• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    O‘zbekiston Superligasining eng yosh futbolchisi aslida ikki yoshga katta ekani ma’lum bo‘ldi. Unga hozircha hech qanday jazo tayinlanmagan

    Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasida harakat qiluvchi futbolchining yoshi kichraytirilganligi aniqlandi. Bu haqida Professional futbol ligasi rasmiy saytida xabar berildi.

    Foto: PFL

    Ta’kidlanishicha, tashkilot O‘zbekiston nomidan hali yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etib ulgurmagan, asosan, 2000-yildan keyin tug‘ilgan futbolchilarning yoshi bilan bog‘liq hujjatlarni o‘rganishni boshlagan. O‘rganishgalar uchun esa futbolda yoshni kichraytirishga qarshi kurashish asosiy sabab sifatida ko‘rsatilgan.

    Qayd etilishicha, Superliga klubida to‘p tepuvchi futbolchining yoshi 2 yilga kichraytirilgan.

    “Superliga klublarining birida to‘p suruvchi futbolchining tug‘ilganlik haqidagi dalolatnomasi va boshqa hujjatlari o‘rtasida tug‘ilgan yili bo‘yicha tafovut borligi aniqlandi. Ya’ni Davlat xizmatlari agentligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnomaga muvofiq, uning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnomasida tug‘ilgan yili 2002-yil etib ko‘rsatilgan, fuqarolik pasportida esa 2004-yil etib qayd qilingan”, — deyiladi PFL xabarida.
    PFL bu borada futbol klubiga o‘yinchisining hujjatlarida chalkashlik borligi aniqlangani, shundan kelib chiqib topshirilgan hujjatlarni qayta o‘rganib chiqishni so‘rab ikki marta rasmiy xat yuborgan. Biroq futbol klubi tomonidan mazkur holat bartaraf etilmagan.

    Tashkilot holatga aniqlik kiritilishi va qonunbuzilish holatiga vakolati doirasida huquqiy baho berishini so‘rab viloyat prokuraturasiga murojaat qilgan. Ma’lumotga asosan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan hamda futbolchinining yoshini kichraytirish bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirgan shaxslar aniqlangan.

    Keyinroq tuman prokuraturasining talabi bilan tuman IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan futbolchi nomiga yoshi kichraytirilgan holda rasmiylashtirilgan fuqarolik pasporti va xorijga chiqish biometrik pasporti amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinib, uning nomiga haqiqiy tug‘ilgan yili bo‘yicha fuqarolik pasporti rasmiylashtirib berilgan.

    PFL 26-oktabr, dushanba kuni futbolchi to‘p suradigan klubga bu borada ma’lumot taqdim etgan hamda futbolchining hujjatlarini asl tug‘ilgan yili bilan qayta rasmiylashtirish talabini qo‘ygan.

    “Biz futbolchining karyerasiga salbiy ta’sir ko‘rsatish fikridan yiroqmiz. Ammo uning faoliyatini yolg‘onlardan boshlashga urinish printsipiga qarshi kurashamiz. Barcha masala qonun doirasida to‘g‘ri hal etilsa, keyinchalik bundan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham manfaat ko‘radi, shuningdek, mana shunday holatlar kasriga qolib ketayotgan boshqa yosh futbolchilarda futbolga nisbatan qayta umid uyg‘onadi”, — deyiladi PFL xabarida.
    PFL o‘z bayonotida yoshi kichraytirilgani isbotlangan futbolchining ism-sharifi va u qaysi futbol klubida to‘p surishini ochiqlamagan. Ayni vaqtda, Superliga klublarining 2020-yilgi mavsum uchun taqdim etgan o‘yinchilar ro‘yxatida faqat bir futbolchining 2004-yilda tug‘ilganligi ko‘rsatilgan — bu “Nasaf” futbolchisi Murod Xo‘jamberdiyevdir.

    Murod Xo‘jamberdiyev 6-raqamda

    Murod Xo‘jamberdiyev 6-raqamda
    Foto: “Nasaf” Telegram kanali

    Murod Xo‘jamberdiyev 2020-yil 15-iyun kuni O‘zbekiston Superligasida debyut qilgan eng yosh (16 yosh) futbolchi sifatida e’tirof etilgan (u 14-iyun kuni Superliga 4-turi doirasida “Nasaf” tarkibida “Navbahor”ga qarshi maydonga tushgan, o‘yin tomonlarning 2:2 hisobidagi durang natijasi bilan tugagan), biroq oradan bir kun o‘tib OAVda “Superligada debyut qilgan eng yosh futbolchining yoshi kichraytirilgan bo‘lishi mumkin”ligi haqida xabarlar tarqalgan.

    PFL bayonotida o‘rganish va tekshiruv ishlari aynan qachon olib borilgani, yoshi kichraytirilgani aytilayotgan futbolchi qachon yangi hujjatlarni olgani haqida aniq ma’lumot berilmagan. Qayd etish joiz, Murod Xo‘jamberdiyevning yoshi kichraytirilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlar iyun oyida tarqalganiga qaramay, u iyun oyida bitta, iyul oyida bitta, avgust oyida ikkita, sentabr oyida  bitta va oktabr oyida uchta o‘yinda “Nasaf” tarkibida maydonga tushgan. Shuningdek, u Temur Kapadze boshchiligidagi U-19 O‘zbekiston yoshlar termasiga ham jalb qilib kelinadi.

    Murod Xo‘jamberdiyev 6-raqamda, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safida Tojikiston termasiga qarshi o‘yinda

    Murod Xo‘jamberdiyev 6-raqamda, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safida Tojikiston termasiga qarshi o‘yinda
    Foto: Tojikiston futbol federatsiyasi

    Ma’lumot uchun, o‘zbek futbolida yoshni kichraytirish holati tez-tez uchrab turadi. Jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi va “Yuventus”, “Rejina”, “Verona”, “Peskara”, “Torino” klublaridagi faoliyati bilan ko‘pchilikka tanish Ilyos Zeytullayev intervyularidan birida o‘zining yoshi 2 yilga kichraytirilganini tan olgan.

    Shuningdek, O‘zbekiston futbol federatsiyasi (hozir O‘FA) 2018-yil yanvarida yuqori divizion klublarida harakat qiluvchi 5 nafar futbolchi — Abdumutal Abdullayev (asl ismi Nodir Teshaboyev, 3 yoshga kichraytirilgan), Muhammadjon Abdullayev (asl ism-sharifi Rasuljon Abdullayev, 3 yoshga kichraytirilgan), Ulug‘bek Davlatov (asl ism-sharifi Nuriddin Hasanov, 2 yoshga kichraytirilgan), Zokir Ahmadaliyev (asl ism-sharifi Dilshod Ahmadaliyev, 2 yoshga kichraytirilgan), Burxon Hasanovlarni (2 yoshga kichraytirilgan) yoshi kichraytirilgani sabab umrbod futboldan chetlatgandi. Ammo oradan 5 oy o‘tib, 2018-yil 13-iyunida O‘FA ushbu futbolchilarni “o‘z aybini tushinib yetgan bu futbolchilarga yana bir bor imkoniyat berish maqsadida” kechirgani e’lon qilingan.

    “Tashkilot klubga futbolchini asl hujjatlari bilan qaytadan ro‘yxatdan o‘tkazish talabini qo‘yadi. Uning vakolatlari shu bilan cheklanadi. Mazkur ishdan bosh tashkilot — O‘FA albatta xabardor qilinadi. O‘FA lozim topsa, ishni tegishli qo‘mitaga oshirishi, shuningdek, klubning bu ishga aloqador yoki yo‘qligini tekshirishi mumkin. Jazo tayinlash masalasi ham shundan kelib chiqadi.

    Fikrimcha, bu yerda yosh futbolchiga jiddiy jazo berish unchalik ham to‘g‘ri emas. Boisi bizning maqsadimiz futbolda sog‘lom raqobatni vujudga keltirishga hissa qo‘shish hamda malakali futbolchilar sonini ko‘paytirish (ularni “chopish” emas). Katta ehtimol bilan futbolchining yoshi o‘zgartirilgan vaqtda uning o‘zi buning nima ekani haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lmagan, unga ota-onasi javobgar bo‘lgan.

    Shundan kelib chiqib, futbolchining ota-onasini (aralashgan yoki yo‘qligiga qarab murabbiyini yoki klubini), shuningdek, hujjatni o‘zgartirishda ishtirok etgan boshqa shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘riroq bo‘ladi. O‘z navbatida bu qolgan mana shunday kishilar uchun ham o‘rnak bo‘lishi mumkin”, — deya ushbu holatga izoh beradi O‘zPFL rahbari Diyor Imomxo‘jayev.

    Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi 13 yoshli abituriyentning yoshini kichraytirganlikda gumon qilingani hamda uning futbol bilan shug‘ullanishi xabar qilingandi. PFL esa ushbu holat bo‘yicha futbolchi tashkilot ro‘yxatidan o‘tmaganini, biroq haqiqatan futbol bilan shug‘ullanishini va o‘z tumanidagi bolalar-o‘smirlar sport maktabida ro‘yxatida turishini bildirgandi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    26.10.2020, 16:25   Izoh (0)   26258
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Habib Nurmagomedov Getji qarshi jangning 1-raundini boy bergani ma’lum bo‘ldi

    26.10.2020, 15:02

    Habib Nurmagomedov faoliyatini qayta davom ettirishi mumkinmi? UFC prezidenti javob berdi

    26.10.2020, 13:02

    Habib Nurmagomedov: Yaratgan egam sen bilan ekan, seni hech nima sindira olmaydi

    26.10.2020, 12:25

    Jastin Getjiga qarshi jangdan oldin Habib Nurmagomedovning tepki kasalligiga chalingani ma’lum bo‘ldi

    26.10.2020, 11:00

    Jastin Getji: Habib faoliyatini tugatdi, endi men birinchi raqamli jangchiman

    26.10.2020, 10:05

    A Seriya. “Yuventus” yana ochko yo‘qotdi, “Napoli” safarda g‘alabaga erishdi

    26.10.2020, 07:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Velosipedlar uchun ilk simsiz quvvatlash moslamasi taqdim etildi

    Texnologiyalar | 15 iyul, 18:30

    AQSHda Minneapolis meri lavozimiga nomzod somalilik senator internetda diskriminatsiyaga duch keldi

    Dunyo | 15 iyul, 18:25

    “Klublar o‘rtasidagi JCH kubogining asl nusxasi Oq uydagi Oval kabinetda turibdi” — Donald Tramp

    Sport | 15 iyul, 18:25

    O‘zbekistonliklar tovarlarni bojsiz olib kirish uchun xorijda endi kamida 2−3 kun bo‘lishi kerak

    O‘zbekiston | 15 iyul, 18:05

    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi

    Reklama | 15 iyul, 18:00

    Saudiya Arabistoni 1 trln dollarlik mega-loyihani qayta ko‘rib chiqmoqda

    Dunyo | 15 iyul, 17:50

    “Biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz” — Qamchibek Tashiyev “Do‘stlik” postida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha topshiriq berdi

    Dunyo | 15 iyul, 17:33

    Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov mukofot jamg‘armasi 750 ming dollar bo‘lgan musobaqada qatnashadi

    Sport | 15 iyul, 17:10

    Toshkentda yuzlab odamlar qurilishiga ruxsat berilmagan uyga to‘lov qilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 17:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.