• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qarshi shahri 7 kundan buyon suvsiz qolmoqda. Do‘konlarda ichimlik suvining litri 1000 so‘mga chiqdi

    Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri yetti kundan buyon suvsiz qolmoqda. Shahardagi savdo do‘konlarida sotilayotgan ichimlik suvining litri esa 1000 so‘mga chiqdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

    Foto: “Daryo”

    Ta’kidlanishicha, shaharda ichimlik suvi 2020-yilning 21-oktabr kuni soat 17:00 da o‘chirilgan bo‘lib, 23-oktabr kuni soat 09:00 da qayta ulanishi va’da berilgan. Biroq, shaharga 28-oktabrda ham suv berilmagan.

    “Bir-ikki kun suvsizlikka chidash mumkin. Ammo yetti kun suvsiz yashash judayam qiyin. Boz ustiga ko‘p qavatli uylarda”, — deydi shaharning 6-mitti tumanida istiqomat qiluvchi aholi vakillari.

    Foto: “Daryo”

    “Qashqadaryo suv ta’minot” Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘i Valisher Haydarovning aytishicha, shahar aholisining suvsiz qolishiga “1-son kompleks loyiha qurilish va montaj” xususiy korxonasi aybdor.

    “‘1-son kompleks loyiha qurilish va montaj’ xususiy korxonasi shaharni uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlashni nazarda tutuvchi loyihani qo‘lga kiritib, 16,5 milliard so‘m pul olgan va 1,5 km suv quvurini ta’mirlagan. Lekin quvur ta’mirlanganiga hech qancha vaqt bo‘lmasdan, 8 ta joyidan yorildi. Oqibatda biz shahar aholisiga berilayotgan suvni to‘xtatib, ta’mirlash ishlarini bajarishga majbur bo‘ldik”, — deydi Valisher Haydarov.

    Valisher Haydarov.

    Valisher Haydarov.
    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Qarshi shahri ichimlik suvi tizimini rekonstruksiya qilishga 16,5 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, mazkur mablag‘ evaziga shaharning Paxtazor, 4, 5, 6, 7-mitti tumanlari uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

    “Montaj ishlari shu yil avgust oyida bajarilgan edi. Ish chala bo‘lgani bois hech qancha vaqt o‘tmasdan yaroqsiz ahvolga keldi”, — deydi “Qashqadaryo suv ta’minot” Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘i Valisher Haydarov.

    Foto: “Daryo”

    Mas’ullar shahar aholisining suvsizlikdan qiynalib qolmasligi uchun ichimlik suvi tashuvchi avtomobillarda suv yetkazib berilayotganini ta’kidlashsa-da, amalda bu gaplar yolg‘on bo‘lib chiqmoqda. Buni viloyatda faoliyat yurituvchi blogerlar ham tasdiqlamoqda.

    Foto: “Daryo”

    “Inson chiroqsiz amallab, sham yorug‘ida o‘tirishi mumkin, gaz bo‘lmasa, o‘tin yoqishi ham mumkin. Ammo suvsizlik, bu juda og‘ir masala. Ba’zida shaharda yashab turib, katta idishlarda suv tashiyotganlarni ko‘rsam, achinib ketaman, menimcha, eng birinchi navbatda eng zarur sohalarga e’tibor qaratish kerak, suv ta’minoti esa aynan mana shunday og‘riqli nuqtamiz. Menimcha, eng avvalo, mana shu og‘riqni davolash kerak. Poytaxtda sitilar yarqirab turganda viloyatdagilar Afrika davlatlaridagidek suv tashib yurishi haqiqatan yig‘latadigan holat”, — deydi bloger Otabek Artikov.

    Foto: “Daryo”

    “Shuncha kun davomida ‘dom’imizga suv berilmadi. Suvsizlikdan juda qiynaldik. Savdo do‘konlarida suvning bir litri 1000 so‘mga chiqdi. 5 litrlik ichimlik suvini 5000 so‘mdan sotib oldik”, — deydi shaharning 6-mitti tumanida yashovchi aholi vakillari.

    Svetlana Kulatova ismli fuqaro esa shaharning 6-mitti tumanida ichimlik suvi bir necha yildan buyon muammoli ekanligini aytmoqda.

    Foto: “Daryo”

    “Murojaat qilmagan joyim qolmadi, birortasi telefonni ko‘tarmaydi. ‘Istiqlol’ mahallasi raisi ham, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rasi ham telefonini o‘chirib qo‘ygan. Qashqadaryoda qachongacha suv muammo bo‘ladi. Biz qaysi asrda yashayapmiz o‘zi”, — deydi Svetlana Kulatova.

    Yana bir bloger Husan Komiljonov esa “Yillar davomida Qarshi shahridagi suv quvurlarini almashtirishga ajratilgan milliardlab pullarning yeb ketilishi oqibatida shahar aholisi shunday ahvolga tushib qoldi”, deydi.

    Mazkur ayblovlarga javob bergan “1-son kompleks loyiha qurilish va montaj” xususiy korxonasi rahbari Zayniddin Salomov suv quvurlarini yangilash uchun ularga 16,5 milliard emas, 15,5 milliard mablag‘ berilganini, qolaversa, suv quvuri 8 ta joydan emas, 1 ta joydan yorilib ketganini aytib, “Qashqadaryo suv ta’minot” Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘i Valisher Haydarovning gapini rad etdi.

    Zayniddin Salomov.

    Zayniddin Salomov.
    Foto: “Daryo”

    “Bizga ikkita joy yorilgan deb ko‘rsatishdi. Biz qo‘ygan ‘truba’lar emas, eski ‘truba’lar yorilgan ekan. Yana bir joyda muammo bo‘lib turibdi. Hozircha muammo aniq nimada ekanligi noma’lum. Ustalarimiz Jizzax viloyatidan edi. Ularni chaqirtirib, kamchilikni bartaraf etamiz. Hozirgi kamchilik sinov davridagi holat bo‘lib, bunday holat yuzaga kelishi tayin edi. Shunga qaramasdan, biz kamchiliklarni tez orada bartaraf etamiz”, — deydi Zayniddin Salomov.

    Foto: “Daryo”

    Zayniddin Salomovning ma’lumot berishicha, qurilish tashkiloti ishni bajarguncha aytilgan mablag‘dan bir so‘m ham berilmagan. Ish tugatilgach mablag‘ning 30 foizi tashkilot hisob raqamiga o‘tkazilgan.

    Foto: “Daryo”

    Suv ta’minoti va oqova suv obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi viloyat hududiy boshqarmasi mas’uli Laziz Jo‘rayevning aniqlik kiritishicha, qurilish tashkilotiga avgust oyida bajargan ishi uchun 22-oktabr kuni umumiy mablag‘ning 30 foizi to‘lab berilgan. Qolgan mablag‘ esa ish yakunlangach beriladi.

    “Daryo” suvsizlikdan qiynalayotgan aholi muammosi qanday yakunlanishini kuzatishda davom etadi.

    28.10.2020, 16:11   Izoh (0)   26434
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mobiuz va Perfectum bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi, Ucell esa optimallashtiriladi

    28.10.2020, 15:58

    O‘zbekistonda 1-oktabrdan to‘yxonalarda to‘y o‘tkazishga ruxsat berilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda shu vaqtgacha biror marta rasmiy axborot berilmagan

    28.10.2020, 15:34

    Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan “O‘zavtosanoat” transformatsiya qilinadi

    28.10.2020, 15:10

    Sharofiddin Baxriddinov “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasiga rais etib tayinlandi

    28.10.2020, 14:36

    Qashqadaryodagi terimchi oila 38 kun paxta terib, 41 million so‘m daromad qildi

    28.10.2020, 13:58

    Toshkent chorrahalariga o‘rnatilgan kameralarning litsenziyasi tugadi

    28.10.2020, 13:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kameralardan yiroqda: oddiy hayot kechirish uchun kinoni tark etgan 5 aktyor

    Kino | 17 avgust, 15:50

    Ka’ba eshigining yopinchig‘i O‘zbekistonga olib kelindi (video)

    O‘zbekiston | 17 avgust, 15:20

    Forish tumani hokimi o‘rinbosari 20 ming dollar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 14:53

    AQSH birinchi xonimi Putinga maktub yo‘lladi

    Dunyo | 17 avgust, 14:15

    Toshkent ijarada turmoqchi bo‘lgan talabalarni chuv tushiruvchi firibgarlar paydo bo‘ldi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 13:40

    “Netanyaxuning o‘zi muammoga aylangan” — Daniya bosh vaziri

    Dunyo | 17 avgust, 13:05

    Heytga uchragan Kerem Bursin, Pokizaning g‘alati hobbisi, Hande Erchelning nikoh marosimi — Turk kinosi yangiliklari

    Shou-biznes | 17 avgust, 12:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.