Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning amakisi Nurmagomed Nurmagomedov jiyanining siyosatga qiziqmasligini ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Habibga siyosat kerak emas. U butkul boshqacha odam, u o‘zining sportini rivojlantirishni, bolalarga biror narsa berishni, xayriyalar qilishni yoqtiradi. Unda siyosat va boshqaruvga umuman qiziqish yo‘q”, — deydi Nurmagomedov.

Avvalroq Habib Nurmagomedov Dog‘iston prezidentligiga munosib nomzod ekani haqidagi maqola e’lon qilingandi. Biroq yakkakurashchining o‘zi siyosatga qiziqmasligini bir necha bor ta’kidlagan.

24-oktabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) “Jangchilar oroli”da bo‘lib o‘tgan musobaqa asosiy jangida Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘zaro to‘qnash keldi. Unda rossiyalik sportchi ikkinchi raundda raqibiga bo‘g‘ish usulini qo‘llab g‘alaba qozondi. Jangdan keyin Habib faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.

UFC 254 musobaqasi barcha janglarini bu yerda tomosha qilish mumkin — video.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Afg'oniston
Amerikaliklarga qaraganda samaraliroq: “Tolibon” Afg‘onistondagi ko‘knori maydonlarini qanday yo‘q qilmoqda?
Dunyo
Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari
Mahalliy
“Protivogaz kiydirib uribdi, bo‘g‘ishgan, barmoq izlari bor, itni ham bu darajada qiynoqqa solmaydi” — Bo‘kadagi IIB binosida o‘ldirilgan marhum haqida (video)