsa, yana o‘sha tashkilot yordam beradi.

    Yana bir tarafi homilador ayollarga homiladorlik ta’tili puli va bolalarni nogironlik, 18 yoshgacha bo‘lgan yordam pullari ham Försäkringskassa’dan olinadi.

    Foto: Instagram / @Aishaliieva

    Foto: Instagram / @Aishaliieva

    Shvetsiyada millat, din ajratilmaydi

    Mamlakatda har bir din vakillariga yaxshi munosabatda bo‘lishadi. Musulmon, ateist, buddist deb hech qachon ajratilmaydi. Umuman dinning ahamiyati yo‘q. Eng muhimi, birovga zarar yetkazmasa bo‘lgani.

    Shvetsiyadagi o‘zbeklar

    Shvetsiyada o‘zbeklar juda ko‘p. Qirg‘iziston, Qozog‘istondan kelgan o‘zbeklarni ham ko‘p uchratish mumkin. Adashmasam, Shvetsiyada 20 mingga yaqin o‘zbek yashasa kerak. Chunki avtobus, metro va jamoat joylarida o‘zbekcha muloqotlar ko‘p quloqqa chalinadi.

    Bobur Umurzakov: 

    O‘zbeklar orasida munosabat yaxshi emas

    Ochig‘ini aytganda, o‘zbeklar, guruh-guruh bo‘lib yurganlarni aytmaganda, bir-birlari bilan yaxshi muomala qilmaydi. Ko‘cha-ko‘yda o‘zbekcha so‘zlar quloqqa chalinsa ham borib, hech kim tanishmaydi. Boshqa millatlarga qaraganda o‘zbeklar orasida munosabat unchalik yaxshi emas deb o‘ylayman. Sababi, ozarbayjon, chechen, armanlarni ko‘raman, yurtdoshlari bilan judayam ahil, oqibatli...

    Foto: Instagram / @Aishaliieva

    Foto: Instagram / @Aishaliieva

    Misol uchun, bir ozarbayjonlik tanishim bor edi. Bir kuni vatanidan yosh oilani ko‘chib kelganini qayerdandir eshitib qolib, ularni telefon raqamini topib, uyiga borgan. Hol-ahvol so‘rab, ehtiyoji bo‘lgan televizor va divan olib borib bergan. Aslida bir-birlarini umuman tanimaydi, lekin bir joydan bo‘lgani uchun shunchalik mehribonlik qilgan. Afsuski, bizda unday emas.

    Agar o‘zbek ko‘chada qolib ketsa...

    Ilohim, bu hech kimning boshiga tushmasin, lekin agar biror yurtdoshimiz bu yerda ko‘chada qolib ketsa, albatta yordam beramiz. U xoh o‘zbek bo‘lsin, xoh boshqa millat insoniylik yuzasidan ham ko‘mak beriladi.

    Ishonch bilan aytamanki, Shvetsiya hukumati hech kimni ko‘chada qoldirib qo‘ymaydi. Ularni yangi kelganlar uchun ajratilgan uyga joylashtiradi, uch mahal ovqat bilan ta’minlaydi. Kiyimi bo‘lmasa, olishi uchun pul beriladi.

    Xullas, Shvetsiyaga kelgan odam ko‘chada qolib ketmasligiga kafolat bor.

    Foto: Instagram / @Aishaliieva

    Foto: Instagram / @Aishaliieva

    Aisha Aliyeva:

    Shvetsiyadagi hayotimiz

    Shvetsiyada davlat kvartirasida ijarada turamiz. Bu kabi uylarni olish uchun odamlar yillab navbatda turadi. Bu davlatning uyi to‘g‘ri, lekin agar siz shovqin qilib, qo‘shnilarning tinchini buzmasangiz, uyni sizdan hech kim olib qo‘yolmaydi. Haydab chiqarib yuborolmaydi.

    Hayotimdan mamnunman

    Alhamdulillah, bu yerda hayotim o‘zim xohlagandek. Ota-onam yonimda, turmush o‘rtog‘im meni hamisha qo‘llab-quvvatlaydi. Bolalarim bog‘chaga boradi. Shu davlat yaratib bergan barcha sharoitdan judayam mamnunman. O‘zimni bu yerda juda erkin his qilaman.

    Hozirda Fölkhögskola kollejining 3-bosqichida tahsil olaman. O‘qish va bolalar tarbiyasidan ortib, YouTube’da vlogerlik qilaman. Shvetsiyada yashash, mamlakatdagi o‘zbeklarning hayoti,turmush tarzi haqida turli xil vloglar olib, kanalimga joylab boraman.

    Foto: Instagram / @Aishaliieva

    Foto: Instagram / @Aishaliieva

    Kelajakdagi niyatlarim judayam ko‘p. O‘zim orzu qilgan kasbga o‘qishni, Qur’oni karimni yodlashni hamda hamma onalar kabi farzandlarimga chiroyli tarbiya berib, ularning yaxshi inson bo‘lishlarini istayman.

    Xonzodabegim A’zamova suhbatlashdi

    Mavzuga doir:

    “Hayotimizni yaxshilash uchun Portugaliyaga kelganmiz”. Portugaliyada o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan o‘zbekistonlik ayol hikoyasi

    “Bir yilda o‘rtacha 15 daqiqa elektr o‘chishi mumkin”. Daniyada yashayotgan o‘zbekistonlik ayol bilan suhbat

    Rossiyaga o‘qishga borgan talabani qanday hayot kutmoqda? O‘zbekistonlik Zarnigor Omonillayeva hikoyasi

    Google’da ishlayotgan o‘zbek yigiti nima uchun O‘zbekistonga qaytmoqchi emas?

    Buyuk Britaniyada o‘qib, hozirda o‘sha yerda ishlayotgan o‘zbekistonlik Nurxon Egamova hikoyasi

    Milliarderlar poytaxti Dubayda ishlayotgan o‘zbekistonlik Murod Komilov hikoyas

    13 marotaba IELTS imtihonini topshirib, 8.5 ball natijani qayd etgan Bekzod Mirahmedov hikoyasi

    “Barchasi uchun Xitoydan minnatdorman!” Xitoyda doktoranturada o‘qiyotgan o‘zbekistonlik Nafosat Tojiboyeva hikoyasi

    Germaniyada o‘qish osonmi? O‘zbekistonlik talaba hikoyasi

    Kim bo‘lsang ham eng yaxshisi bo‘l! Garvard tibbiyot oliygohining ilmiy tadqiqotchisi o‘zbekistonlik Jamshid Jambulov hikoyasi

    30.10.2020, 11:22   Izoh (0)   180113
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda savdo cheklari asosida o‘tkazilayotgan yutuqli o‘yin endi butun O‘zbekiston bo‘ylab tashkil qilinadi

    30.10.2020, 10:59

    DTM sentabr oyidagi qariyb 15 mlrd so‘mlik kepka, qo‘lqop, tibbiy niqob, suv va ruchka xaridlari hamda tushliklar yuzasidan tushuntirish berdi

    30.10.2020, 10:35

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi: Qur’oni karimni tahqirlashga hech kimning haqqi yo‘q!

    30.10.2020, 10:11

    O‘zbekistonda milliy innovatsion tizimni modernizatsiya qilish loyihasi uchun Jahon banki 50 mln dollar ajratdi

    30.10.2020, 09:12

    USAID O‘zbekistondagi bog‘dorchilikka 23 mln dollar investitsiya jalb qilishga yordam berdi

    30.10.2020, 08:55

    Sobiq Turkuaz’ni sotib olishga tayyor nomzod paydo bo‘ldi

    30.10.2020, 08:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.