• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Dashnoqlarning o‘z uyidagi zarbasi. Armaniston parlamentiga terroristik hujum tarixi

    Bundan roppa-rosa 21 yil oldin, 1999-yilning 27-oktabr kuni Armaniston parlamentida sodir etilgan terroristik harakat respublikada jiddiy siyosiy inqirozni keltirib chiqargandi. Bir guruh qurollangan shaxslarning hujumi natijasida Armaniston bosh vaziri Vazgen Sarkisyan, Milliy majlis raisi Karen Demirchyan va yana olti kishi – hukumat a’zolari va Milliy majlis deputatlari o‘ldirildi. Yetti kishi jarohat oldi, 40 dan ortiq odam garovga olindi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Terroristik hujumdan oldin Armanistondagi ichki siyosiy vaziyat

    1998-yil fevral oyida Qorabog‘ masalasida, bosh vazir Robert Kocharyan, mudofaa vaziri Vazgen Sarkisyan, Ichki ishlar va milliy xavfsizlik vaziri Serj Sarkisyanlardan iborat triumvirat bosimiga qarshi tura olmagan Armaniston prezidenti Levon Ter-Petrosyan iste’foga chiqdi. Robert Kocharyan esa vaqtinchalik prezident lavozimiga ega bo‘ldi va 1998-yil 30-martda bo‘lib o‘tgan muddatdan oldingi saylovda prezident etib saylandi.

    Vazgen Sarkisyan va Serj Sarkisyan huquqni muhofaza qilish idoralarida mas’ul bo‘lib qoldi va barcha hokimiyat aslida ularning qo‘lida yig‘ilgan edi. Bir necha oydan so‘ng Vazgen Sarkisyanga yaqin bo‘lgan bir necha kishilar sirli qotilliklar qurboni bo‘ldi: 1998-yil 8-avgustda Armaniston Bosh prokurori Genrix Xachatryan, 1998-yil 10-dekabrda mudofaa vazirining o‘rinbosari Vagram Xorxoruni, 1999-yil 9-fevralda Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, ichki qo‘shinlar qo‘mondoni Artsrun Margaryan, 1999-yil 8-martda jurnalist Tigran Ayrapetyanlar o‘ldirildi. Ko‘rib turganingizdek, teraktgacha bo‘lgan Armanistonning siyosiy hayoti turli xil hokimiyat talashuvlariga boy bo‘lib, o‘ziga xos “Taxtlar o‘yini” ssenariysini takrorlar edi.

    Terakt

    1999-yil 27-oktabr kuni soat 17:15 da guruh rahbari jurnalist va Arman inqilobiy federatsiyasi (Dashnoqsutyun) a’zosi Nairi Unanyan, uning ukasi Karen Unanyan, Eduard Grigoryan, Vram Galstyan, Derenik Bejanyanlardan iborat besh nafar qurollangan shaxs Armaniston Milliy majlisida bo‘layotgan yig‘ilish zaliga bostirib kirib, prezidium va zalda o‘tirgan deputatlar va hukumat a’zolariga qarata o‘q uzdi.

    Hujum natijasida Milliy majlis raisi Karen Demirchyan, Bosh vazir Vazgen Sarkisyan, spiker o‘rinbosarlari Yuriy Baxshyan va Ruben Miroyan, vazir Leonard Petrosyan, deputatlar Armenak Armenakyan, Mikael Kotanyan, Genrik Abraamyanlar o‘ldirildi. Deputatlar Ermine Nagdalyan, Andranik Manukyan, Armen Xachatryan, Edmond Tsaturyan, Jirayr Gevorkyan va Emma Xudabashyanlar va xususiylashtirish vaziri Pavel Galtaxchyanlar jarohat oldi.

    Adliya vaziri David Arutyunyan, qishloq xo‘jaligi vaziri Gagik Shaxbazyan, hukumat apparati boshlig‘i Shagen Karamanukyan, ta’lim vaziri Eduard Kazaryan, madaniyat vaziri Roland Sharoyan, davlat daromadlari vaziri Smbat Ayvazyan, transport vaziri Ervand Zaxaryan, aloqa vaziri Ruben Tonoyan, shaharsozlik vaziri Grayr Ovanesyan, Moliya vaziri Levon Barxudaryan, ekologiya vaziri Gevorg Vardanyanlar va Milliy majlis deputatlari garovga olindi. Terroristlar garovga olinganlarning bir qismini kechqurun ozod qildi, ammo 40 kishi garovda qoldi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Garovga olinganlardan biri, Armaniston adliya vaziri David Arutyunyanning so‘zlariga ko‘ra, terrorchilar o‘zlarining harakatlarini “kichik inqilob” deb hisoblagandi. Ularning asosiy maqsadi Vazgen Sarkisyanni yo‘q qilish edi. Soat 18:30 da parlament binosi qurolli qo‘shinlar bilan o‘ralgan, ko‘chalar to‘sib qo‘yilgan. 22:00 ga kelib, mamlakat prezidenti Robert Kocharyan parlament binosiga yetib keldi. Uning Nairi Unanyan bilan uchrashuvi guvohlarsiz bo‘lib o‘tdi va ular nima haqida suhbatlashgani noma’lum bo‘lib qoldi.

    Tunda Armaniston rahbariyatining iltimosiga binoan va MDHda terrorizmga qarshi birgalikda kurashish to‘g‘risida qabul qilingan bitimlar doirasida Yerevanga Rossiyaning aksilterror bo‘limi “Alfa” yetib keldi. 28-oktabr kuni ertalab xavfsizlik kafolatlariga ega bo‘lgan terrorchilar taslim bo‘ldi va Armaniston Milliy xavfsizlik vazirligiga topshirildi. Garovga olinganlar ozod qilindi. Shu kuni Armaniston Bosh prokuraturasida Jinoyat kodeksining 61-moddasi (terrorchilik harakati) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

    Versiyalar va konspirologiya 

    Voqeaning birinchi norasmiy versiyasi – hujumni mintaqada manfaatdor bo‘lgan davlatlar AQSh va Rossiya maxsus xizmatlari uyushtirgani ko‘rib chiqildi. 1999-yil kuziga kelib, Qorabog‘ muammosini hal qilish jarayoni qayta tiklandi. Armaniston va Ozarbayjon prezidentlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlar bo‘lib o‘tdi.

    1999-yil noyabr oyida YeXHTning navbatdagi sammiti Istanbulda o‘tishi rejalashtirilgan edi. Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari u yerda hujjat imzolashlari kutilgandi. O‘rtakashlarning Qorabog‘ muammosini hal qilish bo‘yicha kiritgan takliflaridan biri “Megri variant” edi, unga ko‘ra, Ozarbayjon Armanistonga uni Tog‘li Qorabog‘ bilan bog‘laydigan Lochin yo‘lakchasini topshirdi va buning evaziga Ozarbayjonning Naxichevan avtonom viloyatiga o‘tish uchun xuddi shunday yo‘lak sifatida Megri viloyati hududining bir qismini oldi. Ushbu almashinuv natijasida Armaniston Eron bilan 35 km chegarasini yo‘qotdi va o‘zini tashqi dunyodan butunlay yakkalab qo‘ydi. Armanistonning ko‘plab siyosatchilari, jumladan, bosh vazir Vazgen Sarkisyan va spiker Karen Demirchyanlar ushbu almashinuviga faol qarshi chiqdi.

    27-oktabr kuni Yerevanga AQSh davlat kotibining o‘rinbosari Stroub Telbott tashrif buyurdi. Vazgen Sarkisyan bilan uchrashuvda hududiy almashinuv varianti muhokama qilindi, ammo bosh vazir buni qat’iyan rad etdi. Keyin terakt sodir bo‘ldi. Istanbulda bo‘lib o‘tgan EXHT sammitida hech narsa imzolanmadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ikkinchi versiyaga ko‘ra, ushbu fitna boshlig‘i va hukmron blok yetakchilariga suiqasd tashabbuskori – o‘sha paytgacha siyosiy kuchini yo‘qotib qo‘ygan Armaniston prezidenti Robert Kocharyandir. 1999-yil yozida respublikaning eng yuqori rahbariyatiga yaqin doiralar mamlakatga konstitutsiyaviy o‘zgarishlar zarurligi to‘g‘risida gapira boshladi. Prezidentlik bekor qilinib, Armaniston hukumatni g‘olib bo‘lgan partiya yoki ittifoq tuzadigan parlament respublikasiga aylanadi, deb taxmin qilindi. Natijada “Birlik” bloki ikkala yetakchisini ham ushbu terroristik hujum natijasida yo‘qotdi va bu vaziyatni tubdan o‘zgartirib yubordi.

    Tergov va sud jarayoni

    Terroristlar ustidan sud jarayoni 2001-yil 15-fevralda boshlandi. Sud tergovi uch yil davom etdi. Ushbu ish bo‘yicha 91 kishi jabrlanuvchi deb tan olindi, 129 kishi guvoh sifatida so‘roq qilindi.

    2003-yil 2-dekabrda Yerevan sudi Armaniston parlamentida sodir etilgan terroristik harakat bo‘yicha sud hukmini e’lon qildi. Olti sudlanuvchi – sobiq jurnalist va to‘da rahbari Nairi Unanyan va uning ukasi Karen Unanyan, Yedik Grigoryan, Vram Galstyan, Derenik Bejanyan va Ashot Knyazyan – umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Gamlet Stepanyanga 14 yillik qamoq jazosi berildi. Yettolovi ham Armaniston Jinoyat kodeksining davlatga xiyonat va terrorizm kabi qator moddalari bo‘yicha aybdor deb topildi. Ulardan uch nafari qamoqda vafot etdi. Rasmiy versiyaga ko‘ra, Norayr Galstyan elektr toki urishi tufayli vafot etgan, aka uka Unanyanlarning amakisi Vram Galstyan o‘z joniga qasd qilgan, Gamlet Stepanyan esa to‘satdan vafot etgan edi.

    Terroristik hujumga aloqadorlikda ayblangan, ammo keyinchalik dalil yo‘qligi sababli qo‘yib yuborilgan sobiq deputat Musheg Movsisyan avtohalokatda vafot etdi, voqea guvohlarining ba’zilari esa tez orada Armanistondan chiqib ketdi va shubhali sharoitlarda ham halok bo‘ldi.

    2019-yil 22-oktabrda umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan Nairi Unanyan shartli ravishda ozod qilish to‘g‘risida iltimosnoma yubordi. Qonunga ko‘ra, umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan mahkumlar jazoni 20 yil o‘tagach, shartli ravishda ozod qilish uchun ariza berishlari mumkin. Ammo Jazoni ijro etish va probatsiya xizmati uning iltimosnomasiga nisbatan salbiy xulosa berdi, shu sababli jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati 28-oktabr kuni mahkumni shartli ravishda ozod qilish masalasini sudga kiritmaslikka qaror qildi.

    Xulosa

    27-oktabrdagi qirg‘in tashkilotchilarining asl maqsad va sabablari haligacha to‘liq ochilmadi. Bugungi kunda ham Armanistonda hech kim terrorchilar mustaqil harakat qilganiga ishonmaydi. “27-oktabr ishi” bo‘yicha bo‘lib o‘tgan sud “bu qanday va nima uchun sodir bo‘ldi?” degan eng oddiy savollarga javob bermadi. Hozirgi kunda ham ko‘plab rasmiylar, shu jumladan, oppozitsiya vakillari ham ushbu tergovni davom ettirish tarafdoridir.

    Nurbek Alimov tayyorladi.

    27.10.2020, 21:10   Izoh (0)   84296
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turk lirasi shiddat bilan qadrsizlanmoqda, bunga Erdo‘g‘on va Markaziy bank xatti-harakatlari sabab bo‘ldi

    27.10.2020, 20:45

    Rossiyada koronavirusga qarshi ikkinchi vaksinani ishlab chiqarish boshlandi

    27.10.2020, 20:21

    Polshada homilani oldirish taqiqlanganiga qarshi bo‘lgan namoyishchilar yo‘llarni to‘sib qo‘ydi

    27.10.2020, 19:35

    COVID-19’ga qarshi dorilarning hech biri JSST rahbarligidagi klinik tadqiqotlarda sinovdan o‘tmadi, hatto remdesivir ham. Bu nima degani va endi nimadan umid qilis...

    27.10.2020, 18:10

    Norvegiyada karantin choralari kuchaytiriladi

    27.10.2020, 16:58

    Rossiyada jamoatchilik joylarida niqob taqish majburiy bo‘ladi

    27.10.2020, 15:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” “PSJ”ga qarshi — Klublar o‘rtasidagi JCHning yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 6 iyul, 10:30

    O‘zbekistonda portlovchi va zaharli moddalar aylanmasiga talablar kuchaytirildi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 10:20

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Real” “Borussiya D”ni mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi (video)

    Sport | 6 iyul, 09:50

    O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston energetika kompaniyalari qo‘shma korxona tashkil etdi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 09:40

    Arzon narxdagi “dacha”ga oldindan to‘lov qilmang — Ichki ishlar bosh boshqarmasi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 08:56

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.