Sloveniya hukumati koronavirus tarqalishi sababli fuqarolarga o‘zlari yashaydigan hududni tark etishni taqiqladi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Fuqarolar o‘zlari yashaydigan shaharlardan faqat ish bo‘yicha yoki oilaning keksa a’zolariga qarash uchun, shuningdek, tibbiy asos mavjud bo‘lganda chiqishi mumkin.
Cheklovlar 27-oktabrdan kuchga kiradi va kamida bir hafta amal qiladi.
Aholisi ikki million kishini tashkil qiladigan Sloveniyada 26-oktabr kuni koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 1130 ta yangi holat aniqlangan, o‘tkazilgan testlarning 30 foizi ijobiy natija bilan chiqqan.
Bunga qadar mamlakatda ketma-ket besh kun davomida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kuniga 1500 tadan ortiq yangi holat aniqlangan.
Mavzuga doir:
- Chexiyada COVID-19 bilan kasallanishlar soni ko‘paygani uchun fuqarolarning ko‘chada yurishiga cheklov qo‘yiladi
- Daniyada 10 kishidan ortiq odamning bir joyda to‘planishi va soat 22:00 dan keyin alkogol sotish taqiqlandi
- Dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 43 mln kishidan oshdi
- JSST yaqinda qayd etilgan antirekorddan keyin COVID-19’ga chalinish holatlari kamayganini ma’lum qildi
Izoh (0)